taqozo etardi. Dunyodagi birinchi ilohiy haqiqat dini bo‘lgan zardushtiylik ana shunday g‘oya
bilan chiqadi.
Zardushtiylik vatani haqidagi masala mana 250 yildirki avestolog olimlarga tinchlik
bermaydi. Ko‘plab nuqtai nazarlar ifoda etildi, biroq XX asrning oxirgi o‘n yilligigacha bu
muammo bo‘yicha yagona fikr bayon etilmadi. Xususan, ayrim olimlar Avesta matnlarida
qadimiy Baqtriya tilini ko‘rishni istashdi. Bunday nuqtai nazar Baqtriya
podshosi Vishtasp va
uning mulozimlari birinchilar qatorida Zardushtiylikni qabul qilganliklari haqidagi afsona bilan
bog‘liq. Biroq XX asr o‘rtalarida topilgan qadimiy Baqtriya matnlari (Afg‘onistondagi Surx-
Kotal yozuvlari) Avesta tilidan boshqacharoq bo‘lib chiqdi. Binobarin, zardushtiylikning vatani
Baqtriya degan fikr tasdiqlanmadi.
Zardushtiylik adabiyotlarida («Denkard»,
«Zatspram», «Bundaxishn» va h.k.)
izohlanuvchi zardushtiylik an‘analariga ko‘ra, payg‘ambar vatani – Ozarbayjondir. Biroq bunda
bu nuqtai nazarga zid keluvchi ayrim hollarni hisobga olish darkor. Birinchidan, Zardusht shu
manbalarga ko‘ra olimlar Amudaryog‘a qiyoslayotgan muqaddas daryo Ardvi sohilida tug‘ilgan.
Bunda Ardvi-Sura Anaxita xudosi aynan Amudaryo homiysidir. Ikkinchidan, Zardusht Ardvi
daryosi bilan bog‘liq bo‘lgan Spitama urug‘idan. O‘rta asrdagi urug‘ nomlarini nasldan naslga
berish Zardusht urug‘i
Spitamaning fonetik o‘zgartirilgan va unutilgan Safed Tuman variantidir.
Xuddi shunday Spitama (Safed Tuman) Zardushtning otasi
degan fikrga jiddiy qarab
bo‘lmaydi, chunki Zardusht otasining ismi Purushaspa bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining
«O‘tgan avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozganida, chamasi, zardushtiylik Sosoniylar
davrining davlat dini sifatida shakllangan va O‘rta asr eron munosabatlari aks ettirilgan va o‘zi
yashagan davrga yaqin bo‘lgan manbalarga tayangan. Bunday holat Eron yoki Ozarbayjonni
zardushtiylik vatani qilib ko‘rsatishni taqozo etardi. Avesta matnlarini tadqiq etish, bu kitobdagi
biografik ma‘lumotlarni tahlil qilish, so‘nggi o‘n yil ichida zardushtiylik vatani O‘rta Osiyo,
xususan, Amudaryoning quyi oqimi, deyishga asos beradi. Hozirda ko‘pchilik olimlar shu nuqtai
nazarni qabul etishdi. Ushbu masala bo‘yicha ayrim dalil va fikrlarni keltiramiz. «Zardushtiylik
an‘analari Zardushtni Aryanam Vayedju (O‘rta asr Eronveji) – Xorazmdan chiqaradi. Dinning
yangi g‘oyalarini targ‘ib etishning noqulay sharoiti tufayli Zardusht Aryanam Vayedjdan
ketishga majbur bo‘ladi. U So‘g‘d, Margianani kesib o‘tib, Baqtriya poytaxti Baxdiga yetib
keladi. U davrda Baqtriyada hukmronlik qilayotgan Vishtaspa birinchi bo‘lib Zardusht dinini –
Mazdaiylikni qabul qiladi. Binobarin, zardushtiylik boshidanoq Baqtriyaga O‘rta Osiyodan
keltirilgan.
Eron hududlarida va unga tobe‘ bo‘lgan hududlarda, xususan Ozarbayjon va Midiyada
zardushtiylik Zaratushtra vafotidan so‘ng keng tarqaldi. Ahamyenidning dastlabki shohlari Kir,
Doriy va Artakserksga kelsak, ular Bexistun, Shakshi Rustam qoyalaridagi yozmalarida o‘zlarini
Axur Mazdi tomonidan yuborilganliklarini bayon etib, payg‘ambar Zardusht nomini tilga
olmaydilar. Bu vaqtda O‘rta Osiyoda allaqachon payg‘ambar
nomi Axur Mazdi xudosining
payg‘ambari sifatida ehtirom ila tilga olinardi. Avestada keltirilgan geografik ma‘lumotlar ham
zardushtiylikning vatani O‘rta Osiyo ekanligidan yaqqol dalolat berib turibdi. Masalan, Avestada
keltirilgan 16 mamlakatning ko‘pchiligi O‘rta Osiyo hududiga to‘g‘ri keladi. Bu Eronvej,
so‘g‘diylar yashaydigan Gava, Vatigasya, Xvarazm, Xukarya (Nurota tog‘ tizmalaridagi
cho‘qqi
)
Ardvi-Amu daryosi, Rangxa - Sirdaryo, Varukasha ko‘li -Orol dengizi va h.k.
1. Sak-skif sivilizatsiyasini o‗rganish manbalari.
2. Asosiy siyosiy voqealar.
3. Ijtimoiy hayot.
4. Sak-skif madaniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: