Bog'liq Boshlang’ich sinflarda 10,100,1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o’rgatish metodikasi.
14-mavzu: Boshlang’ich sinflarda 10,100,1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o’rgatish metodikasi. 1. Sonlarni og`zaki nomerlash. 2. Sonlarni yozma nomerlash.
tayanch iboralar: son, raqam, raqamlash, og`zaki, yozma, xona soni, ikki xonali son, birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari, o`nli tarkibi, birinchi va ikkinchi o`nlik, raqamlarni o`rin qiymati. Yuz ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda o`quvchilar yangi sanoq birligi o`nlik va o`nlik sanoq sistemasining muxim tushunchasi - xona tushunchasi bilan tanishadilar. Ikki xonali sonlarning xosil bulish prinsiplarini nomi va yozuvini, sonlarni og`zaki va yozma nomerlash uzlashtirishning asosidir. Yuz ichidagi sonlarni nomerlashni urganishda o`qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni bittalab, gruppalab sanashgna urgatish, yuz ichidagi sonlarni ukish va yozishga urgatish, bolalarga ungdan chapga xisoblaganda birliklar ( I xona birliklari), o`nliklar (II xona birliklari) kaysi uringa yozilishini aniklash, u yo bu xona birliklari yukligini kanday belgilashni kursatish, birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona kushiluvchilarning yigindisi, bir va ikki xonali sonlar kabi tushunchalar va terminlarni o`quvchilar uzlashtirib olishlariga erishishdan iborat. Nomerlashni uoganishda ikki boskich ajratiladi: 11-20 sonlarni va 21-100 gacha bulgan sonlari nomerlash. 20 gacha bulgan (11-20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21-100) katta bulgan ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga uxshash, bu sonlarni og`zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni untalab gruppalashga va sonlarni yozishda rakamlarning urin kiymatlari prinsipiga asoslanadi. Shu sababli ikkinchi o`nlik sonlarning o`nli tarkibini uzlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi yuz ichida sonlarni uzlashtirishga tayyorgarlik boskichi bulib xizmat kiladi. Nomerlashni urganishda ikkinchi o`nlikni ajratish sonlarning o`nli tarkibini va rakamlarning urin kiymati prinsipini yaxshi uzlashtirishga imkon beradi. 20 ichida sungra 100 ichida sonlar bilan tanishtirish ushbu reja asosida amalga oshiriladi. Oldin a) tayyorgarlik; b) og`zaki; v) yozma nomerlash urgatiladi. Ikkinchi o`nlik sonlarini urganishga oid ishlar, ya’ni tayyorgarlik ishi «O`nlik» mavzusini takrorlashda utkaziladi. Bunda bolalarga birinchi o`nlik, ya’ni 1-10 gacha sonlarning uzini bilish yetarli emasligini, 10 dan katta sonlarni sanay olish xam zarur ekanligini kursatiladi. Bunda predmetlarni o`nlikdan utib sanashga oid mashklar kiritiladi. Masalan: Sinfning birinchi katorida nechta o`quvchi bor. Ikkinchi katorida-chi? Sinfdagi o`quvchilarning xammasi kancha? Shuningdek narsalar gruppasini sanash buyicha mashklar (doska yonida necha juft bola bor?) kiritiladi. Xuddi shunday yul bilan chup donalarini juftlab, uchtalab, beshtalab sanash, kartonga takilgan tugmalarni xam juftlab, beshtalab, untalab sanash mumkin. Misol tarikasida ikkinchi o`nlik sonlarining nomini aytishga oid mashklardan foydalanish xam mumkin: Sanoqda 4 sonidan keyin kaysi son aytiladi? 40 sonidan keyinchi? 7 sonidan oldin kaysi son aytiladi? 17 sonidan oldin-chi? 20 ga 1-ni kushsak kanday son xosil buladi? Bunday maщkalar o`quvchilarni birinchi o`nlik sonlaridan tashkari xam sonlar mavjud ekanligiga, ular kupligiga, ularni belgilash, atash xosil bulish katorda kelish tartibida bolalarga tanish bulgan sonlar orasida ma’lum uxshashlik borligiga ishontiradi. Masalan: I sinf 94, 95 betdagi rasmlar. Ikkinchi o`nlik sonlarini og`zaki nomerlashni urganish bolalarda un xakida tushunchani shakllantirishdan boshalnadi. Bolalar chuplarni 10 tadan kilib boglab unta bir unni xosil kilishni kuradilar. (94 bet, 1-rasm). Sungra untalik chuplarni sanash mashklarini chuplardan foydalanib, unlarni kushish va ayirishni bajarib bolalar unlarni xam birlar kabi kushish va ayirish mumkin ekanligiga ishonch xosil kiladilar (94 bet, 3-rasm). Sungra 11 dan 20 gacha sonlarning unlar va birlardan xosil bulish, ularni nomi urgatiladi.