14-mavzu. Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta'minlash



Download 49,5 Kb.
bet1/6
Sana05.07.2022
Hajmi49,5 Kb.
#739799
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14 mavzu Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari


14-mavzu. Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta'minlash


Reja


1. Shifoxona dorixonasi, vazifalari, shtatlari.
2. Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi va jixozlanishi.
3. Bo‘limlardan dori vositalarini talabnomalar asosida berish tartibi.
4. Shifoxonada formulyar tizimini qo‘llanilishi.
5. Dori vositalaridan oqilona foydalanishda AVS va VEN tahlillarni qo‘llash.
6. Doimiy faoliyatdagi xay’at vazifalari.
7. Farmakoiqtisodiy tahlilning farmatsevtika faoliyatidagi o‘rni, farmakoiqtisodiy tahlil usullari.

1. Shifoxona dorixonasi, vazifalari, shtatlari


Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi dorixona bemorlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, bog‘lov materiallari, sanitariya va gigiena ashyolari, dezinfeksiya vositalari hamda boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Statsionar sharoitda shifoxonalarda, dispanserlarda, tug‘ruqxonalarda va boshqa davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlarning dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan ta’minlanishi turli mulk shaklidagi dorixonalar yoki shifoxonalar qoshidagi dorixonalar (shifoxona dorixonasi) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi farmatsevtika faoliyatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan litsenziyalar asosida olib boradi va litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etilmaydi. Davlat tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi bevosita shifoxona bosh shifokoriga bo‘ysunadi, ushbu muassasaning tuzilmaviy tarkibi hisoblanadi va bo‘limlari bilan bir xil teng huquqqa ega bo‘ladi. Dorixonaning ish tartibi bosh shifokor tomonidan belgilanadi.
Davolash-profilaktika muassasasining ixtisosligi, bemorlarga ajratilgan o‘rinlar soni va boshqa ko‘rsatkichlariga qarab dorixonaga etarli ishchi o‘rinlari ajratiladi. Dorixonada ish o‘rinlari soni va oylik maoshlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari hamda me’yoriy hujjatlar asosida belgilanadi.
Dorixonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— davolash profilaktika muassasasi bo‘limlarini ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi ta’minotchilardan belgilangan tartibda, shartnoma asosida sotib olingan dori vositalari, bog‘lov materiallari,bemorlar parvarishida ishlatiladigan sanitariya hamda gigiena ashyolari, dezinfeksiya vositalari hamda tibbiyot buyumlari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash;
— xarid qilingan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini o‘rnatilgan tartibda dorixonaga kirim qilish hamda fizik-kimyoviy xossasalariga qarab saqlash;
— dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud bo‘lgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning turlari hamda narxlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish va xarid qilish bo‘yicha takliflarni o‘rganish;
— davolash-profilaktika muassasasi bo‘limlaridan dori vositalari va boshqa tibbiy buyumlar uchun talabnomalar qabul qilish;
— qabul qilingan talabnomalar bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari asosida belgilangan tartibda dori turlarini tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish, yorliqlash va tegishli bo‘limlarga tarqatish;
— shifoxonaning bo‘limlari va xonalaridagi dori vositalari, bog‘lov materiallari, bemorlar parvarishida ishlatiladigan sanitariya hamda gigiena ashyolari, dezinfeksiya vositalari va boshqa tibbiy buyumlarning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari darajasida saqlanishi, ishlatilishini nazorat qilish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun rahbariyatga axborot berish;
— tibbiyot xodimlariga farmatsevtika yangiliklari, dorixonada mavjud bo‘lgan yangi dori vositalari va ularni ishlatilishi haqida axborot berish;
— davolash-profilaktika muassasasi va ehtiyojiga ko‘ra dori vositalari hamda tibbiy buyumlar zaxirasini doimiy ravishda to‘ldirib borish;
— ixtisosolashgan davolash-profilaktika muassasa dorixonalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlarida belgilangan tartibda va etarli miqdorda zardob dori vositalari hamda vaksinalar zaxirasini tashkil etish;
— davolash-profilaktika muassasasi bo‘limlariga dori vositalari ta’minotini sifatli va yuqori madaniyat bilan olib borish;
— dorixonada mavjud bo‘lgan dori vositalarini saqlashda amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlariga hamda farmatsevtik talablarga rioya qilish.

Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish