14 mavzu: Shaxsning individual xususiyatlari. (2 soat) Reja


-mavzu: Qobiliyat va uning turlari (2 s)



Download 146,59 Kb.
bet5/10
Sana20.03.2022
Hajmi146,59 Kb.
#503387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза 4444444

9-mavzu: Qobiliyat va uning turlari (2 s)
Reja.
1.Qobiliyat haqida umumiy tushuncha.
2.Talant, iqtidorlik, geniylik tushunchalari.
3.Inson hayotida psixik jarayonlarning o’rni va ahamiyati.
4.Talaba o’zlashtirishida psixik jarayonlar.


Tayanch iboralar.Qobiliyat,maxsus insoniy qobiliyatlar, tabiiy qobiliyatlar, talant, iqtidorlik, geniylik, psixik jarayonlar, iste'dod, daholik, umumiy qobiliyatlar, ilmiy qobiliyat, layoqat.


Kirish. Milliy an’analar urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarimizni hayotimizga tatbiq etilishi xalqimizning turmush sharoitini o‘zgarishiga olib keldi. Jamiyatimiz uchun bilimdon, fidokor, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash imkoniyati yaratildi. O‘zbek xalqi yuksak aql-zakovatga, dunyoni boshqarish qudrati, salohiyati, qobiliyatiga ega bo‘lgan sohibqiron Amir Temur kabi sarkardalar, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy kabi ulug‘ muhandis majtahid ulamolari, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlari bilan birgalikda Ul-Umaviy, Hofiz Sheroziy kabi musiqashunos olimlari, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ulug‘bek kabi mutafakkirlari bilan faxrlanib qolmay, ularning ishlarini davom ettirishga, fan sohasida yangiliklar yaratishga ham qodirdirlar. Shuningdek, mamlakatimizda nomlari jahon fani tarixiga kirgan olimlarimiz ko‘plab topiladi. Bizda madaniy saviyani oshirish, xalqimiz orasida ko‘plab bunyodga kelgan talant va salohiyatlarni kamol toptirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Eng qizig‘i, ijodkorda ta’til yo‘q, sayohatda ham, uyida ham, baribir, ishlayveradi, bu yo‘lni u o‘zining erkin ixtiyori bilan tanlaydi, uning tarjimai holi iste’dod va mehnatdan iborat. Uning mahorati iste’dod va mehnatning uyg‘unligidan vujudga keladi. Shuning uchun ham olmon faylasufi Kant: “Ijod – insonga lazzat bag‘ishlaydi, ishtiyoqni qo‘zg‘aydi, hayotga bo‘lgan muhabbatni tug‘diradi”, deb yozadi. Adolat va insoniylik borasidagi, tasavvuf daholarining komil inson haqidagi teran fikrlari falsafiy g‘oyalarning yorqin namunasidir. Ijod bu – chidam, ham ruhlanish, ham mehnat, ham rohatlanish, ham “ijod azoblari”, ham “ijod quvonchi”dir.
Ijodkorlik mehnat ekanligiga shak-shubha yo‘q, lekin u boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan katta farq qiladi. Ayni shu ma’noda, u davomli hodisadir. Bu jarayonda ijodkorning shaxsiy xislatlari – fazilatlari katta rol o‘ynaydi. Agar ijodkor mehnatkash, har bir kunini muayyan reja asosida tashkil qiladigan, vaqtning qadriga yetadigan, dadil, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan bo‘lsa, u o‘z ishini oxiriga yetkaza oladi. Bordiyu buning aksi bo‘lsa, ijodiy maqsadlari, nari borsa, yaxshi topilma sifatida, chiroyli reja tarzida qolib ketadi. Bu esa ijodkorning shaxsiy xislatlarining ma’naviy-axloqiy jihatlarini (ayniqsa, olimlik axloqi va mas’uliyatini) chuqurroq tadqiq etishni qanchalik dolzarbligini ko‘rsatib turibdi.
Lekin bunday holat kamdan-kam uchraydi. Chunki ijod ayni shu murakkabligi va takrorlanmasligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham N. A. Berdyaev “Mening falsafamdagi o‘ziga xoslik, eng avvalo, shundaki, men unga borliqni emas, erkinlikni asos qilib oldim”, deydi.
Har qanday mavjudotlardan farqli ravishda aynan insonga ijod qilish martabasi berilgan. Insonning o‘zi ham Yaratuvchining naqadar Ijodkorligini bildiradi. Insondagi bunday fazilat aynan ijodkorlikda yorqin namoyon bo‘ladi. Agarda borliqda barcha narsa tayyor yaratilgan bo‘lsa, unda ijod g‘oyasining o‘zi ham bo‘lmasdi
Insoniyat tarixi o‘zligini anglagan, buyuk g‘ayrioddiy insonlar, o‘ziga xos daho shaxslar – payg‘ambar va avliyolar dunyoga kelib-ketib turganining guvohi bo‘lgan. Ulardagi sirli (mistik), g‘ayrishuuriy bilimlar, ta’limotlar, mo‘jiza va karomatlarni Yaratganning O‘zi in’om qilgan. Lekin ulardan boshqa, oddiy insonlarning daholigi o‘rganilishi kerak bo‘lgan alohida muammodir. Insoniyat hayoti juda uzoq asrlar mobaynida zabardast daholarni shakllantirgan. Aniqrog‘i, sharoit ularni yetishtirgan. Iste’dod, iqtidori bo‘lmagan shaxs ijodkor, daho bo‘la olmaydi. O‘z navbatida, hamma iste’dod egalari ham daholik darajasiga erisha olmaydi. Iste’dod buyuklik, daholik tomon tashlangan birinchi qadamdir. Ba’zan irsiyat ham iste’dodni nasldan-naslga o‘tishida rol o‘ynaydi. Masalan, bu holatni Motsart, Bax, Veronezi, Karrichi, Titsian, Darvin, Eyler, Guk, Dyumada ko‘rish mumkin.
Inson o‘z ijodiy izlanishlari asosida ham dunyoni o‘zgartiradi, ham o‘zini ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi. Ya’ni inson o‘z oldiga xilma-xil muammolarni qo‘yadi va hal qiladi, ularning o‘ziga xos yechimlarini topadi. Ba’zan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullarni qo‘llaydi. Ayni shu ma’noda, ijodkor shaxs deganda, yuksak qobiliyat, hayotiy tajribaga tayanadigan teran aql-idrok, haqiqat va yaxshilik birligi, oliy haqiqat, adolat va rostgo‘ylik mushtarakligi, aqliy va axloqiy kamolotning oliy darajaga yetgan holati, qadriyatlarni qadrlash, o‘zgacha his-tuyg‘ularning hayotga singib ketishi, har qanday narsa va hodisaga yangicha nuqtai nazar, aql ko‘zi bilan qarash tushuniladi. Iste’dod egalarini shakllantirsa bo‘ladi, lekin daholikni emas. Buyuklik o‘z-o‘zini yaratadi va namoyon etadi. Buyuklar hayotdan qoniqmaslik ruhi bilan yashaydi. Ular har qanday tushkun vaziyatda ham ruhan cho‘kmaydilar. Izlanish, ijod, xayol, aqlni charxlash ularga huzur va halovat beradi. Ba’zi daholarni o‘z vaqtida anglab yetmaydilar. Uni tushunish uchun odamlar tayyor bo‘lmaydi. Shleyermaxer nazdicha: “dahoni tushunish – dahoning ijodiy faoliyatini takroran boshidan o‘tkazishdan iborat bo‘lishi kerak. Hatto dahoning o‘zi nimani, qanday qilib yozganligini oxirigacha anglay olmasligi mumkin, lekin talqinchi asarni muallifdan ko‘ra yaxshiroq tushunishi lozim. Tabiatni tushuntiramiz, insonni esa tushunamiz”.
Daholarning hamrohi xayolparastlik bo‘lgan. Misol uchun, Nyuton xayolparastligidan nima uchun tashqariga chiqqanini va qaytib kirganini bilmagan. Bu holat Viktor Gyugoda ham bo‘lgan. Eynshteyn oddiy ko‘paytirishni, Tyusherel esa o‘z ismini unutib qo‘ygan paytlari ham kuzatilgan. Daholarning fe’lidagi ba’zi o‘zgarishlar sababli omma ularni g‘alati tasavvurda eslashadi. Bu xuddi Arximedning yalang‘och holda “Evrika” deb ko‘chaga otilganiday kishilarda daholar haqida juda jo‘n tasavvurlar saqlanib qolgan. Daholarning iqtidori xilma-xil. Aytaylik, “Hayvonlar ummoni masali”ni Lafonten og‘zaki to‘qigani, Salvador Dali chizajak kartinalarini avval tushida ko‘rgani, Mendeleev ham davriy jadvalni tushida ko‘rib, keyin bunyod etgani, Agatta Kristi o‘zining detektiv asarlarini jinoiy arxivlardan qidirgan holda emas, balki oshxonada ovqat pishira turib “pishitgani” – bor haqiqat. Perseptiv xususiyatlar (g‘aroyib ma’no-mazmunga ega bo‘lgan diqqatning jamlanishi, ta’sirchanlik, ko‘ngilchanlik), intellektual xususiyatlar (intuitsiya, fantaziya, o‘ylab chiqarish, oldindan ko‘rish qobiliyati, keng dunyoqarash), xarakterli xususiyatlar – o‘jarlik, bir qolipda ishlamaslik, originallik, qunt, yuqori darajadagi o‘z-o‘zini tashkillashtirish va mehnatga layoqatlilik (Ya. A. Ponomarev) daholik xususiyatlaridandir.

Download 146,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish