13-mavzu. Shaxs kasbiy faoliyatida individual tipologik xususiyatlar. Temperament va kasbni egallash masalalari Reja



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/39
Sana20.06.2023
Hajmi0,93 Mb.
#952529
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
13-мавзу

Uyg‘unlashgan yaxlit tip
– munosabatlarning barqarorligi va, shu bilan birga, 
atrof-muhitga yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi harakterli 
odamda ichki nizolar bo‘lmaydi, uning tilaklari bajarayotgan ishi bilan mos tushadi. Bu 
muloqotchan, irodali, e‘tiqodli odam. 
2. 
Ichki nizoli
, lekin 
tashqaridan muhit bilan uyg‘unlashgan tip
– ichki intilishlar 
va, muhit talablariga mos ravishda katta zo‘riqish bilan amalga oshiriladigan, tashqi hulq-
atvor o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi harakterli odam 
ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin ular doimo iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. 
Munosabatlari tizimi barqaror, lekin kommunikativ xossalari etarlicha rivojlanmagan. Bu 
har kungi kurashdan voz kechgan oqil kuzatuvchi tipidir. 
3
. Moslashganligi kuchsiz nizoli tip
– emotsional va ijtimoiy vazifalar, impulsivlik, 
salbiy xissiyotlarning ustunligi, kommunikativ xossalarning rivojlanmaganligi, o‘zini 
anglashning etarlicha tarkib topmaganligi o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan ajralib turadi. 
Bunday tipdagi harakterli odamlarning hayotidagi voqealar soddalashtirilgan chizma 
bo‘yicha sodir bo‘ladi: o‘zgaruvchan extiyojlari ularning shaxsiy fikrlari bo‘yicha 
qiyinchiliklarsiz darhol qondirilishi kerak. Bunday odamlar hayotiy faoliyatning asosiy 
mexanizmi – zavqlanish (gedonizm). Bunday tipdagi odamlar barcha og‘ir vaziyatlarni 
keskin kelishmovchilik sifatida idrok qiladilar va anglanmagan psixologik soxta himoya 
– voqealikni buzib aks ettirilishi (injiqliklar, qaysarlik, mevasiz orzular va shirin 
xayyollar olamiga g‘arq bo‘lish) ga murojaat qiladilar.
4. 
Harakterning variativ tipi
– muhitga tashqi baqaror nuqtai nazar orqali 
moslashadigan; shaxs rivojlanishining quyi darajasi, xulq-atvor barqaror umumiy 
usulining mavjud emasligi xaqida dalolat beradi. Bunday tipdagi odamlar ichki olamining 
soddaligi bilan farqlanadi; ularning yashash uchun kurashi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha amalga 
oshiriladi, ular shubhalanish va ikkilanishlarni namoyon qilmaydilar, alohida ichki 
chegaralarga ega emas, ularga to‘siqlarning faqat tashqi turi ma‘lum. Ichki olamni tashqi 
sharoitlarga moslashtirish, to‘g‘rilash, monandlash – bunday odamlar moslashishining 
umumiy usullari shulardan iborat.[2] 


Harakterlar tipologiyasining asosini shaxsning etakchi yo‘nalganligi ham tashkil 
etishi mumkin. Mashxur nemis faylasufi va psixologi Eduard SHpranger shaxsning 
etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha quyidagi tiplarni keltiradi: 
1.
 Ilmiy odam
. Faqat yagona ehtiros – tushuntirishga, aloqalarni o‘rnatishga, nazariy 
bilimlarni ishlab chiqishga olib boruvchi ehtirosga egadir. Uning kechinmalari voqeiy 
hayotdan uzilgan bo‘lib, bilish imkoniyatining mavjud emasligidan tushkunlikka 
tushishi, nazariy kashfiyotdan zavqlanishi mumkin. Unga faqat bilish metodlarining 
sofligi – qanday bo‘lsada, haqiqatga erishish qadrliroqdir. 
2

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish