YO‘NALISH: Ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga
oshirish.
“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish;
Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
- Milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
o‘rni va nufuzini oshirish, madaniyat va san’atni yuksaltirish;
Islom dinining insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash;
Turli millat va elatlar, konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada mustahkamlash;
Davlat siyosatida barcha millat va elat vakillarining milliy o‘zligini, ona tili va madaniyatini, dini, urf-odat va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish.
YO‘NALISH: Global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi
yechimlarini topish.
BMTning yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish;
- Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e’lon qilish bo‘yicha BMT rezolyusiyasini hayotga tadbiq etishga doir tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va
imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiyada qabul qilingan qaror va xujjatlarning izchil bajarilishi uchun xalqaro hamkorlar bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Iqlim o‘zgarishlari, ekologik muammolar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlarni hal etishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha say-harakatlarni uyg‘unlashtirish;
Yurt kelajagining qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish.
“Yashil iqtisodiyot”ni joriy qilish borasida 2022-2026-yillarda:
Quvvati 5 ming mvt dan ortiq bo‘lgan shamol, quyosh, gidroESlarni ishga tushirish. Natijada yiliga qariyb 3 mlrd m.kub tabiiy gazni tejash;
Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish;
2022-yilda Toshkent shahrida 320 ta elektrobus qatnovini yo‘lga qo‘yish;
- “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish Maxsus jamg‘armasi tashkil etish;
-Iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 % ga oshirish. Atmosferaga chiqariladigan zararli gaz hajmi 10% ga qisqartirish;
Orolqumida 500 ming ga yashil maydonlar barpo etib, ularning umumiy maydoni 2,5 mln. ga yoki xududning 78% ga yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |