13-Mavzu: Deviatsiya konsepsiyalari. Deviatsiya va uning turlari



Download 197,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana26.06.2022
Hajmi197,09 Kb.
#705576
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu

Konformlik va deviant xulq
Oldingi boblarda odamninng ijtimoiy hayoti me'yor va qoidalar bilan 
tartibga solinishi bayon qilingan edi . Odamlar vaziyatga qarab qoidalarga amal 
qilmaganda ularning faoliyati xaosga aylanib ketardi, Aytaylik, haydovchilar 
muayyan qoidalarga amal qilishmasa, yqlda mashinalar harakatlanishi mumkin 
bqlmay qolardi. Biz qz hatti-harakatlarimizda amal qiladigan qoidalar ijtimoiy 
dunyoga muntazamlik va tartib baxsh etadi. Lekin odamlarning hamma harakatlari 
har doim ham kutilgan ijtimoiy natijalarni beravraydi. Ba'zan haydovchilar yql 
harakati qoidalariga yetarli e'tibor bermaydilar, garchi bu hol boshqa odamlarning 
hayotini xavf ostiga quysa ham. Shoshilayotgan paytda yoki alkogolli ichimlik 
iste'mol qilgan paytda avtomobilni ehtiyotsizlik va ma'suliyatsizlik bilan 
boshqarib, qoidani buzishlari mumkin.
Odamlar qzlari amal qilishlari lozim bo`lgan qoidalardan kqpincha chetga 
chiqadilar.
Xulq «og`ishi»ni qrganish- sotsiologiyaning eng qiziq vazifalaridan biridir.
Bu sohani tahlil qilish juda murakkab, chunki ijtimoiy me'yor va qadriyatlar 
qanchalik ko`p bo`lsa, qoidalarni buzish tiplari ham shunchalik ko`p bqladi. Turli 
madaniyatlar me'yorlari bitta jamiyat ichida ham ancha farq qiladi. Shuning uchun 
bir jamiyat uchun oddiy hol hisoblangan narsa boshqasida me'yordan ogish sifatida 
baholanishi mumkin. Masalan, marixuanna chekish- Britaniya madaniyatida og`ish
hisoblanadi, alkogollik ichimlik ichish esa «og`ish» hisoblanmaydi. Yaqin arq 
mamlakatlpridp buning mutloqa aksi kuzatiladi.
Og`ish nima?
Deviatsiya (og`ish)ni guruh yoki jamiyatda ko`pchilik odamlar tomonidan 
qabul qilingan me'yor va me'yorlar yig`indisiga mos kelmaslik deyish mumkin. 
Xulq-atvorning umumiy qoidalarini ko`pchiligimiz buzganmiz. Ko`pchilik kichik 
o`g`irliklar, masalan, do`kondan biror narsaga haq to`lamay olish yoki ishxonadan 
pochta qog`ozi kabi mayda-chuyda narsalarni shaxsiy manfaatlari yqlida 
foydalanish kabilarga yo`l qo`yganmiz.
«Deviant xulq» ga quyidagi misolni keltirish mumkin. Amerikalik milliorder 
Govard Xyuz juda omadli beznesmen edi. U mehnatsevarligi, original fikr yuritishi 
va kutilmagan qarorlar qabul qilgani uchun muvaffaqiyatga erishdi. Uning faoliyati 
g`arb madaniyatining asosiy qadriyatlariga mos edi. Biroq uning xulq-atvoridagi 
bazi sifatlar umum tomonidan qabul qilingan me'yorlarga mos kelmas edi. 
Hayotining so`ngi yillarini u tashqi olmadan ajralib, o`zining lyuks xonasini tark 
etmay, soch qstirib, paxmoq soqol quyib, Injildagi payg`ambarlarga o`xshab 
o`tkazdi.


X'yuz ayni bir paytning o`zida ishi juda yurishgan biznesmen va xulqi juda 
«og`ib» ketgan odam edi. Ted Bandining «xizmat parvozi» esa buning teskarisi 
edi.
Sirtdan Ted Bandining turmush tarzi xurmatli fuqaro xulq-atvorining barcha 
me'yorlariga mos kelar edi. Sirtdan qaraganda u shunchaki emas, juda oliy 
maqtovga sazovor turmush kechiraradi. Masalan u sutka davomida stress xolati 
dagi va o`z joniga suiqasd qilish oldida turgan odamlar bilan telefon aloqasini 
tashkil qilgan samaritiylar jamiyatining faol a'zosi edi. Biroq, bu uning bir qator 
vahshiylarcha qotillik qilishiga halaqit bermadi. O`lim xakidagi hukmni e'lon 
qilishdan avval sudya Bandini katta qobiliyatlari uchun maqtadi va u umrini 
qanday noxush sarf qilganini ta'kidladi. Bandining taqdiri sirtdan me'yordagi ayot 
ayni paytda maxfiy og`adigan xatti-harakatlar bilan kechishi mumkinligini 
kqrsatdi.
Og`ishlar faqat individual xulqda bo`lmay guruh xulqida ham bo`lishi 
mumkin. Misol tariqasida e'tiqodi va turmush tarzi Birlashgan qirollikda istiqomat 
qiladiganlarning kiligidan farq qiladigan guruh tomonidan kqplab turiladigan 
Krishna dinini olish mumkin. Bu din 1956 yilda Nyu-Yorkda, Shri Prapxupada 
Hindistondan G`arbda Krishna Ongi tqg`risidagi ta'limotni tarqatish uchun 
kelganda vujudga keldi. Uning nomalari asosan giyohvand moddalar iste'mol 
qiladigan yoshlarga yqllanar va shu ta'limotga amal qilinsa, «mudom kqtarinkilik 
holatida bqlish va adabiy lazzat manbaini topish» mumkinligini ovoza qilar edi. 
Kqchalarda krishnaviylarning raqsga tushish va ashula aytishlariga kqnikib 
qolishdi. Aholi ularga, garchi o`zlarini tutishlari ekstsentrik tuyulsa-da, chidam 
bilan mtsunosabatda bg`ladi.
Krishnalar deviatsiyali submadaniyatga misol bo`ladilar. Bu tashkilot boy 
bg`lib, u qz a'zolarining va unga xayrixoh bo`lganlarning hadyalari hisobiga kun 
kechiradi.
Me'yorlar va sanktsiyalar Sanktsiya boshqalar tomonidan individ yoki guruh 
xulqiga bildirilgan reaktsiya bqlib, uning maqsadi- mazkur ijtimoiy me'yorning 
bajarilishini kafolatlash. Sanksiyalar pozitiv (konformlik uchun rag`batlantirish) 
yoki negativ (nokonform xulq uchun jazo) bqlishi mumkin. Sanktsiyalar formal 
yoki normal bo`ladi. Formal sanktsiya normalarga rioya qilishni kafolatlaydigan 
tashkilot yoki guruh bqlgan joyda mavjud bo`ladi. Formal sanktsiyalar- 
nokonformlikka nisbatan kamroq uyushgan va ko`pincha o`z-o`zidan kelib 
chiqadigan reaktsiya.
Rasmiy sanktsiyalar tiplarining kqpchiligi hozirgi jamiyatda sud va
qamoqxonalar misolidagi jazo tizimlari bilan bog`liq. Politsiya ham jinoyatchilarni 
sudga tortish, ehtimol keyin qamoqxonaga qamash bilan bog`liq tashkilotdir. Yo`l 
qoidalarini buzishning ko`pchiligi jarima yoki haydovchilik huquqidan mahrum 


qilish bilan jazolanadi va bu jazolar haydovchilarning yql qoidalarini buzishi va 
ayni paytda politsiyachilarning kqziga ko`rinmasliklari uchun kifoya qiladi. Formal 
negativ sanktsiyalarga jarimalar, qamoqxonalarga qamash va qatl etish kiradi. 
Pozitiv formal sanktsiyalar esa unchalik ko`p emas. Haydovchining avtomobilni 
namunali haydashini rag`batlantirish maqsadida (a'lo haydovchilik uchun yoki 
bilog`on haydovchi kabi unvonlar mukofat sifatida beriladi). Formal pozitiv 
sanktsiyalar ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida ham uchraydi: jangdagi jasurligi 
uchun medall bilan mukofatlash, akademik sohadagi yutuqlar uchun beriladigan 
daraja va diplomlar, sportdagi ishtiroki uchun mukofatlar va boshqalar. Pozitiv va 
negativ formal sanktsiyalar ijtimoiy hayotda barcha sohalarning ajralmas qismi 
hisoblanadi. Pozitiv noformal sanktsiyalar maqtov, ma'qullash mazmunidagi 
jilmayish, yelkaga urib quyish kabi shallarda ifodalanishi mumkin.
Negativ noformal sanktsiyalar esa odatda haqorat ohangi, so`kish yoki 
hayfsan, individni namoyishkorona nazarga ilmaslik ko`rinishlarida ifodalanadi. 
Formal sanktsiyalar ancha samarali bo`lsa ham, noformal sanktsiyalar konformlik 
va me'yorni saqlashda fundamental ahamiyatga ega. Dqstlar, oila, hamkasblarining 
yaxshi munosabatini saqlab qolish ehtiyoji, kulgi bo`lish, uyalib qolish, rad 
etishdan qochish odamlarning xulqini kqpincha formal mukofotlar yoki 
jazolashdan ko`ra ko`proq belgilab beradi.

Download 197,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish