chiqishi to‗g‗risida batafsil ma‘lumot beradi. Uning ma‘lumotiga ko‗ra, skiflar Qora dengiz
bo‗yiga Osiyodan kelganlar va bu yerda yashagan kimmeriy qabilalarini siqib chiqarganlar. Yana
bir taniqli antik muallif sitsiliyalik Diodor Gerodotning fikrini yanada aniqlashtiradi. Diodor
skiflar qachonlardir Araks (Amudaryo) qirg‗og‗ida yashaydigan zaif xalq bo‗lib, keyinchalik
kuchayib ketib, Kavkaz oldi va Qora dengizning shimoliy sohilini egallaganlari to‗g‗risida
ma‘lumot beradi.
Antik mualliflar asarlarida keltirilgan ma‘lumotlar orqali sak-skif siyosiy tarixi to‗g‗risida
tushuncha hosil qilish mumkin. Ularning ma‘lumotlari sak-skif mifologiyasi asosida keltirildi.
Gerodot malika To‗marisning Kayxusravga qarshi ozodlik urushini, Polien saklarining
Ahmoniylarga qarshi kurashini sak afsona-hikoyalari asosida quradi. Gerodot Doro I ning skiflar
ustiga yurishining batafsil tasvirini skif hikoyalari asosida tuzgan. Bundan tashqari, sak-
skiflarning O‗rta Osiyo, Oltoy, Sibir, Kavkazorti, Dnepr, Qora dengizbo‗yi cho‗l-dashtlaridagi
qo‗rg‗on qabrlaridan topilgan boy arxeologik topilmalar sak-skiflarda davlat tashkiloti
shakllanganidan dalolat beradi. Qo‗rg‗on qabrlardagi qimmatbaho qurol-aslahalar, noyob toshlar,
oltin, kumush bilan ziynatlangan xanjar-qilichlar, kamon sadoqlari, gilam qoldiqlari sinfiy
jamiyat, davlat tashkiloti shakllanganidan guvohlik beradi. Doro I ning Behustun yozuvlarida sak
hukmdori Skunxani tor-mor qilgani (mil.avv. 519-yil), uning o‗rniga boshqa podsho tayinlaganini
yozib qoldirgan.
Arxeologik qazishmalar natijasida to‗plangan ma‘lumotlar antik mualliflarning matnlarini
tanqidiy o‗rganishga yordam beradi. Hozirgi kunda Osiyo va Yevropaning cho‗l-dasht hudud-
laridan juda katta miqdorda to‗plangan boy madaniy topilmalar sak-skif madaniyatini yaxlit
tasavvur qilishga yordam beradi. Sak-skif tili to‗g‗risida ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shaxsiy ismlar,
joylar, hududlar, daryolarning nomlari boshqa tilda yozilgan matnlarda saqlanib qolgan. Bu ism va
nomlar bilan sak-skif tilini olimlar aniqlashga harakat qiladilar. Hozirgi kunda skif tili hind-
yevropa tillari oilasiga mansubligi e‘tirof etiladi. Osiyo va Yevropaning bepoyon hududlarida
yashagan ko‗chmanchi qabila-elatlarning tillari asosida keyingi davrda turkiy til shakllangan.
Toponomika ma‘lumotlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. Etnik va til jihatidan sak-skiflar bir-biriga
qarindosh bo‗lgan Osiyo, Sharqiy Yevropa cho‗l-dashtlarida yashagan ko‗chmanchi qabila-elat va
xalqlarning ulkan konglomerati edi. Ularning urf-odat, an‘ana, marosimlari mazmunan bir xil,
shaklan esa turli ko‗rinishda bo‗lgan. Ularning shaklan har xil bo‗lishiga sabab, iqlim, atrof-muhit,
joylashgan joyi ta‘siri natijasi edi. Ular bir tilda, lekin turli shevalarda so‗zlashganlar. Buning
dalili Osiyo, Yevropa cho‗l-dashtlarida yashagan etnoslarning ismlari, geografik nomlarning har
xilligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: