14-AMALIY MASHG'ULOT.AVTOMATIK INDETIFIKATSIYALASH.
SHTRIХLI KОDLАSH. MАHSULОTLАRNI SHTRIХLI KОDLАSH TIZIMI.
Standartlashtirish ob‟ektlarini tizimlashtirish standartlashtirishning muayyan ob‟ektlari
majmuiyni ilmiy ketma-ketlik bilan tasniflash (sinflash) va mayyan tartiblashtirishdan iborat.
Ixtiyoriy ob‟ektni tizimlashtirish
foydalanish uchun qulay, aniqlangan tizimni
shakllantirish va ularni ketma-ketlikda joylashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Tizimlashtirishning eng oddiy tizimi turli lug‟at va ma‟lumotlardan foydaniladigan alifbo
bo‟lib hisoblanadi. Standartlashtirish ob‟ektlarini tarib raqamlashtirish
yoki ularni voqealar
ketma-ketligiga asoslangan holda joylashtirishda qo‟llaniladi. Masalan, ГОСТ, O„z DSt
standartlarini o‟sib borish tartibi bo‟yicha raqamlashtirish va undan so‟ng qabul qilingan yili
ko‟rsatiladi.
Kompyuter texnologiyalari asrida yagona tamoyillarni
ishlab chiqish va usullarni
tizimlashtirishda
axborot
moslashuvchanligini
ta‟minlash
maqsadida
sinflashtirish,
identifikatsiyalash va kodlashtirish dolzarb ahamiyatga ega. Turli xillikni tizimlashtirishning
asosi sinflashtirish (tasniflashtirish) bo‟lib hisoblanadi.
Tasniflashtirish (sinflashtirish)
– ob‟ektlar to‟plamini qabul
qilingan usulga muvofiq
aniqlangan alomatlar asosida farqlash yoki ularni kelib chiqishi bo‟yicha tasnifiy guruhlash
(taksonlar)ga ajratishdir.
Alomatlar
– ob‟ekt shaklini boshqalaridan farqlovchi ob‟ektning o‟ziga xos xossasidir.
Ob‟ektlarni tasniflashtirishda ularni umumiy alomatlariga bog‟liq bo‟lgan sinf,
sinf osti, turi,
razrayadlar guruhi va boshqa ko‟rsatkichlari bo‟yicha joylashtirish hamda bir-biriga bo‟ysungan
ob‟ektlar tizimi yaratiladi.
Umumiy tasniflash o‟zida ixtiyoriy ob‟ektlar ketma-ketligi usulini namoyon etib va uni
qo‟llash universaldir, shuning uchun bu usul aniqlashtirishni talab etadi. Faqat “tasniflashtirish
(tasniflashgan)” tushunchasining 900 dan ortiq ta‟rifi ma‟lumdir. Ulardan eng ko‟p tarqalgani va
sinflash ma‟nosi to‟g‟risida etarlicha aniq tushunchani beruvchi quyidagilar hisoblanadi:
ob‟ektlar tasnifi yoki bu tushunchalarning o‟zaro bog‟liqligini o‟rnatish vositasi sifatida
foydalaniladigan, inson faoliyati yoki bilimlar sohasida u yoki bu ketma-ket bog‟langan
tushunchalar (ob‟ektlar tasnifi) tizimi.
Tasniflashtirish va kodlashtirish fikrlash jarayoni faolligi bilan bevosita bog‟liqdir,
ayniqsa uning asosiy qismi bo‟lmish, bu ma‟lumotni o‟zlashtirishga javob beradi.
Shu jihati bilan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bo‟yicha
bajaruvchining
ishlarini optimallashtirishga bog‟liqdir. Zamonaviy ishlab chiqarish tizimlarida ma‟lumotlarni
hiddan ziyod hajmda bo‟lishini hisobga olib, uni aniq ishlashi uchun
amaldagi vaqt rejimida
ulardaga ma‟lumotlarni ko‟lab-quvvatlash lozimdir. Bundan ma‟lumotlarni sifatli sinflashda
kompyuter texnologiyalarini qo‟llash bilan ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarishning
optimallashtirish hamda shu tartibda vaqtni qisqartirgan holda ma‟lumotlar qayta ishlanadi.
Tasniflashtirish (sinflashtirish) usullari to‟plam va to‟plam ostilariga bo‟lish usuli bilan
aloqadorligi darajasi muhim ahamiyatga ega. Ob‟ektlarni tasniflashning ikkita asosiy:
ierarxik va
fasetli usuli mavjud.