mumkin. Bank boshqaruvchilari bank kelgusi davr daromadlarini muqobil qiymatini minimallashtirish uchun birinchi navbatda minimal foyda potensialiga ega bo‘lgan aktivlar sotilishini ta’minlab berishi kerak. Likvid aktivlarning salmog’i oshib borgan sari bankning daromadlarini qisqarishiga olib keladi.
Pul mablag’lariga talabni qondirish likvid qarz mablag’laridan foydalanish strategiyasi(passivlarni boshqarish). Ko‘pgina yirik banklar likvid mablag’larning manbasi sifatida ko‘proq pul bozoridagi qarz mablag’lari foydalanishadi. Odatda bu strategiyani passivlarni boshqarish deyiladi. Bunda tijorat banklari o‘zlarining likvid mablag’lariga bo‘lgan talabni yirik miqdordagi deposit sertifikatlari va boshqa banklardan olgan kredit mablag’lari orqali ta’minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma’lum bir muddat uchun qarz mablag’lari hisobiga likvidlik ta’minlanadi. Bu strategiyani yirik banklar amalga oshirishiga sabab, banklarning o‘z mablag’lariga nisbatan qarz mablag’larining oshishi va bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning yetarli darajada bo‘lmasligi, bankning to‘lovga layoqatsizlik riski paydo bo‘lishi mumkin hamda bank likvid mablag’larga bo‘lgan talabini qondira ololmasligi mumkin.
Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag’larini boshqarish strategiyasi riskligini va aktivlarda likvid mablag’larning yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar likvidlilikni boshqarishni aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu strategiyaga muvofiq likvid mablag’larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan qimmatli qog’ozlar va boshqa banklardagi depozit ko‘rinshlarida saqlanadi, shu paytda likvid mablag’larga bo‘lgan boshqa talablar bank korrespondentlar bilan ochilgan kredit liniyalari va boshqa mablag’lar orqali qondiriladi. Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid mablag’larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi.
Dastlab bank likvidliligi 2 ta nazariy yondashuvni o‘z ichiga olar edi:
Bank aktivlari tarkibi-summasi, muddati, bank passivlari tarkibi-summasi va muddatlariga mos kelishi shart. Bu esa amaliy jihatdan tijorat banklari o‘z likvidliligini boshqarish bo‘yicha faol siyosat yuritishga yo‘l qo‘ymas edi. Ushbu berilgan nazariy asoslar natijasida bankning “oltin qoida” si kelib chiqdi, ya’ni bank moliyaviy talablari hajmi va muddati bank majburiyatlari hajmi va muddatlariga mos kelishi shart;
Bank balans aktivlar va passivlar tarkibi real mos kelmasligiga asoslangan, xatto eng qudratli, moliyaviy barqaror tijorat banklari ham bankrotlik, moliyaviy va iqtisodiy inqirozlardan va boshqa mojorolardan sug’urtalanmagan. Bu rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tgan davlatlarga xos hisoblanadi.
Tajribadan shu narsa ma'lumki, ayrim tijorat banklari yuqori daromadni ko‘zlagan holda talab qilib olgunga qadar va qisqa muddatda qo‘yilgan omonatlar hisobidan kredit berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq muddatli tartibda joylashtiradilar. Jalb etilgan mablag’larning muddati kelgan paytda esa bank omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini muddatida bajarish imkoniga ega bo‘lmaydi. Buning natijasida bank o‘z to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi. Bunday holat bankning o‘z faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatibgina qolmasdan, balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bank operatsiyalarini bajarish bo‘yicha litenziyasi tortib olingan banklar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bank amaliyotida aktiv va passiv mablag’larning miqdori va muddatlarini balanslash talablari o‘rnatildi. Bu to‘g’rida jahon bank tajribasining «bankning oltin qoidasi» deb nomlanuvchi qoidasi amal qiladi. Unga binoan bankning moliyaviy talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori va muddatlariga muvofiq kelishi shart.
Tijorat banklari aktivlarining sifatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri - aktivlarning daromadliligi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Aktivlar daromadliligiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining o‘zgarishi hisoblanadi.
Banklar faoliyatini nazorat qilish jarayonida aktivlar darmadliligining o‘zgarishi, aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining o‘zgarishi asosiy nazorat ob'ektlari sifatida e'tiborga olinishi lozim.
Tijorat banklari faoliyatida kreditlar eng ko‘p daromad keltiradigan aktivlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli, ushbu aktivlarni ko‘zdan kechirish va tahlil qilish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Inspektorning bu yo‘nalishdagi dastlabki vazifalaridan biri - kredit portfelining umumiy holatini tahlil qilish va joriy yoki potensial muammolar manbalarini aniqlashdan iborat. Aktivlar sifatining tahlilida asosiy e'tibor aktivlarning qaytishiga qaratiladi.
Shu o‘rinda tijorat banklarining reytingiga baho beruvchi kompaniyalar tomonidan tijorat bankining ma'lum davr ichidagi faoliyati yakuniga baho berish emas,balki mavjud aktiv va passivlarning joylashtirilishiga va bankning kelajak faoliyatida kutilayotgan risklar darajasining yuqori yoki pastligiga qarab, bank faoliyatiga barqaror deb baho berish muhimroqdir.
Tijorat banklarida daromadlilik darajasini oshirish bevosita aktivlarni samarali joylashtirishga bog’liq bo‘lganligi sababli, aktivlar bilan bog’liq risklarni baholash muhim masalalardan hisoblanadi. Tijorat banklarida aktivlar riskliligini yuzaga kelishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga bank ichki siyosatida aktivlarni samarali joylashtirish bo‘yicha talablarning yetarli emasligi; bank tomonidan marketing tadqiqotlarini to‘g’ri yo‘lga qo‘yilmaganligi; bankda kredit ajratilayotgan loyihalar, obyektlar va mijozlar, ularning moliyaviy ahvoli to‘g’risidagi ma’lumot va axborotlarning to‘liq emasligi; kreditlanayotgan tarmoqlar faoliyati xususiyatlarini yetarlicha tahlil qilinmasligini kiritish mumkin.
Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan tahlillar talab qilib olinguncha depozitlar ko‘proq barqaror emasligini ko‘rsatgan. Depozitning mazkur turi foiz stavkasiga bog’liq emas. Ularning tahliliga ko‘ra, jamg’ariluvchi va muddatli depozitlar yuqori darajadagi barqarorlikka ega. Bu turdagi depozitlarning ma’lum bir bankda mavjud bo‘lishiga foiz stavkasining miqdori katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu depozitlar har xil banklar tomonidan o‘rnatiladigan foiz stavkalarining ma’lum bir tebranishlari yuz bergan holda, migratsiya ta’siri ostida bo‘ladi. Shu bilan birga bank likvidliligi banklararo kreditlardan tashkil topgan tashqi manbalardan bog’liq bo‘lishi bilan ham asoslaniladi. Banklararo kreditning belgilangan miqdorda mavjud bo‘lishi bank
likvidliligiga xavf solmaydi, balki likvid aktivlarga bo‘lgan qisqa muddatli tanqislikni bartaraf etish imkonini beradi. Lekin banklararo kreditlar jalb qilingan resurslar tarkibda asosiy o‘rinni egallasa, banklararo bozordagi salbiy konyuktura bankni inqirozga uchratishi mumkin.
Aktivlarni passivlar bilan miqdori va muddati bo‘yicha mos kelishi bank likvidliligiga jiddiy ta’sir qiladi. Bank o‘z mijozi oldidagi majburiyatlarni bajarishda omonatchilar tomonidan taqdim qilingan mablag’larning muddati, shu mablag’ni invistitsiya qilish muddatiga mutanosib bo‘lishi lozimligi yuzasidan kelishib olganligini anglashi lozim. Jalb qilingan resurslar hisobiga ishlayotgan banklar tomonidan bu qoidaning inkor qilinishi kreditorlari oldidagi majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajara olmaslik holatidga olib keladi.
Tijorat banklarida likvidlilk riskini samarali boshqarish turli muddatlarda qaytadigan aktivlar va to‘lanadigan majburiyatlarning mutanosibligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda aktiv va passvlarni turli davr oraliqlariga ajratgan holda ularning qaytish muddatlari bo‘yicha tahlil qilinadi.
Tijorat banklari likvidliligini ta’minlash va uni oqilona boshqarish asosida bank aktivlari va majburiyatlar oqimini, ya’ni bank mablag’larining manbalari va bu mablag’lardan foydalanish muddatlarini muvofiqlashtirish yotadi. Tijorat bankining likvidlilik bo‘yicha menejeri ikkala oqimining o‘zgarishini oldindan ko‘ra bilib rejalashtirishi va natijada, likvid mablag’larning taklifi va ularga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan bankning sof likvid pozitsiyasiga intilishi lozim.
14.3.Tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarish usullari.
Tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalarni shu jumladan, likvidlilikni kompleks va o‘zaro bog‘liq holda boshqarish zaruriyati shunday izohlanadi. Bank aktiv va passivlarini boshqarish asosida bankning jalb qilingan va o‘z mablag‘larini samarali joylashtirish masalasi hal etiladi. Buning asosida tijorat banklari moliyaviy resurslarni investitsiyalarga, kreditlarga va boshqa aktivlarga joylashtirishi mumkin.
Aktivlar va passivlarni boshqarishning asosiy maqsadi riskning eng past darajasi sharoitida daromadlar va xarajatlar orasidagi ijobiy farqni mumkin qadar oshirish yoki uni juda bo‘lmaganda barqaror darajada saqlab turishdan iborat ekanligi ma’lum.
Likvidlilikni boshqarish o‘rganilayotganda bu kategoriya aktiv va passivlarni boshqarishning tarkibiy qismi ekanligini esda tutmoqlik kerak. Aktiv va passivlarni boshqarishdan asosiy maqsad riskning minimal darajasini ta’minlagan holda foiz tushumlarini va foiz to‘lovlari o‘rtasidagi farqni maksimallashtirish yoki xech bo‘lmasa barqaror darajada saqlashdan iboratdir. Bu maqsadga erishishning muhim sharti depozit potensialini oshishini aktiv operatsiyalari kengayishiga bog‘liqligi ustidan nazorat o‘rnatishdir. Halqaro bank amaliyotida banklarning aktiv va passivlarini boshqarishning amaliy jihatdan bir qancha metodlar ishlab chiqilgan. Jahon amaliyotida eng keng tarqalgan quyidagi ikki metod aktiv va passivlarni boshqarishda shug‘ullaniladi:
Birlashgan (yagona) manba metodi:
Taqsimlangan manbalar metodi (konvertatsiya):
Birlashgan manba metodining mazmuni uning nomidan ham anglashiladi. Bunda jalb qilingan va o‘z mablag‘lari turli aktivlarga joylashtiriladi. Birlashgan manba metodida