13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis


Elektrolitik dissotsiyalanish



Download 264,73 Kb.
bet11/76
Sana22.06.2023
Hajmi264,73 Kb.
#952904
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
Bog'liq
13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis

29. Elektrolitik dissotsiyalanish .
Dissotsiatsiya, dissotsiatsiya lanish (lot. dissociatio— ajralish, parchalanish) — modda molekulalari radikallari yoki ionlarining qaytar holda parchalanishi. D. termik, elektrolitik va fotokimyoviy turlarga ajratiladi. Termik D. — moddaning issiqlik taʼsirida parchalanishi. Mas, ammoniy gidrosulfid NH4HS qizdirilganda ammiak va vodorod sul-fidga parchalanadi. Neft krekingi, sanoatda koʻp moddalarni olish (mas, kalsiy karbonatdan ohak olish) usullari termik D.ga asoslangan. Elektrolitik D. —elektrolitlar suvda eritilganda ulardagi molekulalarning musbat va manfiy zaryadli ionlarga parchalanishi. Erituvchi, jumladan suvning qutbli molekulalari elektrolit molekulalariga taʼsir etib, ularning parchalanishiga sabab boʻladi. Elektrolitik D.da hosil boʻlgan ionlar va erituvchi molekulalari bir-biriga taʼsir etadi; ionlar suv bilan birikib, gidratlar hosil qiladi (mas, N,0 — gidroksoniy). Dissotsiatsialangan molekulalar sonining eritilgan modda molekulalari umumiy soniga nisbati elektrolitik D. darajasi deb ataladi, bu esa eritilgan modda (elektrolit)ning tabiatiga, shuningdek, eritma konsentratsiyasiga bogʻliq (eritma suyultirilgan sayin elektrolitik D. darajasi oshadi). Elektrolitik D. darajasi 1 ga teng boʻlganda kimyoviy muvozanat karor topali. Elektrolitik D. darajasiga qarab, elektrolitlar kuchli (batamom disso-siatsiyalanadigan) va kuchsiz (qisman dissotsiatsiyalanadigan) elektrolitlarga boʻlinadi, ammo bu shartli tu-shuncha, chunki bir elektrolitning oʻzi bir sharoitda kuchli, boshqa sharoitda esa kuchsiz boʻlishi mumkin (mas, vodorod xlorid suvda kuchli elektrolit, boshqa baʼzi erituvchilarda esa kuchsiz elektrolit xossalarini namoyon qiladi). Yoruglik nuri taʼsirida fotokimyoviy D. sodir boʻladi. Kuchli elektrolit eritmalar spektrlarini o’rganish eritmada dissotsilanmagan molekulalar yo’qligini tasdiklaydi. Kristallarni rentgenografik urganish (masalan KCl ni), ular ionli kristall panjaraga ega ekanligini kursatadi. Kristall modda eritilganda kristall panjara yemiriladi va ionlar eritmaga utadi. Lekin elektr o'tkazuvchanlikni o'lchash kuchli elektrolit eritmalarida to’liq dissotsilanish mavjudligini tasdiqlamadi, chunki eritmalarning elektr o'tkazuvchanligi fakat elektrolitning dissotsilanish darajasiga boglik bulmay, ionlarning xarakat tezligiga xam bog'liqdir. Kuchli elektrolit eritmalarida ionlar soni juda ko'p va ular bir-biri bilan shunday yaqin masofada joylashganki, ular orasida elektrostatik tortishish va itarilish kuchlari vujudga keladi.
Buning natijasida xar qaysi ion uz atrofida karama-karshi zaryadli ionlardan iborat "ion atmosferani" xosil kiladi va u eritmada ionlar xarakatiga tuskinlik qiladi. Bu esa elektr o'tkazuvchanlikni kamaytiradi. Shuning uchun elektrolitning elektr o'tkazuvchanligini o'lchab topilgan dissotsilanish darajasi birdan kichik bo'lib, uni effektiv yoki ko’rinma dissotsilanish darajasi deyiladi.
Effektiv dissotsilanish darajasining qiymati, ionlar orasida o’zaro ta'sir kuchi bo’lgani uchun, go’yo elektrolit elektr tokini xuddi hamma ionlarga dissotsilangandek o’tkazishini ("ion juftlari" ) ko’rsatadi. Ionlar orasidagi kuchlar eritmaning osmotic bosimiga, muzlash va qaynash temperaturasiga, ionlarning kimyoviy reaksiyaga kirishish qobilyatiga va boshqa xossalarga xam ta'sir qiladi.Kuchsiz elektrolit xossasini xarakterlovchi konunlarning matematik ifodasini kuchli elektrolitlarga kullash uchun ionlar "aktivligini" yoki "aktiv konsentrasiyasini" aniklash kerak. Ionning aktivligi deb, eritmaning ma'lum xossalariga javob beradigan ionning effektiv konsentrasiyasi tushuniladi. Ionning aktivligi -aion ionning konsentrasiyasi Cion ga tog’ri proporsional.



Download 264,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish