Limfa tizimining rivojlanishi
Limfa tizimi yuqori darajada tuzilgan baliqlardan boshlanadi. Limfa tomirlari gemolimfa tomirlarining takomillashuvi natijasida hosil bo’lgan. Bunday tomirlar to’garak og’izlilar terisi ostida bo’shliq va tomirlar shaklida uchraydi. Limfa tomirlari qon tomirlariga qaraganda anchagina keyin paydo bo’lgan.
Suyakli baliqlarning limfa tomirlari yaxshi rivojlangan bo’lib, terisi ostida va ichki organlarida bo’shliq shaklida uchraydi. Umurtqa pog’onasi ostida ikkita stvol hosil bo’lib, u ko’krak yo’li hisoblanadi. Quruqlikda yashovchi hayvonlarda limfa tugunlari to’r hosil qilib, vena tomirlari Bilan birlashadi. Dumli amfibiya va reptiliyalarning yoshlik davrida ular xudi baliqlarnikiga o’xshash bo’ladi, katta yoshida esa teri osti limfa bo’shligini hosil qiladi. Amfibiya va repsitiliyalarda qisqaruvchi ikkita yuraksimon organ bo’lib, ularning biri oldinda, ikkinchisi orqa tomonda joylashadi. Bular har ikkala tomondan qisqarib, limfa suyuqligini venaga haydaydi. Qushlarda va sut emizuvchi hayvonlarda limfa tomiri birmuncha rivojlangan, ularda ingichka yupqa limfa nayi va klapanlar paydo bo’ladi. Limfa tugunlari dastlab suvda suzuvchi qushlarda paydo bo’lgan. Limfa tugunlari va tomirlari sut emizuvchilarda topla rivojlangan. Limfa yurakchalari sut emizuvchilarning embrionlik davrida yo’qolib ketadi.
Qon hosil qiluvchi organlar
Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, limfotsitlar va trombotsitlar doim nobud bo’lib, o’rniga yangilari paydo bo’lib turadi. Bu funksiyani qon hosil qiluvchi organlar bajaradi. Taloq, qizil ilik, limfa tugunlari, limfoid organlar, bodom bezi va to’sh orti bezi (timus) qon hosil qiluvchi organlardir.
Taloq – lien parenximatoz organ bo’lib, u qorin bo’shligida oshqozonning chap tomonida joylashadi. Bu organda homila tug’ilguncha qizil va oq qon hujayralari ishlanib chiqadi. Qarigan eritrotsitlar doim nobud bo’lib taloqda shimiladi, ular qoldig’idan jigarda o’t pigmenti sintez qilinadi. Taloq organizmda juda katta rol o’ynaydi, ya’ni u organizmning biologik filtridir. Taloq qon deposi ham hisoblanadi. Uning rangi har xil hayvonlarda turlicha (kopkimtir, qizg’ish, qoramtir-qizg’ish, konsistensiyasi yumshoq, shakli bir tuyoqlilarda uzun oproqsimon, qoramollarda uzun, cheti tekis, qorako’l quylarda uchburchak, echkilarda yumaloq, to’rtburchaksimon, cho’chqalarda uzun va tor) bo’lib, bu narsa uning qon bilan toplishiga bog’liq. Taloqning sirti seroz parda bilan qoplangan bo’lib, u qopshni organlarga o’tib, maxsus paylar: oshqozon osti payi - lig. Gastrolienale, taloqni ko’tarib turuvchi pay - lig. suspensorium lienalis, taloqning buyrak payi - lig. renolinale va taloqning diafragma payi - lig. phrenicalienale ni hosil qiladi.
Taloq kasulasidan ichki tomonga bir qancha trabikulalar o’tib, to’r hosil qiladi. Uning ichida taloq eti (pulpasi) joylashadi. U mayda qon tomirlaridan va qonning shaklli elementlaridan tuzilgan bo’ladi. Taloq, asosan oxirgi II-III qovurg’alar va I bel umurtqalari ro’parasida joylashadi. Uning uzunligi qoramollarda 40-50 sm, cho’chqalarda 45 sm gacha, otlarda 30-35 sm bo’ladi. Taloq yuqori qismi asosi - caput lienalis, toraygan joyi, pastki qismi - cauda lienalis va qon tomirlar kiradigan joyi qo’qa deyiladi.
Qizil ilik hamma suyakda bo’lib, qonning shaklli elementi – eritrotsitlar ishlab chiqarishda juda katta rol o’ynaydi. Ba’zi suyaklarda sariq ilik bo’ladi, lekin ular keyinchalik qizil ilikka aylanadi. Ilik suyak pardasining hosilasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |