13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis


Atsetilen qatori uglevodorodlari



Download 264,73 Kb.
bet8/76
Sana22.06.2023
Hajmi264,73 Kb.
#952904
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
Bog'liq
13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis

24 .Atsetilen qatori uglevodorodlari
.Asetilen qatori to’yinmagan uglevodorodlar xalqaro nomenklatura bo’yicha alkinlar deyiladi. Molekulasi tarkibida uchbog’ tutgan uglevodorodlar asetilen qatoridagi to’yinmagan uglevodorodlar deyiladi. Alkinlar – molekulasida bitta uchbog’ tutgan to’yinmagan uglevodorodlardir.Alkinlarning : Umumiy formulasi CnH2n-2, bu yerda n ≥2. Molyar massalari M = 14n-2 Nomlanishlarda harakterli qo’shimcha “in” Alkenlar molekulalarini tuzilishdagi o’ziga xoslik :Bitta σ va ikkita π – bog’lardan iborat bitta uchbog’ bo’ladi.π – bog’lar σ tekisligiga o’zaro perpendikulyar.Uchbog’larning uzunligi 0,121 nm ga teng.Uchbog’ bilan bog’langan uglerod atomlari sp – gibridlanish holatida bo’ladi. Qolgan uglerod atomlari sp3 – gibridlanish holatida bo’ladi.sp - gibridlangan uglerod atomlari uchun valent burchagi 180o

26. Suv va uning xossalari xaqida ma’lumot.
Suv, vodorod oksid, H2O — vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. Suv rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada S. bugʻ, tuman, budut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10% ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferayaa gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ S. bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) S. bor. Barcha tirik organizmlardagi S. Yer yuzidagi daryolar S.ining yarmiga teng . Yerdagi hamma S. bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi S. bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang Suv aylanshii).Tabiiy sharoitda S. tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori S.ning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. S.dagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa — chuchuk, 25 g/kg gachasi — tu zli, undan yuqorisi — shur S. deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean S.ining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq, chuchuk S.da N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. S.ning mineralligi oshgan sari S O , S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.Tabiiy S.da erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. S.da organik moddalar konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.Vodorodning 2 ta barkaror izotopi (ʻH va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha S.da tarkibida vodorodning izotopi — tritiy (3H) boʻlgan 13 – 20 kg "oʻta ogʻir" S. bor (qarang Ogʻir suv).S. keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai xisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, S. hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga S. sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. XVIII asrning oxirigacha S.ni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82 yillarda ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni bilan portlatib sintez qilgan. 1783-yilda francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, S.ning vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772-yil francuz fizigi Delyuk S.ning maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi. S.ning muhim fizikkimyoviy xossalari 1jadvalda berilgan.S. — universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi erishsh. S. elektrolit boʻlganligidan koʻpgina kislota, asos va tuzlarni eritadi. S.ning oʻzi ham yaxshi eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300° temperaturagacha juda sekin boradi. 550° da portlash yuz beradi.S. — nihoyatda barqaror birikma. S. molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da S.ning termik parchalanishi 1,8%ga, 3092°da 13%ga, 5000°da 100% ga yetadi. S. ultrabinafsha nurlar (fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. S. radioaktiv parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil boʻladi. S. birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi.


Download 264,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish