Buyrak usti bezi – gl. suprarenalis juft organ bo’lib, buyrakning old tomonida joylashadi. Uning shakli hayvonlarda har xil: qoramollarda, qo’y va echkilarda o’ng tomondagisi yurak shaklida, chap tomondagisi loviya shaklida, cho’chqalarda cho’ziqroq – 3-5 sm, og’irligi 3-6 g, otlarda cho’ziqroq – oval shaklda bo’ladi. Buyrak osti bezi tashqi po’stloq va ichki mag’iz qavatdan iborat. Tashqi qavat juda ko’p har xil gormon ishlab chiqaradi. Ular organizmga xilma-xil ta’sir ko’rsatadi. Har bir bezning po’stloq va mag’iz qismlariga bo’linadi, lekin bu qismlar o’rtasida hech qanday bog’liqlik yo’q. Bezning po’stloq qismidan strukturaviy tarkibi bo’yicha lipidlardan tashkil topgan steroidlar ishlab chiqariladi. Glyukokortikoidlar gipofiz bezining oldingi bo’lagi tomonidan boshqarilib turadi. Kortikosteroidlardan eng muhimlari kortizol va kortikosteronlar hisoblanadi. Normal holatdagi hayvonlarda ular kam miqdorda bo’ladi, ammo stressga javoban asosan ikki xil ta’sir ko’rsatadi: glyukozani hujayralar tomonidan yutilishi natijasida qonda glyukozaning miqdori kamaysa, jigardan aminokislotalarni va yog’ to’qimalaridan yog’ kislotalarini glyukozaga aylanishiga tayyorlash hisobiga glyukoza miqdorini oshiradi. Agar ular ko’p miqdorda bo’lsa, yallig’lanish reaksiyalarini topxtatib turadi, qaysiki jarohatni bitishi va tuzalishiga topsqinlik qiladi. Ushbu xususiyatdan opsma va yallig’lanish jarayonini oldini olish uchun davolash maqsadlari uchun foydalaniladi.
Mineralokortikoidlardan birmuncha muhim hisoblangan aldosteron buyrakning distal egri-bugri kanalchalariga ta’sir qilib, u erda plazmaning ishqor-kislota balansini muvofiqlashtiriladi. Buyrak usti bezining jinsiy gormonlari urg’ochi va erkak hayvonlarda ishlab chiqarilib, juda kam miqdorda bo’ladi, lekin kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ayrim axtalangan hayvonlarda ham jinsiy moyillik saqlanib qoladi.
Buyrak usti bezining mag’iz qismidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmni turli xil favqulotda holatlarga, masalan “qo’rquv”, “qochish”, “jang sindromi” kabilarga tayyorlaydi. Bezning faoliyati vegetativ nerv tizimi tomonidan boshqariladi.4
Qorako’l qo’ylarda chap tomondagi bezning bo’yi 2,5 sm, eni 1,1 sm, vazni 1,6 g; o’ng tomondagisining bo’yi 2,1 sm, eni 1,3 sm, vazni 1,4 g bo’ladi.
Gipofiz - hypophysis bosh miyaning asosida oraliq miyadagi turk egari chuqurchasida joylashadi. Gipofiz ichki sekretsiya bezlarining eng muhimi hisoblanadi, u juda ko’p xilma-xil gormon ishlab chiqaradi. Bu gormonlar organizmning opsishi uchun katta ahamiyatga ega. Gipofiz ko’pincha “bosh bez” deb yuritilib, chunki ushbu tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlar boshqa ko’pgina endokrin bezlarning faoliyatini boshqarib turadi. Uning oldingi bo’lagidan ishlab chiqarilgan tireotrop gormonlar qalqonsimon bezning faoliyatini, somatotropin yosh hayvonlarda opsishni, suyaklar epifizining opsish tezligini, aminokislotalardan oqsillarni sintez bo’lishini boshqaradi. Shuningdek, hayvonlar sifatsiz oziqlantirilganda energiya sarfini muvofiqlashtiradi. Adenokortikotrop gormoni buyrak usti bezi po’stloq qismining faoliyatini boshqaradi. prolaktin gormoni sut bezining rivojlanishi va hayvon homiladorligining ikkinchi yarmida sut ajralib chiqishini ta’minlaydi. Agar homiladorlikning oxirida oksitotsin ajralib chiqmasa, sut hosil bo’lishi amalga oshmaydi. Lyutinlovchi gormon (LG) qonda estrogen gormonini ta’minlab beradi, tuxumdondagi etilgan follikulalarni yorilishi va tuxum hujayralarining chiqishi (ovulyasiya) ni boshqarib turadi.
Gipofizning orqa bo’lagidan, ya’ni neyrogipofizdan ishlab chiqarilgan gormonlar gipotalamus bilan bog’liq va bevosita mazkur bez tomonidan ajratiladi. Undan ham bir nechta gormonlar ishlab chiqariladi. Masalan, antidiuretik gormon – vazopressin buyrak kanalchalarining suvni o’tkazuvchanligini boshqaradi. Bunda hujayra tashqarisidagi suyuqlik hajmini oshishiga javoban gormon ajralib, gomeostazni ushlab turishga yordamlashadi. Oksitotsin ikki xil ta’sir ko’rsatadi: u homiladorlikninng oxirgi bosqichlarida sut beziga ta’sir ko’rsatishi natijasida yangi tug’ilgan organizm birinchi emishiga javoban, sut ajralishi boshlanadi. Shuningdek, oksitotsin homiladorlikning oxirida bachadonning silliq muskullarini qisqarishini ta’minlashi natijasida to’liq shakllangan homila tashqariga chiqariladi. Gipofizning orqa bo’lagidan antidiuretik gormonni yoki buyrak to’qimasini etishmovchiligi sababli siydikning solishtirma og’irligini keskin pasayib ketishi, buyrak kanalchalarida siydik konsentratsiyasini boshqarilishini buzilishiga olib keladi va qandsiz diabet kasalligi kelib chiqadi.5
Bu bez uch qismga: yuqori-nerv, pastki bezli va oraliq qismlarga bo’linadi. Qorako’l qo’ylarda bezning uzunligi 1,2 sm, eni 0,8 sm, og’irligi 0,4 g,mahalliy echkilarda uzunligi 1,1 sm, eni 0,7 sm, og’irligi 0,4 g bo’ladi.
Epifiz – epiphysis ancha kichikroq bo’rtik shaklida bo’lib, oraliq miyadagi turk egarining ustki yuzasida, miya yarim sharlarining orasida joylashadi. Uning shakli makkajopxoriga o’xshash bo’ladi. Bu bez ishlab chiqargan gormon jinsiy organlarga ta’sir etadi. Uning uzunligi qorako’l quylarda 0,6 sm, eni 0,5 sm, vazni 92 mg; echkilarda uzunligi 0,5 sm, eni 0,3 sm, vazni 67 bo’ladi.
Oshqozon osti bezi. Oshqozon osti bezi insulin, glyukagon va somatostatin gormonlarini ishlab chiqaradi. Bu gormonlar qondagi glyukoza miqdorini mepyorlashtirib turadi. Insulin gormoni ta’sirida qondagi ortiqcha glyukoza glikogenga aylantirilib jigar va muskullarga depo holatida saqlanadi. Qonda glyukoza miqdori kamayib ketsa, jigar va muskullarda saqlanayotgan glikogen glyukagongormoni ta’sirida glyukozaga aylantirilib qonga chiqariladi. Somatostatin insulin va glyukagon gormonlarining ishlab chiqarilishiga topsqinlik qilib turadi va qonda qandning miqdorini keskin ogpishini oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |