Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi
Ijtimoiy pedagogning dezadaptatsiya bo’lgan o’smirlar bilan ishlashining
boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng
turdagi vazifalar, elementar ko’nikmalardan tortib insonning jamiyatda to’liq
integratsiyalashuvigacha bo’lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar
tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.
Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo’lib, ularning qiyin
tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy
belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og’ish,
ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo’ladi. Bu bolalar va o’smirlar
faoliyatning to’la qonli sub’ekti bo’lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni
pedagog, psixolog va ota-onalar ko’rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yyetim bolalar, xulq-atvorida chetga og’ish
bo’lgan o’smirlar.
Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam
ko’rsatish lozim.
Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo’lib, u yuqorida sanab o’tilga
funksiyalarni bajara olishi, o’smirlar va bolalarga psixologik yordam ko’rsata
olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog’ligi buzilgan va funksional og’ishlarga ega
bolalar.
a) surunkali somatik kasalliklar,
b) funksional buzilishlar,
v) asab-ruhiy hastaliklar,
g) aqliy qoloqlik,
d) nogironlik.
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo’lib, ular shuningdek pedagog va
ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o’tkazishlari
mumkin.
Reabilitatsion yordam xarakteri:
-kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o’tish,
-jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o’tish,
-tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o’tish,
-anonim yordamdan shaxsiy yordamga o’tish.
Adaptatsiyadan farqli o’laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida
tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o’rnini to’ldiruvchi mexanizm mavjud
nuqsonni yengib o’tish uchun qo’llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud
nuqsonga ko’nikish maqsadida qo’llanadi.
Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali
mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik,
ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo’qotilgan funksiyasini
o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan bo’ladi.
Ruhiy reabilitatsiya o’smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo’lib, uning
maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi
tasavvurni yengib o’tishdir.
Kasbiy reabilitatsiya o’smirni biror-bir kasbga o’rgatish, u uchun
yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan
iborat.
Maishiy reabilitatsiya o’smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga
qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini
himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik
reabilitatsiya-bola
hayotiy
faoliyatida
muhim
ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordamyordam
beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-
turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy
xarakterdagi chora-tadbirlardir.
I
jtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy va vazifalariga
quyidagilar kiradi:
-bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish,
-voyaga
yetmaganlarning
ijtimoiy
dezadaptatsiyasilarining
sabablari
va
manbalarini aniqlash,
-kasbiy, o’quv, ijtimoiy-madaniy, sog’lomlashtirish va boshqa komponentlardan
tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga
oshishini ta’minlash,
-uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarni uzluksizligini ta’minlash uchun
dezadaptatsiya bo’lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar
tayyorlash,
-nazoratsiz bolalar va o’smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda
vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish,
tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.),
-oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi
uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko’rsatish,
-voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish,
-boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada
optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalar ko’lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va
muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko’rsatiladi:
-ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-psixologik
yordamga muhtojlarga,
-ota-onalari,
tengdoshlari,
pedagoglar
va
boshqalar
bilan
muloqotda
qiyinchiliklarga duchor bo’layotganlarga,
-turli sabablarga ko’ra deprivatsiyaga mayli borlarga,
-noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga,
-yetim bolalar va ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalar uchun (muassasada
yashashga rozi bo’lmaganlarga).
Deviant xulq-atvorli o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi
reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga
oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
-nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib
qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam,
-ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko’nikmalarini
shakllantirish,
-ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish,
-shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va
pedagogik qo’llab-quvvatlanish,
-oilaga qaytib kelishga ruxsat,
-normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash,
-ishga jolashtirilishiga g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan
iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning
reabilitatsiyadan keyingi himoyasi.
Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi,
shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini
aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o’tkazishni ko’zda tutadi.
Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy
elementlari-maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o’zida mujassam
etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini
shakllantirish va to’g’rilash, bolalarga muomala ko’nikmalarini shakllantirishga
yordam ko’rsatish.
Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan
chiqqanidan so’ng oila, do’stlar, maktab jamoasi bilan uyg’un munosabatlarni
tiklashga yordam beradi.
Qiyin
tarbiyalanadigan
bolalarni
reabilitatsiya
jarayonida
tarbiya
muassasalari katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv asosida
funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o’zaro munosabatga
kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan
o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va
pedagogik jamoadir. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy-psixologik-pedagogik)
reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi.
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
-bolalar va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash;
-ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;
-ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
-normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish;
-tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida aniqlash;
-o’smirlarning ruhiy inqirozini yengib o’tish;
-maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har
tomonlama yordam ko’rsatish.
Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari:
-mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy holatni
inobatga olish;
-sheriklik;
reabilitatsion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi;
-ketma-ketlik;
-individual, insoniy yondashuv.
Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish tamoyili bolalar
kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo etadi.
SHeriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog-bola) barcha psixologik-
pedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola shaxsi orqali amalga
oshirilishidan iborat.
Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion dasturni amalga oshirishdagi turli
chora-tadbirlar komelksini ko’zda tutadi. Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari
mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b.
Ketma-ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora-tadbirdan boshqasiga asta-sekin
o’tishni ko’zda tutadi.
Individual-insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual balkishunga
yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko’zda tutadi.
Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik-pedagogik
xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab xodimlarining
zimmasida bo’ladi. Avvalambor u bolalarni o’z maqomlarida (muomalaning
to’laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (etakchi o’quv faoliyatinig
sub’ekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o’smirlar va ularning
ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib borishiga bog’liq. Pedagoglar shug’ullanuvchi
nuqsonlar va me’yordan chetga og’ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik
xarakterga ega bo’lib, kerakli vositalar yordamida to’g’ri yo’lga solinadilar.
Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va
o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli
vaziyatlarni hal qilishga shuningdek esa ularni o’quv faoliyatining sub’kti sifatida
tiklashga qaratiladi.
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar
Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini
tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy hislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog
deviant xulq-atvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini
yaratish orqali uning xulq-atvorida ijobiy hislatlarni topish kerak va ijtimoiy
pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2.
Hayotiy
intilishlarni
shakllantirish.
Odatda
maktabdagi
surunkali
muvaffaqiyatsizliklardan so’ng o’smirlar umidsizlikka tushishadi, o’z kuchlariga
ishonch yo’qoladi. Bunday o’smir uchun keyingi kasbiy o’z-o’zini anglab olish
muhim bo’lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi
faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhimi bo’lib bu holatda
ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi
kasbini aniqlashga qaratiladi.
3. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog’liq faoliyatdan tashqari deviant xulq-
atvorli bolani u uchun ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham
lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki
bu faoliyat turiga nisbatan o’zgarishni, balki bolalar jamoasi bilan ham
munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Amaliyotning guvohlik berishicha
qiyin tarbiyalanadigan bolalarda boshqa o’quvchilarga qaraganda bo’sh vaqti 4
marta ziyoddir.
4. O’smir bilan o’zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptatsiya
bo’lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo’qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta’sir
voyaga yetmagan bola tomonidan qattiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar
bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabr-matonat talab qilinadi.
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mutaxassis quyidagi
vazifalarni bajaradi:
-dezadaptatsiya boshlangunga qadar o’smirda bo’lgan ijobiy hislatlarni tiklash,
-o’smirda u yoki ijtimoiy foydali faoliyatga kirishish orqali salbiy hislatlarini
to’g’rilash, intilishni shakllantirish, o’smirning o’z-o’zini belgilab olishdagi
ehtiyojini faollashtirish,
-o’smir faoliyatining ijobiy motivatsiyasini faollashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |