166.Электролитлар аралашмаси билан коагуллаш.
Koagullovchi ionlar zaryadi qanchalik katta bo‘lsa, ular qapama-qarshi
ionlarning diffuziya qavatini shunchalik kuchli siqadi. Biroq, elektrolitlarning
koagullovchi ta’siri faqat diffuziya qavatini siqishdan iborat bo‘lmay, balki shu
bilan bir vaqtda kolloid zarrachaga qo‘shilgan elektrolitning granulalarga
qarama-qarshi zaryadga ega bo‘lgan ionlarining tanlangan adsorbsiyasi sodir
bo‘ladi. Ionlar zaryadi qancha yuqori bo‘lsa, ular shunchalik intensiv
adsorbsiyalanadi. Adsorbsion qavatda zarrachaga qarama-qarshi zaryadlangan
ionlarning to‘planishi ζ-potensialining va, demak, diffuziya qavatining
tegishlicha kamayishi bilan davom etadi (9.5-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |