14 mavzu: Shaxsning individual xususiyatlari. (2 soat) Reja



Download 146,59 Kb.
bet10/10
Sana20.03.2022
Hajmi146,59 Kb.
#503387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза 4444444

Genial yoki geniy deb, biz shunday kishilarni aytamizki, ular nihoyatda katta masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, misli ko‘rilmagan qimmatli narsalar yaratadilar. Bunda ular yaratgan narsalar tarixda go‘yo burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi, tarixni oldinga progressiv tomon harakatga keltiruvchi madad bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, biz Alisher Navoiyning genial shoir deb hisoblaymiz, chunki, u shunday asarlar yaratdiki, uning asarlari dunyoga kelishi bilan o‘zbek adabiyotida o‘zbek tili taraqqiyotida yangi bir davr boshlandi. Geniy – bu yangilik yaratuvchi va kashf qiluvchi odam, talantli odam esa, bu yangiliklarni tez o‘zlashtirib oladi va shu bilimlarni turmushda tatbiq qilib, ularni oldinga suradi. Har bir geniy talantli ham bo‘ladi, biroq har bir talantli odamni genial deb bo‘lmaydi. Genial va talantli odamlarning aql-idroki nihoyat o‘sib, voyaga yetgan, zehni o‘tkir, xotirasi kuchli, xayol va tafakkuri barkamol kishilar bo‘ladi. Ammo geniallik va talantlilik faqat aqlning kuchli sur’atda o‘sganligidagina ko‘rinib qolmaydi. Kuchli, barqaror diqqat, zo‘r ehtiros, kuchli va mustahkam iroda ham yuksak qobiliyat va iste’dod belgisidir. Hamma genial odamlarning o‘z ishiga muhabbati va ehtirosi zo‘r bo‘lgandir. Genial odam o‘zini ham unutib, butun borlig‘ini ishga bag‘ishlaydi. Butun hayotini o‘z ishiga ehtiros bilan bag‘ishlagan genial kishilarning irodasi nihoyat kuchli va sabotli bo‘ladi. Ular kishini hayratda qoldiradigan darajada mehnatsevar va mehnat qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bunday kishilar faoliyatining serunum bo‘lishi ulardagi butun bilish qobiliyatlarini, ijodiy, emotsional va iroda kuchlarini ma’lum narsaga to‘play bilish qobiliyatlariga bog‘liqdir. Talantli va genial kishilarning juda ko‘pi har tomonlama qobiliyatli bo‘lganlar. Chunonchi, Aristotel, Leonardo da Vinchi, Lomonosovlar, Abu Ali ibn Sino, M. Ulug‘bek, Al-Forobiy, Navoiy, Qori Niyoziy, Usmon Nosir va boshqalar mana shunday bo‘lganlar. Tarixda bunday kishilarni ko‘plab uchratish mumkin. Ular ulug‘ tashkilotchi va jamoat arbobi bo‘lganlar.
Ijodkor shaxs, asosan, o‘zining bilish motivatsiyasining dominantli o‘rni, tadqiqiy ijodiy faollik, sub’yektni yangilikni topishga bo‘lgan qobiliyatida va muammolarni yechishdagi o‘ziga xoslikda namoyon bo‘ladi. Masalan, original yechimlarni topish va prognozlash ehtimolligi, yuqori baholarni ta’minlaydigan estetik, axloqiy va intellektual ideallar etalonlarini yaratish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir (A. M. Matyushkin). O‘zida aqliy va motivatsion omillarni integratsiya qiluvchi intellektual faollik (D. B. Bogoyavlenskaya) ham daholikning asosiy belgisidir.
Muammoni topishdagi zukkolik, mulohazalarning uzun zanjirini yaxlitlash qobiliyati, “chetdan qarash”ga layoqatlilik, ta’sirlanishning maqsadliligi, xotiraning tayyorligi, fikrlash egiluvchanligi, baholash qobiliyati, g‘oyalarni hayotga oson tatbiq qilish, qo‘shimcha ishlanma berishga layoqat, osongina yaxlitlash, yumor hissining mavjudligi (A. N. Luk) ko‘p daholarga xos. Shu o‘rinda yuqori ijodiy qobiliyat va motivatsion-ijodiy faollikning organik birligi (V. I. Andreev)ni ham e’tirof etish lozim.
Daholarda yuksak takomillashgan xotira, g‘ayritabiiy xarakter, o‘y, maqsad shunday bilinib turadi. Masalan, tarixda Kir hamda Aleksandr Makedonskiy o‘z askarlarini nomma-nom bilgan, Seneka ikki ming so‘zdan iborat matnni bir o‘qiganda yodlab qolish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Betakror qarash, yangilikni paydo qilish buyuklarning tamoyilidir.
Download 146,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish