CRYPT, IBM-4755, Datacryptor kabi shifrlash qurilmalaridan keng foydalaniladi.
Kriptologiya tarixiga oid ayrim malumotlarni keltirib o‘tamiz.
Mesopotamiyada olib borilgan areologik qazish ishlarida eramizdan avvalgi
XX asrga mansub bo‘lgan eng qadimiy shifrlangan matnlardan biri topildi. U sopol
taxtachaga o‘yib yozilgan bo‘lib, sopol idishlarni bo‘yash uchun ishlatiladigan
bo‘yoqning retsepti haqidagi matn bo‘lib chiqdi. XVII asrda kardinal Rishele
tomonidan dunyoda birinchi bo‘lib, shifrlash xizmati tashkil qilindi. Nyuton, Eyler,
Leybnits, Gauss, Kardano kabi buyuk matematiklar ham bevosita kriptologiya
bilan shug‘ullanganlar. Kriptologiyada quyidagi atamalar qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |