Xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish maqsadida ularga soliq imtiyozlari berishni davom ettirsh;
Tibbiy xizmatdagi xususiy sektorning ulushi 12 % dan 25 % ga yetkazish;
46 ta tumanlararo perenital markazlar barpo etish, nogironligi bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirish uchun Respublika bolalartibbiyreabilitatsiya markazi va uning filiallari tashkil qilish;
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xalqaro maqomiga ega 250 dan ziyod laboratoriyalarini tashkil etish;
O‘zimizda ishlab chiqilgan tibbiyot vosita-dorilarning miqdorini 80 % ga yetkazish. Ushbu tarmoqdagi ishlab chiqarishlarga berilgan imtiyozlar yana 5 yilga uzaytirilib, zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalarini tashkil etish va mavjudlari yanada rivojlantirish.
“Yangi O‘zbekiston – xalqchil insonparvar davlat” g‘oyasini amalga oshirish.
Bu borada:
Ehtiyojmand aholini ijtimoiy yordam berish darajasini 2021-yilgi 60 % dan 100 % ga yetkazish. Ularning barchasi davlat tomonidan kafolatlangan bepultibbiy yordam bilan ta’minlash.
Bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdori 10 barobardan 12 barobarga oshirish.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida har ikki yilda o‘tkaziladigan umumrespublika sport o‘yinlari – Milliy olimpiada tizimi joriy etish.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida extiyojmand oilalarning qizlari uchun OTM Grantlarini yildan-yilga oshirib borish va 2026-yilda 6 mingga yetkazish.
Nogiron yoshlarimizni, ayniqsa qizlarimizni sog‘lom va yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol toptirish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini 3 barobar oshirishni ko‘zda tutuvchi, kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash Milliy dasturiishlab chiqilib amalga oshirish.
Keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama e’zozlash.
Sifatli ta’lim-tarbiya masalasida:
MTMdagi qamrovni 2021-yilgi 62 % dan 80 % ga yetkazish. Buning uchun qo‘shimcha 7 mingdan ziyod MTM tashkil etish;
- Maktablarni rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqish va kelgusi 5 yilda 1,2 mln. o‘quvchi o‘rni yaratish uchun maktablar rekonstruksiya qilish;