algoritmlari bilan harakterlanadi va tabiiyki, komp yuterlardan foydalanishni
nazarda tutmaydi. Bu bosqichni ko‘pincha kompyuterlargacha bo‘lgan davr deb
ataladi.
Ikkinchi bosqich - (1949-1976) amaliyotchi matematik K. Shennonning
“Mahfiy tizimlarda bog‘lanish nazariyasi” nomli ilmiy ishining chop etilishi bilan
boshlanadi. Bu davrda EHM lardan foydalangan holda kriptologik izlanishlar keng
miqyosda olib borildi. Kriptologiya matematik fanga aylandi. Ammo, bu fan
mevalaridan faqat diplomatik va harbiy tashkilotlarning aloqa xizmati
foydalangani uchun, kriptologiya "yopiq" (mahfiy) fan bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: