16-amaliy mashg’ulot: md-83 turdagi tarozini infraqizil namlik analizatorini o’rganish. Topshriqlar


-AMALIY MASHG’ULOT: GEOMETRIK VA MEXANIK KATTALIKLARNI O’LCHASH ILMIY ISHLAB CHIQARISH BO’LIMI FAOLIYATINI O’RGANISH



Download 57,48 Kb.
bet6/11
Sana01.04.2022
Hajmi57,48 Kb.
#523698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-AMALIY MASHG’ULOT: GEOMETRIK VA MEXANIK KATTALIKLARNI O’LCHASH ILMIY ISHLAB CHIQARISH BO’LIMI FAOLIYATINI O’RGANISH.
Topshiriqlar:

  1. Geometrik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi

  2. Kuch va qattiqlik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi

  3. Vaqt va harakat kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi

  4. Kichik va katta xajm kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi

Boʻlim “Geometrik kattaliklarni oʻlchash”, “Kuch va qattiqlik kattaliklarni oʻlchash” va “Vaqt va xarakat parametrlari kattaliklarni oʻlchash” va “Kichik va katta hajm kattaliklarini oʻlchash” laboratoriyalardan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda boʻlim 27 ta yuqori aniqlikdagi namunaviy oʻlchash vositalari va 87ta namunaviy oʻlchash vositalari bilan jihozlangan boʻlib, bu oʻlchashlar birliligini taʼminlash uchun respublika xalq xoʻjaligi yehtiyojlarini taʼminlaydi.


Oʻzbekiston Respublikasida metrologik tekshiruvni rivojlantirish uchun boʻlimda oʻlchash vositalarini qiyoslashning yangi turlari oʻzlashtirilmoqda, mustaqil oʻqish orqali SMSITI va xalqaro metrologik institutlarda malaka oshirilmoqda.
Boʻlim faoliyati OʻzDSt ISO/IEC 17025 oʻrnatilgan talablarga muvofiqligiga boʻlim davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tarqalish doirasida qoʻllanadigan oʻlchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash va turini tasdiqlash maqsadida sinovdan oʻtkazishda texnik omilkorlik va mustaqillikka akkreditlangan.
Geometrik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi
Laboratoriya geometrik kattaliklarni oʻlchash vositalarini qiyoslash boʻyicha ishlarni amalga oshirib, quyidagi yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari bilan jihozlangan: universal oʻlchash instrumenti (shtangen instrument, mikrometrik instrument, richagli-tishli), shtrixli uzunlik oʻlchovlari, burchak oʻlchovlari, chegaraviy yassi-parallel uzunlik oʻlchovlari, optika-mexanik asboblar. Geometrik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi 2-razryadli namunaviy chegaraviy uzunlik oʻlchovlari, 2-razryadli shtrixli oʻlchovlar, 2-razryadli namunaviy shkalalar, optika-mexanik oʻlchash asboblari bilan jihozlangan boʻlib, bu 100 mm gacha uzunliklarni 0,0001 mm aniqlik bilan oʻlchashga imkon beradi.
Laboratoriya berilgan dastur boʻyicha kattaliklarni oʻlchash, raqamli hisob va raqamli bosib chiqarish imkoni boʻlgan yuqori aniqlikdagi asboblarga yega (namunaviy ekzamenator, “Mikrad” elektron yuza tekisligini oʻlchagich, “DIP-1” ikki koordinatali oʻlchash qurilmasi).
100 mm gacha uzunlikni oʻlchash vositalarining davlat qiyoslovini 0,02 µm dan 0,40 µ gacha oʻlchash xatoligi bilan, 100mm dan yuqori uzunlikni oʻlchash vositalarini 0,11 µm dan 0,55 µm (mikron)gacha xatolik bilan amalga oshiradi. Shuningdek 2010-yildan boshlab laboratoriya ixtiyorida geodezik asboblarni (nivelirlar, teodolitlar, taxeometrlar va lazerli masofa oʻlchagichlarni) qiyoslash uchun “AUPNT” avtokollimatsion uskunasi mavjud. Shuningdek, 2016-yilning, 10-iyunda laboratoriya geodezik GPS tizimlari, gorizontal uzunlik oʻlchash standarti POLO va geodeziya skanerini qiyoslashdan oʻtkazish uchun kengaytirish boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtgan.
Sinov labaratoriyalarini rivojlantirish, oʻlchov vositalarini bosiqchma-bosqich zamonaviy uskunalarga almashtirish maqsadida PQ-4059 “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston respublikasi prezidentining qaroriga asosan 2020-yilning yanvar oyida laboratoriya tasarufida yassi parallel uzunlik oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uchun moʻlljalangan komparatori GBCD-100A Yaponiya davlatining Mitutoyo zavodidan harid qilindi. Ushbu komparatorning oʻlchash koʻlami 0 dan 100 mm gacha boʻlib, kengaytirilgan noaniqligi 0,00001 mm.
Mazkur komparator avtomatlashtirilgan boʻlib, yassi parallel uzunlik oʻlchash vositalarini solishtirish orqali oʻlchashlarni amalga oshiradi. Shuni eʼtiborga olish lozimki, komparator bir qator ustunlikka yega: yassi parallel uzunlik oʻlchash vositalarni aniqlik sinifini aniqlashda, ularning oʻlchov natijalarini qayta ishlash orqali xatoliklarini avtomatik ravishda hisoblashda, natijaning talab qilinadigan aniqligi, oʻlchash jarayonini tezkorligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda qiyoslash va kalibrlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Download 57,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish