1.
|
Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiyena qulayliklarini tashkil etish:
|
1.1.
|
Umumiy foydalanish uchun sanitariya-gigiyena uzeli, vanna yoki dush kabinasining mavjudligi.
|
1.2.
|
Kanalizatsiya (suv chiqarish) yoki (axlat toʻkiladigan oʻrani tashkillashtirish yoʻli bilan) mahalliy inshootlarning mavjudligi.
|
1.3.
|
Yashash va jamoat joylarida tabiiy va sunʻiy (shu jumladan fonarlar, shamlar va boshqa yoritish vositalaridan foydalanish hisobiga) yoritishning mavjudligi.
|
1.4.
|
Suv taʻminotining mavjudligi (shu jumladan suvni toʻplash uchun idishlar oʻrnatish yoʻli bilan).
|
2.
|
Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini taʻminlash:
|
2.1.
|
Oʻt oʻchirgichlar va tibbiyot dori qutisining mavjudligi.
|
2.2.
|
Shoshilinch yordam xizmatlarini chaqirish imkoniyati.
|
3.
|
Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun sharoitlar tashkil qilish:
|
3.1.
|
Tutash hududning qulay va shinam boʻlishi, oilaviy mehmon uyiga borish yoʻllari qattiq qoplamaga (shagʻalli, yogʻochli) ega boʻlishi kerak.
|
3.2.
|
Oilaviy mehmon uyining old tomonida “Oilaviy mehmon uyi”, “Semeyniy gostevoy dom” va “Family guesthouse” soʻzlarini oʻz ichiga olgan, oilaviy mehmon uyining oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nomi koʻrsatib oʻtilgan maʻlumotlar taxtasining (oʻlchami — eng kamida 60 sm x 80 sm) mavjudligi.
|
3.3.
|
Oilaviy mehmon uyiga kirishda oʻzbek, rus va ingliz tillarida quyidagi maʻlumotlar yozilgan maʻlumotlar taxtasining mavjudligi:
Oilaviy mehmon uylari yagona reyestridan koʻchirma nusxasi;
shoshilinch xizmatlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Call-markazining telefon raqamlari;
koʻrsatiladigan xizmatlar preyskuranti;
roʻy berishi mumkin boʻlgan tabiiy hodisalar, joylardagi xavflar toʻgʻrisida maʻlumot.
|
3.4.
|
Umumiy foydalanish uchun mobil yoki statsionar telefon aloqasining mavjudligi.
|
3.5.
|
Yashovchilarni hisobga oluvchi maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturga ulanish. Butunjahon Internet axborot tarmogʻiga ulanmagan holatda yashovchilarni roʻyxatga olish eng yaqin joylashtirish vositalari yoki turizm-axborot markazlari orqali tegishli hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etgan holda amalga oshiriladi.
|
3.6.
|
Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish xonalarida karavotlar yoki matraslar, karavotlar / matraslar soni boʻyicha choyshab-jildlar majmuining mavjudligi.
|