ijtimoiy fanlar alohida o‘rin tutadi. Bu o‘rinda ijtimoiy fanlar milliy va umuminsoniy qadryatlar ezgu va bunyodkor g‘oyalar, jahon sivilizatsiyasining ilg‘or ilmiy namunalari aks etgan bilimlarni yoshlar tarbiyasida unumli qo‘llashlari kerak. Adabiyot va san’at sohalarida ham odamlar ongiga kuchli ta’sir etgan va real voqelik tamoyiliga asoslanadigan, bunyodkor g‘oyalar zamirida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlar kabi g‘oyalarni o‘zida aks ettiradigan asarlar ham shular qatoriga kiradi.
Barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan ekan, bunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi dolzarb xarakter kasb etib, barkamol avlod tarbiyasi g‘oyasiga asoslangan bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Ayni zamonda ta’lim muassasalarining barcha bug‘inlarida olib boralayotgan dastlabki natijalarni sanab o‘tish mumkin. Quvonarlisi shuki, bugungi yoshlarda mustaqil dunyoqarash, erkin fikrlash milliy meros va qadryatlarga bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar o‘zini namoyon qilmoqda.
3. Hozirgi voqelikda milliy istiqlol g‘oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish, mafkuraviy infiltratsiya mafkuraviy diversiya, dezorientatsiya, mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlarini qo‘llash orqali xalqimizda O‘zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg‘otishga, davlat siyosatini obro‘sizlantirishga, odamlarning o‘zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bunda biror xususiy faktni umumlashtirishga (ekstropolyatsiya), yolg‘onni haqiqatga o‘xshatib tasvirlash, kichik muammodan katta yolg‘on yasash, bir narsani takrorlayverish, tuyg‘uni aqldan ustun qo‘yish, tinglovchining shaxsiy manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yib (unga do‘st bo‘lib ko‘rinish), «hasratlashish», hukumatlarni xalqlarga yomon ko‘rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg‘usini o‘yg‘otish, odamlarga tanish ma’lumotlarni ishlatib «falon joyda falon voqea bo‘ldi», deb rostga yolg‘onni ulab yuborish uslublardan mafkurviy kurashda foydalanayapti.
Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengish uchun o‘zida ogohlik, mafkuraviy xafvsizlik, to‘kislik, jangovarlik, safarbarlik, umumilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga bo‘lish kerak. Buning uchun milliy istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash uslublari, jumladan, buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini fosh etishga qaratilgan targ‘ibot, mafkuraviy monitoring va tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga yetkazish, jaholatga qarshi ma’rifat tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi.
Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor» va «ommabop» bo‘lib, ko‘rinsada, ular puxta, ilmiy-texnologik asosga qurilganini anglash qiyin emas. Chunki, ularning targ‘iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya va maqsadning shakli o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri «xalifalik davlatini tuzish» g‘oyasidir. Bu g‘oyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligini chuqur anglash zarur.
“Xalifa” so‘zining lug‘aviy ma’nosi – «o‘rinbosar», terminologik ma’nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy borligi» deb talqin qilinadi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo‘lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da’vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom nizomi» nomli kitobda bayon etilgan qonunlarga asosan boshqariladi. Vaholanki, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) dan rivoyat qilingan Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so‘ng ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podsholik bo‘ladi”. Bu mo‘tabar sahih Hadis Imom Termiziy va Abu Dovuddan rivoyat qilingan. Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning qoni to‘kilsada, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da’vat etmoqdalar.
Bu harakatlar mohiyati haqida Prezident I.Karimov “insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki buzg‘unchi kuch, hatto fanatizm (o‘ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanganligini ko‘rsatuvchi misollar ko‘p. Aynan fanatizm illatiga yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bo‘ladilar”,11 deya alohida ta’kidlaydi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi o‘rnini hisobga olib, ular diniy oqimlar O‘zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta’siri tezda Mrkaziy Osiyoning boshqa hududlariga yoyilishiga umid qiladilar. Chunki diniy al-lomalar ayni Movarounnahrdan chiqqanligi, bu o‘lka xalqi milliy xarakte-ri, ma’naviyatining shakllanishiga sezilarli hissasini qo‘shganini biladi-lar. Shu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning mafkuraviy immunite-tini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosiy tamoyillarini qoralab, davlat va xalq o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid qiladilar. Shu sababli “Hizbut-tahrir” dastlab yoshlarda soxta islomiy fikrlarga ishonishini oshirishni o‘zining asosiy vazifasi deb bildi.
Mafkuraviy tarbiya samaradorligini avvalo jamiyatni mafkuraviy tarbiyalashdan natijasi qanday bo‘lishi kerak ekanligini aniq belgilanishiga bog‘liq. Shu ma’noda, odamlarni u yoki bu maqsadga yo‘naltirish, tarbiyalash ikki tomonlama jarayon. Ilgari ta’kidlanganidek, bunda targ‘ibot-tashviqot ishlarini bir zum bo‘lsada, to‘xtatib turib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda, targ‘ibot sub’ektlari (targ‘ibotchilar, ta’lim-tarbiya tizimi, oila, mahalla, TV, radio, matbuot) va targ‘ibot ob’ektlari (shaxs, aholi) ishtirok etadi. Turg‘ibot va tashviqot ishlarining samaradorligi xalq, jamoa siyosiy ongida targ‘ibotgacha va targ‘ibotdan keyingi darajalar orasidagi farqda bilinadi. Jamoa mafkurasidagi o‘zgarishlar ilmiy yutuqlarga asoslangan holda olib borilsa, targ‘ibot va tashviqot samarasini aniqlash va takomillashtirish mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, milliy mafkuraviy immunitet har bir yigit-qiz, fuqarodagi mustaqillikning siyosiy mohiyati, Prezident I.Karimov asarlarida ko‘tarilgan siyosiy g‘oyalar, islohotlar yutuqlari va muammolari, ichki va tashqi siyosatga doir chuqur bilimlarga tayanishi lozim.
Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandimizni ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |