16-amaliy mashg’ulot: md-83 turdagi tarozini infraqizil namlik analizatorini o’rganish. Topshriqlar



Download 57,48 Kb.
bet11/11
Sana01.04.2022
Hajmi57,48 Kb.
#523698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nazorat uchun savollar

  1. Standartni qaysi tashkilоt ishlab chiqadi?

  2. Texnik qo’mita nima?

  3. Texnik kоmissiya nima?

  4. Tayanch tashkilоt nima?


33 -AMALIY MASHG’ULOT. XASSP- TIZIMI VA TAMOYILLARINI O’RGANISH
Topshiriqlar
1. XASSP- tizimi tushuncha.
2. NASSR - tizimi tushuncha.

NASSR inglizcha soʻz birikmasi boʻlib, Hazard Analysis and Critical Control Points (rus adabiyotlarida baʼzan “NASSR” atamasining oʻrniga uning analogi “ARKKT” - Analiz Riskov i kontseptsiya Kriticheskoy Kontrolьnoy Tochki , buni oʻzbek tiliga tarjima qiladigan boʻlsak “Xavflar tahlili va kritik nazorat nuqtalari” maʼno kelib chiqadi, baʼzida esa shunchaki “XASSP” qisqartmasidan foydalaniladi) – bu umumiy qilib aytganda, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimidir. Agar yanada aniq izohlaydigan boʻlsak, NASSR – bu oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha “zanjiri” boʻyicha, xomashyo materiallari va qadoqlashdan tortib to isteʼmolchilarga tayyor mahsulotlarni yetkazgungacha boʻlgan jarayonlarni boshqarish metodologiyasidir.


Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmentining NASSR tizimi hozirgi kunda juda yuqori nufuzga ega. Bu tizim XX asrning 70-yillarida (1971-yilda), yaʼni odamning fazoga ilk parvozlari boshlangan kezlari AQShda oʻylab topilgan edi.Orbitaga chiqqan kosmonavtlar uchun mahsulotlar tayyorlaydigan “Pillsbury” korporatsiyasi AQShning havo parvozi va fazo boʻshligʻini tadqiq qilish milliy boshqarmasi – NASA bilan birgalikda ishlab chiqarishning butun jarayonini nazorat qilib turish kerak, degan xulosaga kelgan edi.90- yillar boshida Yevropa ittifoqi bu tizimni oziq-ovqat sanoatida eng xavfsiz tizim sifatida qabul qildi.
XASSP ishlab chiqarishni butun zanjiri, yaʼni dastlabki xom ashyodan yakuniy mahsulotgacha qoʻllanishi mumkin boʻlgan, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini taʼminlash tizimi talablarini belgilaydi. Bu tizim talablarini mustaqil yoki ISO 9000 standartlari asosidagi sifatni boshqarish tizimlari bilan birgalikda qoʻllash mumkin. Bugungi kunda Yevropa ittifoqi, AQSh, Kanadada NASSR usullarini qoʻllash va joriy qilish hamda NASSR tizimini sertifikatlashtirish majburiy hisoblanadi.
NASSRning zamonaviy tizimlari asosida korxonalarda NASSR ni ishlab chiqish, joriy qilish va muvofaqiyatli boshqarishda ketma-ket joriy qilinuvchi yettita printsip yotadi:
1-printsip. Risklar (xatarlar)ning tahlilini oʻtkazish.
2-printsip. Kritik Nazorat Nuqtalarini (KNN) aniqlash.
3-printsip. Har bir KNNlari uchun kritik chegeralarni aniqlash.
4-printsip.KNN monitoring tizimlarini oʻrnatish.
5-printsip.Toʻgʻrilovchi amallarni oʻrnatish.
6-printsip. Yozuvlarni joriy qilish protseduralarini oʻrtashi.
7-printsip.NASSR tizimini tekshirish protsedularini oʻrnatish.
NASSRning afzalliklari
Isteʼmolchilar har doim sogʻligʻi uchun mahsulotlarning sifatli va xavfsiz boʻlishi tarafdori ekan, demak ishlab chiqaruvchilar sifatli xom ashiyoladan foylanishlari hamda sifatli va xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarishlari lozim.
Maʼlumki, insonlar ozuqa sifatida isteʼmol qiladigan gusht-sut mahsulotlari sifati hamda yem-xashak sifati orasidagi toʻgʻri bogʻliqlikni keltirish mumkin.

Ishlab chiqarish amaliyotida NASSR tizimining tezlik bilan tarqalishi, butun dunyo uni tan olishi va keng doirada qoʻllanishi undan kim foydalansa, u bir qancha afzalliklar bilan taʼminlanadi, xususan NASSR oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish tsikli – xom ashyoni olishdan tortib to uni isteʼmolchilarga yetib borgunigacha boʻlgan barcha bosqichlarida:


- oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik parametrlarini qamrab oluvchi tizimli yondashuvga asoslangan;
- mahsulot nuqsonlarini bartaraf etish boʻyicha xarakatlarning kechikmasligi yuzasidan oldini oluvchi chora-tadbirlardan foydalanish;
- oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha javobgarlik aniqlash;
- korxonaning imkoniyati va asosiy resurslaridan kelib chiqqan holda ularning kritik jarayonlari va kontsentratsiyasini xatosiz aniqlash;
- ishlab chiqarishning umumiy hajmida nuqsonlar ulushini kamaytirish orqali sezilarli darajada iqtisodga erishish;
- sudda koʻrilishi mumkin boʻlgan ishlarda va noroziliklarni tahlil qilishda muhim hisoblangan ishlab chiqarish mahsulotlari xavfsizligi hujjatlashtirilib tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish.
NASSR tizimini joriy qilish korxonalarga bir qator tashqi afzalliklarni beradi:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatdan isteʼmolchilarning ishonchi oshadi;
- mavjud bozorlardagi sotish koʻlami kengayadi va yangi bozorlarga chiqish imkoniyati ochiladi;
- muhim tenderlarda qatnashishda qoʻshimcha afzalliklarga erishadi;
- mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshadi;
- mahsulotning barqaror sifatini taʼminlash orqali reklamalar miqdorining kamayishiga erishiladi;
- sifatli va xavfsiz oziq-ovqat ishlab chiqaruvchining reputatsiyasi (obroʻsi) ortadi.
Ishlab chiqarish amaliyotida NASSR tizimining tezlik bilan tarqalish, butun dunyo uni tan olishi va keng doirada qoʻllanishi undan kim foydalansa, u bir qancha afzalliklar bilan taʼminlaydi. Ana shunda ishlab chiqarishning biron bosqichida oziq-ovqat xavfsizligiga boʻladigan har qanday tahdid imkoniyati istisno etilgan boʻlar edi.Butun ishlab chiqarish jarayonida potentsial tahdidlarning oldini olishga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmentining tizimini Hazard Analysis and Critical Control Points (NASSR) taminlaydi. Tizimli yondashuvga asoslangan va butun oziq-ovqat silsilasida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini uzluksiz taʼminlashni kafolatlaydigan NASSR tizimi oʻz samarasini koʻrsatdi va oradan shuncha yillar oʻtib, kurrai zaminimizdagi koʻpgina mamlakatlarda keng ommalashdi.Hozirgi kunda NASSR printsiplariga rioya qilish Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida majburiydir (28.01.2002 yildagi 178/2002/ES reglamenti oziq-ovqat boʻyicha qonun hujjatlarining umumiy printsiplari va talablarini belgilaydi). Bojxona ittifoqiga aʼzo har uchala mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchilari (tayyorlovchilari)ning hammasi 2014 yil 1 iyuldan eʼtiboran NASSR tartib-taomillarini joriy etishlari shart (Bojxona ittifoqining “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi TR TS 021/2011-raqamli texnik reglamenti). Mazkur reglamentga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarning (tayyorlovchilarning) hammasi NASSR printsiplariga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimlarini ishlab chiqishlari, joriy etishlari va qoʻllab-quvvatlashlari kerak. Ana shu talablar Oʻzbekiston korxonalariga ham taalluqlidir. Agar ular oziq-ovqat mahsulotlarini nafaqat Yevropaga, balki Rossiya, Qozogʻiston va Belarusga eksport qiladigan boʻlsalar, mazkur tizimlarni joriy etishlari va qoʻllab-quvvatlashlari lozim boʻladi.
NASSR tizimi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga doir boshqa tizimlardan farqi.
Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligining anʼanaviy printsiplarida asosiy maqsad pirovard mahsulotga toʻgʻri keladi. Boshqacha qilib aytganda, mahsulot tayyor boʻlganidan keyingina tanlov asosidagi tekshiruvga roʻbaro boʻladi.
KNN nazorat qilish uchun monitoring tizimini ishlab chiqish. KNN nazorat qilish protsedurasini, kuzatish va oʻlchashlarning davriylik tizimini, yaʼni oʻrnatilgan chegaralar doirasida KNN holatini tasdiqlash maqsadida aniqlash lozim. Rejalashtirilgan sinovlar yoki oʻlchashlar yordamida kritik nazorat nuqtalarini nazorat qilish imkonini beruvchi monitoring tizimi yaratiladi.Nazoratdagi KNN u yoki bu chegaradan chiqishlari toʻgʻrisidagi monitoring natijalariga muvofiq qoʻllaniladigan toʻgʻrilovchi amallarni aniqlash. Ushbu tamoyilga muvofiq toʻgʻrilovchi amallarni qoʻllash tartibini ishlab chiqish va uni qoʻllash uchun javobgarlarni qayd etish zarur.
NASSR tizimi haqqoniy ishlashini tasdiqlovchi sertifikatlash (tekshirish) protsedurasini ishlab chiqish. Toʻgʻrilovchi amallar va texnologik operatsiyalarni hujjatlashtirish va yuritish uchun javobgarlarni tayinlash lozim. Bundan tashqari HACCP tizimining samaradorligini tasdiqlash imkoniyatini beruvchi tekshirish protsedurasini ishlab chiqish kerak.Ushbu tamoyillarga taalluqli barcha protseduralar va yozuvlarni tasdiqlash va ularni qoʻllash. Parametrlarning yuqori qiymatidan ixtiyoriy ogʻishlar boʻyicha haqqoniy toʻgʻrilovchi amallarni qoʻllash toʻgʻrisidagi va HACCP tizimining ishlashi nazorat ostidaligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni yuritish. Bunday hujjatli rasmiylashtirish xavfsiz mahsulot ishlab chiqarishni dalolatlash boʻlib hisoblanadi.
Download 57,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish