bilan qishloq xo’jaligi texnik ekinlari tajribalariga o’xshash bo’ladi. Poliz ekinlari
metodik uslubiyatidagi farqlar bu ekin turlarining morfologik, biologik keskin
farqlanishi jihatlaridan bir-biridan keskin farqlanishi bilan bog’liq bo’lib, ular
tajribaning dasturi yaratilishida metodik uslubiyat qismi differensiasiyalanadi.
Ya’ni umumiy dehqonchilik ekinlaridan bo’lakchalar kattaligi hisob-kuzatuv
yo’llari, hosil sifatini baholash va boshqalar bilan kuchli farqlanadi. Shunga
qaramay ilmiy-tadqiqot asoslarining negizi bo’lgan tajriba tipikligi, tajribaning
reprezentativligi, yolg’iz farqlik va tajriba ishonchligi kabi prinsiplari tabiiy
sharoitdagi poliz ekinlari tajribasining ham ajralmas mohiyatlaridir.
42
Poliz ekinlari tajribasi uchun boshqa texnik ekinlarga nisbatan o’ta
madaniylashgan va tekislangan yerlar talab etiladi. Bu poliz ekinlarining ba’zi bir
turlari uchun unga kichik yer bo’lakchalarini tashkil qilish imkonini beradi. Bu
kichik yer uchastkasi o’simlik morfologik rivoji, shoxlash holatiga mos bo’ladi.
O’simlik qalinligi ham tajriba aniqligiga salbiy ta’siri ruxsat chegarasida
belgilanadi. Ilmiy izlanishlar natijasida tabiiy sharoitda (ochiq) poliz ekinlari
tajribasi uchun optimal hisob-kitob qilish uchun bo’lakchalari kattaligi o’rnatilgan,
bunga binoan: turp va rediska 5-10; piyoz, sabzi, petrushka, no’xat, garmdori 10-
30; bodring, karam, pomidor, baqlajon va lavlagi 20-50; tarvuz, qovun va
oshqovoq 200-150 m
2
larda ekilsa, bu ekin turlari uchun optimal ekan.
Dala tajribalari amaliyotining ko’rsatishicha, sabzavot ekinlari tajribasi
uchun bu ekinlar takrori 4-6 ta bo’lakchalarni o’z ichiga olsa, uslubiy talab
bajariladi. Chunki bu ekinlarning o’ziga xos agrotexnikasi ham bor. Agar
o’simliklar rivoji davrida texnika ishlatiladigan bo’lsa (kultivatorlar) unda
yuqoridagi takrorlar texnika talabini ham e’tiborga olinib joylashtiriladi.
Amaliyotga joriy qilingan ko’pchilik ko’rsatmalarda bo’lakchalar shakli 1:2, 1:5,
texnikadan foydalaniladigan tajribalarda esa kengligi uzunligiga 1:10. Tajribani
lotin kvadrati uslubida yoki o’simliklarda zararkunanda, kasallik va begona
o’tlarga qarshi kimyoviy moddalar samaradorligini o’rganish kabi hollarda kvadrat
shaklidagi bo’sh bo’lakchalarga joylashtiriladi.
Poliz ekinlari tajribasida ham tajriba variantlari texnik ekinlari tajribalaridagi
kabi tasodifiy sistematik standartlar usulida joylashtiriladi. Bularning ichida poliz
ekinlari uchun eng optimal usul bu tasodifiy usul hisoblanadi. Izlanishlar
natijasining ko’rsatishicha, shunday usulda o’rganilgan omillar natijasiga ko’ra eng
ishonchli ma’lumotlar olingan. Ba’zi hududlarda poliz ekinlari tajribalari uchun
asosan yaruslarda bo’lakchalarni shaxmatli va sistematik holatda joylashtirish ham
keng tarqalgan. Bunday holda lotin kvadrati va to’g’ri burchak kam bo’lakli va yer
uchastkasi keraklicha tekislanmagan sharoitlar uchun foydalanilgan. Bu yerda lotin
kvadrati tajribasida 4-6, lotin to’g’ri burchagi esa 8-16 variantli bo’lgandagina
ishlatiladi.
Poliz ekinlari dala tajribasida uning urug’i, urug’ni sepish yoki ko’chatni
o’tkazishga katta e’tibor beriladi. Urug’ sepiladigan bo’lsa, uning bir xilligi, kelib
chiqishi aniq va bir reproduksiyaga taaluqli bo’lishi shart. Bordiyu ko’chat
qalinligi o’rganilayotgan tajribada asosiy omil bo’lmasa, u holda ko’chat
qalinligining mana shu tajriba amalga oshirilayotgan xudud uchun optimal qalinligi
tajriba uchun ham qabul qilinadi. Bo’lakchalarda tajriba ekish uslubiyatiga binoan
kerakli ko’chat qalinligi qat’iyan o’rganiladi. Kerak bo’lsa yagonalash ham
o’tkaziladi. Ekish ko’chatlar yordamida amalga oshirilsa, ko’chatlar bir xil
sharoitda o’stirilgan bo’ladi. Bundan tashqari, ular bir kun ichida qisqa vaqtda
dalaga eqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: