13-Mavzu: Deviatsiya konsepsiyalari. Deviatsiya va uning turlari


Deviant xarakterlarning asosiy sabablari



Download 197,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana26.06.2022
Hajmi197,09 Kb.
#705576
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu

Deviant xarakterlarning asosiy sabablari 
Bolalar, o`smirlar va umuman ba'zi jamiyat a'zolarining jamiyat tan olgan 
me'yorlarga zid keluvchi hatti-harakatlarni namoyon etishi-bu birdaniga, o`z-
o`zidan bo`ladigan qodisa emas. Ya'ni o`sha insonlarning shunday yo`l tutishiga 
nimadir sabab bo`ladi. Ya'ni har bir fazilat o`z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi 
bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan turli xil faktorlarga bog`liq: irsiy, muhit, 
tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati va h.k.
Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga kltiruvchi 
qator faktorlar mavjud. Jumladan:
1.Biologik 
faktorlar

ya'ni 
bolalarning 
ijtimoiy 
hayotga 
moslashuvini 
murakkablashtiruvchi nohush fiziologik va anatomik holatlar. Ularga:
▪ genetik (tuqma aqli zayflar, ko`rlar, karlar va h.k.),
▪ psixofiziologik (ya'ni inson organizmiga salbiy ta'sir ko`rsatuvchi, somatik 
xarakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil 
ziddiyatlar, kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k.),
▪ fiziologik (atrofdagilarda noqush kayfiyat uyqotuvchi tashqi qiyofa, tilning 
duduqligi va h.k.)
2.Psixologik faktorlar
, ya'ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant (haddan 
tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi 
kasalliklardir)
3.Ijtimoiy-pedagogik 
faktorlar, ya'ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va 
jamoatchilik tarbiyasidagi nuhsonlar.
4.Ijtimoiy-iqtisodiy 
faktorlar, ya'ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir: 
jamiyatning boylar va kambag`allar deb ajratilishi, xalqning ma'lum qismining 
qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining kamligi, ishsizlik, inflyatsiya va h.k.


5
.Ma'naviy-aqloqiy 
faktorlar. 
Ularga 
birinchidan,jamiyatdagi 
ma'naviy 
qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma'naviy qashshoqlanishi kirsa
ikkinchidan, muayyan jamiyatning undagi ro`y berayotgan deviant harakatlarga 
befarqlik, loqaydlik kiradi.
Maktab o’qo’vchisining dezadaptatsiyasi o’z rivojlanishida quyidagi 
bosqichlardan o’tadi:
-o’quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida 
qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptatsiyasi –o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda 
o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor 
buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom 
so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim 
omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g’ayriijtimoiy xulq-
atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib 
ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
-o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani 
nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish 
qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy 
munosabatlar turi;
-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida 
tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-
onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi.
SHavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga 
vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi. 
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni 
ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir 
qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida 
yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va 
kambag’allarga sinflashishi, axoli ko’p qismining kambag’allashib ketishi, 
ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida
qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa 
jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z 
aksini topadi.



Download 197,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish