14 mavzu: Shaxsning individual xususiyatlari. (2 soat) Reja


Qobiliyat – kishining muayyan faoliyatiga bo‘lgan layoqatidir



Download 146,59 Kb.
bet7/10
Sana20.03.2022
Hajmi146,59 Kb.
#503387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза 4444444

Qobiliyat – kishining muayyan faoliyatiga bo‘lgan layoqatidir.Kishilar qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda, ijodiyotda va o‘qish faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining har xil turlariga muvofiq, nazariy va amaliy qobiliyatlarni, matematika, texnika, musiqa, adabiyot, pedagogika, xo‘jalik, tashkilotchilik va boshqa sohalarga oid qobiliyat turlari bo‘ladi.
Qobiliyatlar o‘zining sifat va miqdor darajasi bilan xarakterlanadi. Qobiliyatning sifat xarakteristikasi – shaxsning qobiliyatlari nimaga nisbatan namoyon bo‘lishini, qanday individual psixologik xususiyatlar faoliyat jarayoni muvaffaqiyatining zaruriy sharti ekanligi bilan xarakterlanadi.





Psixologiya fanida qobiliyatlarning turlari quyidagicha tavsiflanadi.
1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo‘lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi.
3. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo‘linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga bo‘lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.


Tabiiy qobiliyatlar

Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo‘ladigan tug‘ma xususiyatlari iste’dod deyiladi. Har bir kishida tug‘ma layoqat nishonalari, ya’ni miyaning oliy asab faoliyatini analizatorlarining o‘ziga xos xususiyatlari bor bo‘ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga bo‘lgan muayyan moyillik ana shunga bog‘liqdir. Demak, layoqat-qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a’zolari va harakatning morfologik hamda funksional xususiyatidir va u qobiliyatning fiziologik asosidir. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui kishining iste’dodidir.
Iste’dod inson qobiliyati taraqqiyotining eng yuksak darajasini ta’minlovchi tug‘ma tabiiy imkoniyatlar yig‘indisidir. Iste’dodning rivojlanishi shaxsning yashash sharoitiga, ijtimoiy ta’lim-tarbiyaga, uni faoliyatdagi faolligiga bog‘liqdir. Kishining «mudrab yotgan» imkoniyatlari faoliyatga kishi faollik ko‘rsatmasa u imkoniyatlarni «uyg‘onishi» mumkin emas. Buning uchun ijtimoiy shart-sharoit, qulay muhit, qulay ta’lim-tarbiyaviy sharoit, o‘qish, o‘z ustida tinmay ishlash zarur bo‘ladi. Kishining iste’dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez o‘sishiga, bilim va malakalarni qanchalik egallashiga hamda o‘z ishini qanchalik muvaffaqiyat bilan va samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz.

Download 146,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish