buyumlari bilan birga ulkan qabr – qo‗rg‗onda dafn qilingan. Sak-skiflar qaynoq, keskin va yorqin
hayot kechirdilar. Doimiy
xavfli tahdidlar bilan kurash, doimo bepoyon kengliklarda o‗zini
himoya qilish moddiy va ma‘naviy madaniyatga ham ta‘sir qildi. Sak-skiflar o‗troq dehqon
qo‗shnilari bilan o‗zlariga zarur bo‗lgan don, meva, poliz mahsulotlari, gazlama, uy-ro‗zg‗or
buyumlarini ayirboshlar edilar.
Qurol-yarog‗ har bir kishi uchun hayotiy zarurat edi. Sakning o‗ng biqiniga taqiladigan
yog‗och qinda kalta qilich (aqinak) bo‗lib, uning qini tilla qoplamasi hayvonlarning o‗yib
tushirilgan tasviri bilan bezatilgan edi. Qilichning sopiga ba‘zida tilla, kumush qoplangan. Uzun
nayzalarning uchlari temirdan bo‗lib, uzoqqa otadigan qurol – o‗q-yoy edi. Kamon o‗qining uchi
suyak, jez va temirdan yasalgan. Sak kamoni yengil bo‗lib, uncha katta bo‗lmagan. Bunday
kamondan otdan turib nishonga olib otish qulay edi. Kamon belda,
chap tomondagi kamarga
taqiladigan sadoqda saqlangan. Kamon o‗qi ham shu sadoqda saqlanar edi. Sadoq jang
manzarasi,
hayvonlarning nafis tasvirlari tushirilgan tilla, kumush qoplama bilan bezatilgan. Uzunligi 2 metr
bo‗lgan yaproqsimon yoki tor yaproqli temir uchli nayza keng tarqalgan. Kalta uchli, kalta
nayzalar bo‗lgan. Kalta, temir dastali qilich sopi tilla, kumush bilan bezatilgan. Qilichning sopi
trapetsiya, uchburchak shaklida bo‗lib, hayvon tasviri bo‗lgan. Qilichning qini ham sadoq kabi
jang manzarasi, hayvon tasvirlari bilan bezalgan. Sak-skif temir pichog‗i bukri yelkali bo‗lib,
odatda, sopi suyakdan yasalgan. Ot sak uchun minish, urushda jangovar yo‗ldosh, doimo yonidagi
oziq-ovqat manbayi. Ot sakning doimiy hamrohi bo‗lgan. Sak oti uncha katta bo‗lmagan, qaynoq
va o‗ynoqi, chidamli edi. Ot anjomlari temir yoki jez jilov, egardan iborat bo‗lgan. Otning
ko‗kragi qo‗ng‗iroqchalar bilan bezatilgan. Yumshoq egarlarning asosi yog‗ochdan ishlanib, oltin
yoki kumush, yapaloq boshli mixlar bilan bezatilgan.
Sak-skiflar daryo vodiylari havzasida chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‗ullanganlar.
Arxeologik qazishmalar natijasida ko‗plab o‗troq manzilgohlar topilgan. Sak-skiflar chorvachilik
va dehqonchilikdan tashqari, ovchilik bilan ham shug‗ullanganlar. Cho‗l-dashtlardagi parranda-
qushlar, hayvonlar asosiy ov o‗ljalari bo‗lgan.
Har bir sak bolasi ovchi, cho‗pon,
jangchi qilib tarbiyalangan, xavf-xatarga to‗la hayot,
urug‗-qabilalar o‗rtasida sero‗t yaylovlar uchun kurash, tabiat ofatlari bilan qurg‗oqchilik,
qahraton qish, ov o‗ljalari bo‗lgan hayvonlarning qirilib ketishi urug‗-qabila turmush tarzini
belgiladi. Har qanday vaziyatga tayyor turish, sabr-toqat va chidam, og‗ir holatlarda ham urug‗-
qabilani, o‗z hayotini saqlab qolish, tirik qolish zaruriy ehtiyoj bo‗ldi. Sak-skiflar harbiy san‘atni
mukammal darajada shakllantiradilar. Ularning kamon, qilich, nayza, temir, jez,
charm sovutlari
nihoyatda pishiq va nozik did bilan yasalgan. Saklarning otliq qo‗shinlari jangda yengilmas,
tutqich bermaydigan harakatchan edi. Sak otliqlari ulkan Ahmoniylar imperiyasining yaxshi
qurollangan qo‗shinlarini yanchib tashlagan edi. Saklarning harbiy san‘atiga tan bergan
Ahmoniylar ularni harbiy xizmatidan foydalanadilar. Sak-skiflar urug‗-qabilaning har bir a‘zosi
bo‗lgan erkak-ayol jang san‘atini bilishi lozim deb hisoblaganlar. Har bir sak bolasi 5 yoshidan
kamondan o‗q otishni o‗rganib, qushlarni ov qilib, o‗ziga ovqat topishi shart edi. Otda yurish, otda
jang qilish san‘atiga bolalikdan o‗rgatilgan. Har bir sak bolaligidan chavandozlikni o‗rganar,
balog‗at yoshiga yetguncha otda jang qilish san‘atini puxta egallar edi. Kuch sinash bellashuvlari
muntazam o‗tkazilgan. Kamondan uzoq masofaga bexato nishonga urish, yugurib ketayotgan otda
kamondan otish ko‗nikmasi bolaga yoshligidan singdirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: