14 mavzu: Shaxsning individual xususiyatlari. (2 soat) Reja



Download 146,59 Kb.
bet3/10
Sana20.03.2022
Hajmi146,59 Kb.
#503387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза 4444444

Qobiliyat turlari.Shaxsning tayyor bilimga yoki ko`nikmaga ega bo`lmasdan turib, u yoki bu narsani bilib olish, bajarish jarayonida namoyon bo`ladigan tezlik sifati qobiliyat deyiladi.
Qobiliyat — kishining muayyan faoliyatga bo`lgan layoqatidir. Kishilar qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo`lib, qiziqishlar tufayli o`z ustida ishlash natijasida paydo bo`ladi va rivoj topib boraveradi. Har bir kasb kishidan mehnatda, ijodiyotda va o`qish faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi.
Odamning qobiliyatlarida tug`ma xususiyatlar ham namoyon bo`ladi. Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo`ladigan tug`ma xususiyatlari iste’dod deyiladi.
Qobiliyat va iste’dodda kishining aqli (intellekti) ham, ya’ni idrok va kuzatuvchanligining, xayol, tafakkur, nutq va xotiraning qanchalik o`sganligi ham ko`rinadi. Aql faoliyati diqqat va iroda bilan bog`liq bo`lgani uchun qobiliyat va iste’dod diqqat va irodaning qanchalik kuchli va barqarorligida ham ko`rinadi.
Ma’lum soha yoki biror ixtisos bo`yicha faoliyat samarasi jihatidan odamlarning qobiliyat darajasi har xil bo`ladi. Ba’zi odamlar o`zining yuksak darajali qobiliyatlari bilan boshqa odamlardan ajralib turadi. Bunday odamlarni talantli va genial deyiladi, ularning yuksak qobiliyatini esa geniallik va talantlilik deyiladi.
Genialyoki geniy deb biz shunday kishilarni aytamizki, ular nihoyat katta masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan, misli ko`rilmagan qimmatli narsalar yaratadilar. Bunda ular yaratgan narsalar tarixda go`yo burilish nuqtasi bo`lib xizmat qiladi, tarixni, oldinga, progressiv tomon harakatga keltiruvchi madad bo`lib xizmat qiladi. Masalan, biz A. S. Pushkinni genial shoir deb hisoblaymiz, chunki u shunday asarlar yaratdiki, uning asarlari bunyodga kelishi bilan rus adabiyotida va rus adabiy tili taraqqiyotida yangi bir davr boshlandi.
Talantli deb shunday odamlarni aytiladiki, ular ma’lum sohada murakkab nazariy va amaliy masalalarni hal qilishga, yangilik va progressiv ahamiyatga ega bo`lgan qimmatli narsalar yaratishga qodir bo`ladilar. Talantli olim, talantli yozuvchi va talantli shoir, talantli rassom, talantli konstruktor deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz. Talantli shaxslarga sezgi, iroda, tafakkur, idrok, xotira, xayol, hissiyot, iroda kabi ruhiy holatlar taraqqiy etgan bo`ladi. Bu hol shaxsni yanada aktivlashtiradi, uning talantini kengroq namoyon etadi. Talantli bo`lishning yanoga sharti shaxsning o`z ustida doimiy ravishda ishlashidir. Agar odam o`z ustida muntazam ishlashni davom ettirmasa, undagi talantlilik sifati susaya boradi va so`nadi.
Geniy har tomonlama taraqqiy etgan, avlodlar tajribasini ijodiy o`zlashtirgan, uni o`z davriga tadbiq etib, yangi bilim va tajriba bilan boyitadigan, mustaqil fikrlash asosida yaratuvchilik, ijodkorlik xususiyatiga ega bo`lgan, optimistik g`oya bilan sug`orilgan, Vatan va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan ish tutadigan ilg`or dunyoqarash egasi bo`lgan, voqealar rivoji, kelajagini oldindan ko`ra biladigan, o`ta mehnatsevar va kuchli irodali shaxslar geniy shaxslardir.

Download 146,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish