163. Коллоид системаларнинг молекуляр кинетик ва оптик хоссалари.
Kolloid sistemalarning molekular-kinetik xossalari
Zollarning dispers faza zarrachalari erituvchi molekulalari ta’siri ostida
uzluksiz va betartib harakatda bo'ladi. Birinchi bor bu hodisa ingliz botanigi R.
Broun tomonidan 1827-yilda kuzatilgan bo'lib, uning nomi bilan Broun harakati
deb nomlanadi. Broun harakatining tabiati molekular-kinetik bo'lib, u issiqlik
harakati natijasida vujudga keladi degan mulohazalar haqlidir.
Broun harakati ta’siri ostida eritmada zarrachalarning barobar taqsimlanish
jarayoni diffuziya deb ataladi. Diffuziya faqat molekular eritmalardagina emas,
balki kolloid-dispers eritmalarda ham bo'ladi. Kolloid zarrachalar bir qadar
osmotik bosimga ham sabab bo'ladi. Zarrachalar katta bo'lganligi sababli
konsentratsiyaning kichik bo'lishi ularning osmotik bosimi juda kam bo'lishiga
olib keiadi. Chin eritmalarga o'xshab, kolloid eritmalarda ham osmotik bosim
erigan moddaning konsentratsiyasiga mutanosibdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |