Bog'liq 15 ma\'ruza O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan (2)
YO‘NALISH: Adolat va qonun ustuvorligi– xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlash.
Odil sudlov tizimining chinakam mustaqilligi va ochiqligini ta’minlash, huquq- tartibot organlari faoliyatini takomillashtirish, advokatura institutini kuchaytirish, ushbu sohalar faoliyatini raqamlashtirish borasida:
ma’muriy sudlar faoliyatini xalqaro andozalar asosida takomillashtirish;
Sud xususiy mulk himoyasida turib, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini tiklash orqali ijro idoralarini qonun doirasida ishlashga majbur qiladigan tizimni yaratish;
tadbirkorlar va mulkdorlar huquqlarini har tomonlama himoya qilish;
xususiy mulk ustuvorligini qonunlarda asosiy tamoyil sifatida belgilash.
Korrupsiyaga qarshi kurashishni davom ettirish, bu borada aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, tizimli preventiv choralar ko‘rish borasida:
korrupsiyaning oqibatlari va sabablarini oldindan bartaraf etish bo‘yicha
ta’sirchan choralarni amalga oshirish;
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish;
fuqarolar o‘rtasida qonunga xurmat va amal qilish hissini shakllantirish. Konstitusiyaviy islohotlarni amalga oshirish borasida:
senator va deputatlar, jamoatchilik va xalq vakillarining fikrlari, jahon konstitusiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan xolda bugungi va kelgusi taraqqiyotni belgilab beradigan Konstitusiyani takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqish;
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish.
Mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvni cheklash;
Qonun ustuvorligi va konstitusiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson
qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash;
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish;
Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish;
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga xizmat qilishga yo‘naltirish;
Sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash;
Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish;
Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o‘rtasida qonunga
hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish.