15-Mavzu: Polimerlarning erish jarayoni Mavzuning asosiy masalalari


Polimerlarning bo„kishi va erishi



Download 438,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana06.07.2022
Hajmi438,77 Kb.
#745146
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-Maruza

Polimerlarning bo„kishi va erishi. 
Yuqori molekulyar birikmalar, xuddi quyi molekulyar 
moddalarga o‗xshab, har qanday suyuqliklarda eriyvermaydi. Ba‘zi bir suyuqliklarda polimer 
o‗z-o‗zicha erisa, ba‘zilarida umuman erimasligi mumkin. Masalan, polistirol benzolda o‗z-
o‗zicha eriydi, lekin suvda mutlaqo erimaydi. Jelatin esa suvda yaxshi erib, spirtda erimaydi. 
Demak, birinchi ko‗rsatilgan hollarda polimer va erituvchi orasida o‗zaro moyillik kuzatiladi, 
boshqa hollarda esa moyillik kuzatilmaydi. 
Yuqori molekulyar birikmalarning erishi quyi molekulyar birikmalarning erishidan farq qiladi. 
Yuqori molekulyar birikmalarning erish jarayonini 4 bosqichga bo‗lish mumkin: 
polimer-erituvchi sistemasi geterogen – polimer va quyi molekulyar erituvchi fazalaridan iborat; 
sistema geterogen – bitta faza quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi (bo‗kkan 
polimer), ikkinchisi esa – quyi molekulyar suyuqlik; 
sistema geterogen – bitta faza quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi, ikkinchisi esa 
– polimerning shu suyuqlikdagi eritmasi; 
Sistema gomogen – makromolekulalarning quyi molekulyar suyuqlikda to‗liq erishi natijasida 
ikkala faza ham aynan bir xil bo‗ladi. 
Demak, polimer erishdan oldin bo‗kadi, ya‘ni bo‗kish erishning birinchi bosqichidir. Bo‗kish 
davrida yuqori molekulyar modda quyi molekulyar suyuqlik – erituvchini yutadi, uning og‗irligi 
ortadi, yumshoq va cho‗ziluvchan bo‗lib qoladi, hajmini 10-15 marta orttiradi. 
Yuqori molekulyar birikmalarning erish davrida erituvchi molekulalari dastlab polimer 
modda orasida tarqaladi va natijada bo‗kish jarayoni kuzatiladi. Erituvchi molekulalari, asosan, 
amorf polimerning makromolekulalari orasidagi g‗ovaklarda joylashadi va asta-sekin 
makromolekulalarni bir-biridan ajrata boshlaydi. Vaqt o‗tishi bilan makromolekulalar orasidagi 
bog‗lanish susayadi va makromolekulalar asta-sekin erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, 
natijada chin eritma hosil bo‗ladi. Ko‗rinib turibdiki, bo‗kish erish oldidan bo‗ladigan kinetik 
effektdir. Polimerning molekulyar massasi qanchalik katta bo‗lsa, uning erishi va bo‗kishi 
shuncha qiyinlashadi va, aksincha, qanchalik molekulyar massa kamaysa shunchalik polimerning 
erishi quyi molekulyar moddalarning erishiga o‗xshab ketadi. Haqiqatan ham quyi molekulyar 
modda eriganida erigan moddaning molekulalari erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, ya‘ni 
bo‗kish jarayoni kuzatilmaydi. 
Bo‗kish chekli va cheksiz bo‗ladi. 
Cheksiz bo‗kish. Yuqorida ta‘kidlanganidek cheksiz bo‗kish erishning birinchi bosqichi 
bo‗lib, polimer zanjirlari bir-biridan ajraydi va quyimolekulyar erituvchi molekulalari bilan 
aralashadi. Polimer erishining asosiy xususiyati shundan iboratki, erish davridagi aralashayotgan 
komponentlarning molekulalari kattaligi va harakatchanligi bo‗yicha bir-biridan bir necha ming 
marta farq qiladi. Odatda quyi molekulyar erituvchining molekulalari juda harakatchan bo‗ladi 
va polimerga erituvchi qo‗shilganda suyuqlik molekulalari polimer orasiga kiraboshlaydi; kam 


harakatchan bo‗lgan makromolekulalarning quyi molekulyar suyuqlik fazasiga tarqalishi esa 
uzoq vaqt talab qiladi. Demak, polimerning erish jarayoni uzoq vaqt davom etadi va erishdan 
oldin doim bo‗kish kuzatiladi. 
Bo‗kkan polimer, ya‘ni quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi ma‘lum vaqt 
toza suyuqlik bilan birgalikda mavjud bo‗laoladi. So‗ngra makromolekulalar bir-biridan ajray 
boshlaydi va asta-sekin erituvchi molekulalari orasiga tarqab bir jinsli eritma hosil qiladi. 
Demak, cheksiz bo‗kish ikki suyuqlikning o‗zaro aralashmasiga o‗xshagan jarayondir. Uning 
o‗ziga xos farqi komponentlardan birining zanjirsimonligi va bukiluvchanligidadir. Shuning 
uchun agar polimer molekulalari sferik tuzilishga ega bo‗lsa, ular erish davrida bo‗kmaydi. 
Masalan, molekulyar massasi 800000 bo‗lgan glikogen molekulalari sferik tuzilishga ega 
bo‗lganligi uchun erish davrida bo‗kmaydi. 
Chekli bo‗kish. Bo‗kish har doim ham erish bilan tugavermaydi. Ko‗pincha jarayon 
ma‘lum bo‗kish darajasiga yetishi bilan to‗xtaydi. Buning sababi polimer bilan erituvchining 
chekli aralashishidir. Natijada jarayon oxirida sistemada ikkita faza hosil bo‗ladi – yuqori 
molekulyar birikmaning erituvchidagi to‗yingan eritmasi va erituvchining polimerdagi to‗yingan 
eritmasi (iviq). Bunday chekli bo‗kish doimo muvozanatda bo‗ladi, ya‘ni ma‘lum darajagacha 
bo‗kkan polimerning hajmi o‗zgarmas bo‗lib qoladi (agar sistemada kimyoviy o‗zgarish 
bo‗lmasa). Chekli bo‗kishning bunday turi suyuqliklarning chekli aralashishiga o‗xshashdir. 
Chekli erish bilan boradigan bo‗kishni polivinilxlorid – atseton va polixloropren – benzin 
sistemalarida kuzatish mumkin. 
Chiziqli va to‗rsimon polimerlarning bo‗kishi bir-biridan farq qiladi. Chiziqli polimerlar 
uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli aralashishiga o‗xshashdir; ma‘lum sharoitda (ya‘ni 
harorat yoki komponentlar konsentratsiyasining ma‘lum qiymatida) chekli bo‗kish cheksiz 
erishga o‗tishi mumkin. 
Chekli bo‗kishning sababi quyidagicha: polimer zanjirlarining o‗zaro ta‘sirlanish 
energiyasi ularning erituvchi molekulalari bilan ta‘sirlanish energiyasidan yuqoriroq bo‗ladi, 
natijada zanjirlar bir-biridan to‗liq ajralmaydi. Haroratning ortishi zanjir molekulalari orasidagi 
bog‗larni uzadi va chekli bo‗kish cheksiz bo‗kishga o‗tadi. Chekli bo‗kishning yana bir sababi, 
polimer zanjirlarining choklanishidadir. Choklanish natijasida polimer bitta yagona to‗rsimon 
moddaga aylanib qoladi va molekulalararo kimyoviy bog‗lar polimer molekulalarining eritmaga 
o‗tishiga halal beradi. Misol tariqasida vulqonlangan kauchukning benzolda bo‗kishini ko‗rish 
mumkin. 
Bo‗kish jarayoni bo‗kish darajasi

bilan tavsiflanadi: 

Download 438,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish