18-AMALIY MASHG’ULOT: QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI TEKSHIRISHDA QO’LLANILADIGAN FIZIK USULLARNI O’RGANISH.
Topshiriqlar:
Meva sabzavotlarning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.
Donning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.
O’simlik moyining sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.
Asosiy ma’lumotlar:
Qishloq xo’jalik mahsulotlari standartlari ilmiy tasdiqlangan sifat ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi zarur. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining sifati har xil bo’lganligi sababli standartlarda faqat bitta sifat belgisi bilan cheklanish mumkin emas, balki yetishtirilgan hosilning hamma sifatlarini baholashga imkon beradigan ko’rsatkichlarni belgilash kerak. Shuning uchun qishloq xo’jalik mahsulotlari sifatiga differensial tovar navi, sinfi va toifasiga talab qo’yiladi. O’simlikshunoslik mahsulotlari standartlari asosiy texnologik ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi kerak. Uzum, lavlagidagi shakar, bug’doy tarkibidagi kleykovina, kartoshkadagi kraxmal, kungaboqar yog’i tarkibidagi kislota miqdori shular jumlasidandir.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini standartlashni asosiy xususiyatlari. Qishloq xo’jaligi mahsulotning standartlari ilmiy asoslangan sifat me’yorlariga ega bo’lishi lozim. Standartlashning biologik ob’ektlarga tegishli qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun o’zaro boglangan ikki xususiyat – irsiyat va uzgaruvchanlik xosdir. Bu xususiyatlar dexqonchilik mahsulotlari sifatiga yagona talabni belgilashni qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jaligi mahsulot standartlarida mahsulot sifatiga talablar tovarlar navlari, turlari, toifalari, yorliklariga ko’ra tabaqalab belgilanadi. Standartlar o’simlik mahsulotlari sifatiga tovar navlari, turlari, toifalari bo’yicha talablarning belgilanishi, bazis me’yorlar xamda muvofiq keluvchi tabakalashgan narxlarning kiritilishi, “oliy sifat” navlar va ular uchun ustama narxlar ajratilishi qishloq xo’jaligi xodimlarining pirovard ish natijalaridan manfaatdorliklarini oshiradi.
Mahsulot sifati undan foydalanish yo’nalishlariga ko’ra xam tabaqalanishi darkor. Ayni bir mahsulotning sifat ko’rsatkichlari undan bir maqsadda foydalanilganda yuqori deb, boshqa maqsadda foydalanilganda esa past deb topilishi mumkin. Masalan, arpa tarkibida oksilning ko’p bo’lishi uni yem-xashak Mahsulot sifatida qimmati va sifatini oshiradi, ammo pivo pishirishda uning sifatini pasaytiradi.
Tarkibida 14% oqsil va 23% dan ortiqroq kleykovina bo’lgan 1-sifat guruxiga kiruvchi yumshoq yaltiroq bug’doy oliy sifatli bug’doy xisoblanadi. Ammo u qandolat sanoati uchun unchalik ma’kul xisoblanmaydi, bu sanoatda tarkibida kraxmali ko’p va oksili 9-11% bo’lgan unli bug’doydan foydalanishga afzallik beriladi. Mahsulot sifatiga qo’yiladigan talablar turgun emas: ular fan va texnika, jamiyat farovonligi va shu kabilarning ravnaqi darajasiga ko’ra ortib boradi.
Dexqonchilik mahsulot standartlari uning asosiy texnologik xususiyatlarini ifoda etuvchi sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga olishi darkor. Qand lavlagi va uzum tarkibida shakar, bug’doydagi kleykovina, sanoatda kartoshkani qayta ishlashdan olinadigan kraxmal kabilar ana shunday ko’rsatkichlar xisoblanadi. Mahsulotga asosiy texnologik ko’rsatkichlarni xisobga olgan xolda xaq to’lash qishloq xo’jaligi xodimlarining mahsulot sifatini yuksaltirish, uni saqlash va qayta ishlashda yo’qotishlarni kamaytirishdan manfaatdorliklarini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |