15-mavzu: Sertifikatlash tizimi rivojlanish sifatida Reja


Sertifikatlashtirish bo‘yicha atamalar va tushunchalar



Download 52,32 Kb.
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi52,32 Kb.
#904022
1   2   3   4
Bog'liq
Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash

Sertifikatlashtirish bo‘yicha atamalar va tushunchalar

O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimida qo‘llanishi shart bo‘lgan atama va ta’riflar amaldagi O‘z.RST 5.5-93 (O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar) standarti va O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonunida ko‘rsatilgan.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha atamalar va tushunchalar quyidagicha ta’riflanadi:
Muvofiqlik - bu mahsulot, xizmat yoki jarayonga belgilangan barcha talablarga rioya qilish yoki ularni bajarishlikdir. Mahsulot muvofiqligini ishlab chiqaruvchi va iste’molchilardan manfaatdor bo‘lmagan uchinchi tomon (tashkilot yoki shaxs) tasdiqlaydi. Odatda, bu holda uchinchi tomon vazifasini sinov laboratoriyalari (markazlari) bajaradi. Chun­ki, har qanday sinalgan namunaning ma’lum bir standart yoki boshqa me’yoriy hujjat talabiga mos kelishini sinov laboratoriyalari tasdiqlaydi. Bunday faoliyatga muvofiqlikni sertifikatlashtirish deyiladi.
Mahsulot, xizmat yoki jarayonning me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga asosan ishlab chiqarilganligini tasdiqlash uchun uchinchi tomon ham ma’lum bir tartibda faoliyat olib boradi. Bunday (uchinchi tomon) faoliyatning tarkibi va tartibi sertifikatlashtirish sxemasi deyiladi.
Muvofiqlik sertifikati - mahsulot, xizmat yoki jarayonlarini ma’lum bir standart yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini ishontiradigan va sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida nashr etilgan hujjatdir. Muvofiklik sertifikati, uchinchi tomondan mahsulot, xizmat yoki jarayonlar ularga belgilangan talablar asosida ishlab chiqarilganligini tasdiqlagan holda beriladi.
Muvofiqlik belgisi ham xuddi shu asosda beriladi. Muvofiqlik belgisi deb, ushbu mahsulot, xizmat yoki jarayonni ma’lum standart yoki boshqa me’yoriy hujjatga mos kelishini ishontiruvchi sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan yoki ishlatiladigan va ma’lum tartibda himoya qilinadigan belgiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasida mahsulot (xizmat)ni sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Majburiy sertifikatlashtirish – sertifikatlashtirish vakolatiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot (xizmat)ning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlashdir.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda, ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Sertifikatlashtirish sohasidagi guvohnoma - sertifikatlashtirish ti­zimi qoidalariga asosan nashr etilgan hujjatdir. Bu hujjat sifat sertifikati bilan birgalikda mahsuloti yoki xizmati sertifikatlashtirishdan o‘tkazilgan shaxs yoki idora (korxona, tashkilot)ga beriladi va bu hujjat (litsenziya) shaxs yoki idoraga undan tegishli ravishda foydalanish huquqini beradi.
Sifat sertifikati - yetkazib berilayotgan molga ilova qilinadigan va uning sifatini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
Mahsulot, xizmat va jarayonlardan tashqari korxona yoki tashkilotning ish­lab chiqarish sharoitlari ham sertifikatlashtirishdan o‘tkaziladi. Ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish - bu sertifikatlashtirish idorasi yoki boshqa maxsus vakolatga ega bo‘lgan idora tomonidan ma’lum mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur va yetarli sharoitlar mavjudligini, unga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarning barqarorligi va sertifikatlashtirishda nazorat ostiga olinishini ta’minlashning rasmiy tasdig‘idir.
Sifat tizimini sertifikatlashtirish deganda, tizimning xalqaro yoki milliy standart talablariga muvofiq kelishini tekshirish, baholash va sertifi­kat berish orqali tasdiqlash haqidagi faoliyat tushuniladi. Sifat tizimini sertifikatlashtirish ta’minlovchining raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqara olishiga to‘liq ishonch hosil qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Mahsulotning tavsiflari milliy va xalqaro me’yoriy-texnik hujjatlarga mos kelishini aniqlash uchun o‘tkaziladigan sinovlarga sertifikatlashtirish sinovlari deb ataladi. Sertifikatlashtirish sinovlari uchun mahsulotdan namunalar olinadi va ushbu namunalar bo‘yicha sertifikatlashtirish sinovlari o‘tkaziladi.
Sinov laboratoriyalari (markazlari)ning ma’lum sinovlar yoki sinovlarning ma’lum xillarini amalga oshirish huquqlarini rasmiy jihatdan tan olish laboratoriyalarni akkreditlash deyiladi. Laboratoriyalarni akkreditlash uchun akkreditlovchi idoralar o‘z ish tartibi va boshqarish qoidalariga ega bo‘lishi lozim. O‘z ish tartibi va boshqarish qoidalariga ega bo‘lgan tizim labo­ratoriyalarni akkreditlash tizimi deb ataladi. Laboratoriyalarni akkreditlash mezoni deganda esa, sinov laboratoriyasini akkreditlash uchun qanoatlantirishi lo­zim bo‘lgan akkreditlash idorasi tomonidan ishlatiladigan barcha talablar majmuasi tushuniladi. Laboratoriyani akkreditlash maqsadida uning mezonlariga muvofiqligini tekshirish orqali aniqlash laboratoriyani attestatsiyalash deb ataladi. Akkreditlashdan o‘tgan sinov laboratoriyalari esa akkreditlangan laboratoriya deyiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari sertifikatlashtirish sohasida «Ekspert-auditor», «Tekshiruvchan nazorat» kabi atamalar va «bir, ikki va ko‘p tomonlama kelishuvlar» degan tushunchalar ham ishlatiladi.



  1. Download 52,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish