41-расм. Чокланган полимернинг
бўкиш кинетикаси.
ютилган суюқлик миқдори. Полимерлар-нинг бир
жинсли термодинамик барқарор системалар
ҳосил қилиш қобилияти қуйидагиларга боғлиқ:
1.
Эритувчи ва полимернинг табиати. Аморф
полимерлар занжирларининг ва эритувчи
молекулаларининг кимѐвий тузилиши ҳамда
уларнинг қутблилиги,
polimerlarning bo‗kishi va erishini belgilovchi asosiy omillardir. Polimer zanjiri
zvenolarining va erituvchi molekulalarining qutbliligi yaqin bo‗lsa, bir xil va har xil molekulalar
orasidagi ta‘sir energiyasi bir xil bo‗ladi va polimer bo‗kadi. Agar yuqorida ko‗rsatilgan omillar
polimer va erituvchi uchun katta farq qilsa bo‗kish va erish kuzatilmaydi.
Poliizopren, polibutadiyen va boshqa qutblanmagan polimerlar to‗yingan uglevodorodlar
bilan cheksiz miqdorda aralashadi va yuqori qutblangan erituvchilar (suv, spirt va boshqalar)
bilan umuman ta‘sirlashmaydi.
2.
Polimer zanjirining bukiluvchanligi
. Polimerlarning bo‗kishi va erishi zanjir
bukiluvchanligi bilan uzviy bog‗langan. Yuqorida aytilganidek,
erish jarayonida polimer
zanjirlari bir-biridan ajragan holatda erituvchiga diffuzlanadi. Bukiluvchan zanjirning qismlari
alohida harakat qilaoladi va ularning bir-biridan ajrashi va diffuzlanishi yengillashadi.
Qutblanmagan polimerlar yuqori bukiluvchanlikka ega bo‗lib qutblanmagan
erituvchilar bilan kuchli ta‘sirlashadi. Shuning uchun bukiluvchan zanjirdan iborat qutblanmagan
polimerlar har qanday qutblanmagan erituvchida cheksiz eriydi.
3.
Polimerlarning molekulyar massasi.
Polimerlarning molekulyar massasi ortishi bilan
ularning zanjirlari orasidagi ta‘sir energiyalari ortib boradi.
Shuning uchun bitta
polimergomologik qatordagi polimerlarning molekulyar massasi ortishi bilan bir xil erituvchida
erish qobiliyati kamayib boradi. Bunday tafovut polimerni molekulyar massasi bo‗yicha
qismlarga ajratish imkonini beradi.
4
. Polimerlarning kimyoviy tarkibi
. Qator polimerlar olinishiga qarab har xil kimyoviy
tarkibga ega bo‗lishi mumkin va bu ularning eruvchanligiga sezilarli ta‘sir etadi. Masalan,
nitrotsellyulozaning eruvchanligi uning tarkibidagi nitroguruhlar soniga bog‗liq. 10-12% azot
tutgan nitrotsellyuloza atsetonda cheksiz eriydi, sellyuloza uchnitrati esa chekli bo‗kadi, xolos.
5.
Polimerlarning ustmolekulyar tuzilishi.
Kristall tuzilishli polimerlar amorf
tuzilishdagi yuqori molekulyar birikmalarga qaraganda ancha qiyin bo‗kadi va eriydi. Buning
sababi, kristall polimerlarda zanjirlar bir-biriga nisbatan tartibli joylashgan bo‗lib,
ulardagi
molekulalararo ta‘sir energiyasi juda yuqori qiymatga ega bo‗ladi. Shuning uchun kristall
polimerlardagi zanjirlarni bir-biridan ajratishga katta energiya talab qilinadi va bunday
polimerlar qutbliligi yaqin bo‗lgan erituvchilarda ham uy haroratida erimaydi.
6.
Harorat.
Harorat ortishi, ko‗pincha, polimerlarning bo‗kishi
va erishini
osonlashtiradi. Umuman, haroratning o‗zgarishi polimerlarning eruvchanligiga turlicha ta‘sir
qiladi. Chekli bo‗kuvchi chiziqli polimerlar isitilganda quyi molekulyar suyuqlik bilan cheksiz
aralashadi. Shu bilan bir qatorda quyi kritik aralashish haroratiga ega bo‗lgan polimerlar ham
bor.
7.
Zanjirlararo kimyoviy bog‘lar.
Zanjirlar orasida juda kam miqdorda choklovchi
kimyoviy bog‗lar bo‗lsa ham makromolekulalarning bir-biridan ajrab eritmaga o‗tishiga
halal
beradi. Nisbatan yuqori harorat ham erish jarayonini yuzaga keltira olmaydi.
макс
в а к т
Agar polimerdagi ko‗ndalang bog‗lar miqdori uncha katta bo‗lmasa, ya‘ni choklovchi
bog‗lar orasidagi zanjir bo‗laklari katta bo‗lsa, quyi molekulyar moddalar molekulalari polimer
fazasiga kirib borishi mumkin. Bu zanjir bo‗laklarining surilishiga olib keladi va polimer ma‘lum
darajada chekli bo‗kadi. Ko‗ndalang bog‗lar miqdorining ortishi polimerning quyi molekulyar
moddalarni yutish qobiliyatini susaytiradi; bu bog‗lar zichligining
ortib ketishi polimerni
bo‗kishdan mutlaqo mahrum qiladi. Masalan, vulkanlangan kauchuk tarkibida oltingugurt
miqdorining ortib borishi bo‗kishining kamayishiga sabab bo‗ladi. 32% oltingugurt bilan
vulkanlangan kauchuk (ebonit) mutlaqo bo‗kmaydi. Chiziqli tuzilishga ega bo‗lgan rezol fenol-
formaldegid polimerlar atseton va spirtda yaxshi eriydi. Xuddi shu erituvchilarda
rezitol chekli
bo‗kadi, rezit hatto biroz bo‗lsa-da bo‗kmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: