Kolloid zarrachalar tuzilishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari asosida rus olimlari A. V. Dumanskiy, N. P. Peskov, S. M. Lipatov, A. N. Frumkinlarning, shuningdek g`arb tadqiqotchilari Pauli, Fayans, Kroit va boshqalarning ishlari yotadi. Kolloid zarrachalarning hosil bo‘lish jarayonlarini kuzatib borilsa, ularning tuzilishini o‘rganish bir qadar osonlashadi. AgJ ning kolloid zarrachasi quyidagi reaksiya natijasida hosil bo‘ladi: AgNO3 + KJ = AgJ + KNO3 AgJ molekulalari amalda erimaydigan zarrachalar bo‘lib birlashadi, Ag+ va J- ionlari ana shu zarrachalarda kristall panjara hosil qiladi. Z. YA. Berestneva va V. A. Karginning elektron mikroskop yordamida o‘tkazgan tadqiqotlari yangidan hosil bo‘lgan zarrachalar dastlab amorf tuzilishga ega bulishini, keyin ularda asta-sekin kristallanish yuz berishini ko`rsatib berdi. AgNO3 va KJ ekvivalent miqdorlarda olinsa, zarrachalar - kristallar kolloid zarrachalar kattaligidan ancha katta bo‘lib o‘sadi va cho‘kmaga tushadi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri biroz ortiqroq olinsa, u AgJ kolloidzarrachalarini barqaror qiladigan stabilizator bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, KJ ortiqroq bo‘lsa, eritmada ko‘p miqdor K+ va J- ionlari bo‘ladi. Lekin Panet— Fayans qoidasiga binoan, AgJ kristall panjarasining tuzilishi uning tarkibiga kiruvchi ionlar hisobiga; bu holda J+ ionlari hisobiga bo‘lishi mumkin. Ag+ ionlari yadroning kristall panjarasini qurib borib uning strukturasiga mustaxkam o`rnashadi va unda elektrotermodinamik potensial deb ataladigan elektr zaryad paydo qiladi. Shu munosabat bilan yadroning kristall panjarasini oxirigacha tuzib bergan ionlar potensial belgilovchi ionlar deb ataladi. Ko‘pgina kolloid zarrachalarda elektr termodinamika potensiali yoki E-potensialning kattaligi 1V ga etadi. Zaryadi birmuncha katta bo`lgan bunday zarrachalar eritmada qolgan qarama – qarshi zaryadlangan K+ ionlarini (shu sababdan qarama- qarshi ionlar deb ataladigan) o‘ziga tortadi. Qarama-qarshi ionlarning adsorbilanish jarayoni boshlanadi, buning natijasida adsorbilangan ionlar bilan erkin ionlar o‘rtasida dinamik muvazanat qapop topadi. Kolloid zarrachalar yadrosiga adsorbilangan barcha qarama-qarshi ionlarning asosiy qismi potensial belgilovchi ionlar bilan birgalikda adsorbsion qavatni hosil qiladi. Yadro bilan adsorbsion qavat granula (donacha) ni tashkil qiladi. Granulada ham elektr potensial bo‘ladi, uning belgisi E-potensialga o‘xshash, lekin uning qiymati bir qadar kichik bo‘lib, adsorbsion qavatdagi qarama-qarshi ionlarning miqdoriga boglikdir. Masalan, ionlarning 90% chasi adsorbilangan bo‘lsa, granula potensial E-potensialga nisbatan 10% ni tashkil qiladi. Granula potensiali elektrokinetik potensial yoki dzeta-potensial ( - potensial) deb ataladi. Kinetik potensial deyishning sababi shundaki, zarrachalar elektr maydonida harakat qilayotganda uni topish va o‘lchash mumkin. Uni adsorbsion (zarrachaga nisbatan harakatsiz) qavat bilan diffuzion (harakatchan) qavat o‘rtasidagi potensial singari ham aniqlash mumkin. Qarama-qarshi ionlarning qoldig‘i elektrostatik tortilish kuchlari ta’sirida granula atrofida bo‘ladi va diffuziya qavatini hosil qiladi. Granula bilan diffuziya qavati mitsellani hosil qiladi. Diffuziya qavatining qalinligi turlicha bo‘ladi, chunkieritmaning ion kuchiga bog‘liq: ion kuchi qanchalik katta bo‘lsa, diffuziya kavati qalinligi shunchalik kam bo‘ladi. Diffuziya qavatidan uzoqlashgan sariq qarama-qarshi ionlarning konsentratsiyasi kamayib boradi, shunga yarasha zarrachaning potensiali ham kamayib diffuziya qavati chegarasida nolgacha kamayadi (9.3-rasm). Shunday qilib, mitsella hamma vaqt elektr-neytral bo‘ladi.