15. Mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari.
Mavzu rejasi:
1.Yangi O‘zbekiston strategiyasining mazmuni va mohiyati.
2.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor yo‘nalishi
3.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini hayotga izchil tatbiq etish jarayonlari.
Asosiy adabiyotlar:
1.Mirziyoyev SH.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2021. – 300 b. http://el.tfi.uz/kitob-toifasi/prezident-asarlari
2.Mirziyoyev SH.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
4-jild. – T.: O‘zbekiston, 2020. – 400 b.
http://el.tfi.uz/kitob-toifasi/prezident-asarlari
3.Mirziyoyev SH.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-jild. – T.: O‘zbekiston, 2019. – 400 b. https://lib.jspi.uz/library/1193
4.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2019.
https://apkpure.com/ru/konstitutsiyasi-o-zbekiston/co
2021-yilda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi nashr qilindi. O‘zbekistonda keyingi davrlarda olib borilayotgan islohotlarninng “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” deb atalishi bejiz emas. Bu nom, avvalo, mazkur Taraqqiyot strategiyasi — 2017-yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi hisoblanadi. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yoʻnalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng koʻlamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yoʻnalishlarda muhim natijalarga erishish koʻzda tutilmoqda.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida bayon etilgan yangi gʻoya va tashabbuslar Prezidentimizning “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni; 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi va 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi loyihalari ishlab chiqildi. Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi 2022 yilning boshida xalq muhokamasiga qo‘yildi. Xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yoʻnalish belgilab olingan boʻlsa, taraqqiyot oʻzgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi koʻzda tutilgan holda, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish nazarda tutilgan.
Mamlakatimizni 2022-2026-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lidagi 7 ta asosiy ustuvor yo‘nalish quyidagilardan iboratligi belgilab berildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |