Shunday qilib, Ahmoniylar imperiyasiga tobe bo‘lgan 23 satrablikdan (mamlakatlardan)
o‘lpon olib kelgan kishilar surati tasvirlangan. Ya‘ni Baqtriyaliklar turli idishlar, teri, mo‘yna va
tuya, sug‘diyaliklar turli gazlamalar, teri va qo‘ylar, saklar ot va chakmon, parfiyaliklar idishlar
va tuya, Xorazmlar ot va qurol-aslaha bilan kengliklari tasvirlanadi.
Perseopldan 6 milya (qariyb 5 km.) masofada, uning shimol tarafida Husaynko‘h
qoyalarida Ahamoniylaridan Doro I, Kserks I, Artakserks, hamda Doro III larning maqbaralari
hamda ularga kiraverishda o‘yib yozilgan yozuvlar bor. Shuningdek, Doro I ning 19 marta
qilgan
urushlari va u asirga olgan 9 podshoning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada
Ahamoniylar imperiyasiga tobe bo‘lgan 23 satrallik va xalqlarning to‘la ro‘yxati yozilgan. Bular
orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, sug‘diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor.
Yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri mashhur Bexustun yozuvlaridir. Bu
yozuvlar (uzunligi 22 m., umumiy balandligi 7-8 m.) Shimoliy Eronda, Kirmonshohdan 30 km
masofada, daryo bo‘ylab o‘tgan qadimgi yo‘l yoqasida Zagros nomli tik qoyaga (taxminan 105
m balandlikda) Doro I ning amri bilan yozdirilgan g‘alaba yodgoligidir. Yozuv Elam, bobil va
qadimgi Eron tillarida bitilgan va 523-522 yillari Ahmoniylar imperiyasini larzaga keltirgan
Gaumata (522 y. 24 sentyabrda halok bo‘lgan), Frada (Marg‘iyonalik 522 y. 10 dekabrda asirga
olingan), Skunka (Qozog‘iston va O‘zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining
yetakchisi) boshliq xalq harakatlari haqida hikoya qiladi.
Forslarning saka – tigraxudalar ustiga yurishi haqida tarixchi Polien tomnidan (mil.av. II
asr) keltirilgan boshqa rivoyat ham mavjud. U quyidagicha talqin etiladi:
Forslar qo‘shiniga sak qabilalaridan cho‘pon Shiroq keladi. U ko‘p joylaridan yaralangan,
quloq – burni kesilgan edi. Shiroq o‘z qabiladoshlarining uni o‘ldirmoqchi bo‘lganligini, buning
uchun ulardan o‘ch olish qasdida ekanligini bildirib, forslarni hech kim bilmaydigan yo‘l bilan
saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. «Qo‘shinlar Shiroq bilan yetti kunlik yo‘lga
tushdilar. Suvsiz qum sahrosi va bepoyonga kirib bordilar. Mingboshi Ranosbat quloqsiz
(yo‘lboshchidan) so‘radi: «Buyuk qa‘riga boshlab borishga seni nima majbur etdi? Bu yerlarda
qush
uchsa qanoti, odam yursa oyog‘i kuyadi. Na bir chashma, na bir jonzod uchraydi. Ilgari
yurmoq yoki ortga qaytmoqning iloji yo‘q».
Shiroq qah-qah urib kulib, javob berdi: «Men yengdim. Saklarni halokatdan qutqazmoq
uchun sizlarni tashnalik va ochlik balosiga giriftor qildim».
Do'stlaringiz bilan baham: