5. Sug’oriladigan tuproq sharoitida o’tkaziladigan dala tajribalarining
xususiyatlari. Sug’oriladigan tuproq sharoitida o’tkaziladigan tajribalarda katta
uslubiy yondashishni talab etib, yolg’iz farqlilik omiliga dialektik to’g’ri
tushunchaga ega bo’lish kerak.
O’rganilayotgan omilning hamma variantlari uchun bir xil bo’lishni tashkil
etish, bu mexanik ravishda tenglashtirish deb qaralmay, balki tadqiqot uchun
ko’zda tutilgan aniq fandir. Bu fanda tadqiqotchi haqiqatda ma’lum bir variantning
(navning) qolgan variantlarga nisbatan yuqori samarali ekanligini ajrata olish
masalan, texnik o’simliklar tajribasida sug’oriladigan variant qatorlari o’t
bosmagan va qotib qolmagan bo’lsa, yonidagi sug’orib yeri qota boshlagan variant
qatorini chopganda birga qo’shib chopib yubormaslik kerak. Bu yerda, birinchi
variant tajriba maqsadi qurg’oqchilikka chidamliligini va ishlov berilmaganda
o’simlik o’zini qanday tutishini o’rganishdan iborat. Ikkinchi tajriba maqsadi
sug’orish va uning ketidan chopiq qilishni o’rganish.
Undan tashqari sodir bo’lishi mumkin holatlardan biri yuqoridagi ikki
variantda bir xil ko’chat soni qatorlarda qoldirilishi. Bu yerda ham mexanik tenglik
yaratilib tajribada optimallik va maqsadga muvofiqlik prinsiplari qo’pol holda
buziladi. Natijada o’rganilayotgan uslubning effekti haqidagi olinayotgan
informasiya yolg’on, xulosa ishonchsiz, chunki yuqori hosil sug’oriladigan yer
uchastkasida ko’proq ko’chat soni hisobiga olinishi mumkin, sug’orilmaydigan
yerda siyrak ko’chatlar soni ko’p bo’lishi bu yerda namlik yetishmasligi bilan
hosildorlikning juda kamayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun ham yuqoridagi
kabi misollarda, hyech qachon sug’oriladigan va sug’orilmaydigan yer uchastka
variantlarida bir xil ko’chat soni olishga harakat qilinmaydi. Ular har xil bo’lib, har
bir sharoit uchun optimal bo’lishini ta’minlanishi metodik jihatdan to’g’ri bo’ladi.
Sug’oriladigan yer uchastkasida dala tajribasi o’tkazishning xususiyatlaridan
eng asosiysi o’rganilayotgan variantlar o’simliklarini sug’orishdir. Sug’orish
tadbirlarini amalga oshirishda o’ziga xos muammolar ham mavjuddir. Bu
muammolar, variantlar qatorlariga suvning to’g’ri bir xilda taqsimlanishi va
regulyator barpo etish bilan bog’liq.
Sug’orish normasining variantlarda ozgina o’zgarib ketishi ham tuproq
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
41
namligining tajriba uchastkasida har xil bo’lishiga olib keladi. Hosildorlik
variantlar orasida o’zgarib, o’rganilayotgan omil effektini mavhumlikka olib
keladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun tajriba uchastkasini tajribaga tayyorlash
vaqtida izchil kapital tekislanadi.
Tajriba uchun ajratilgan maydonda 10-15 sm lik egrilik sezilsa, u kapital
plantirovka qilinadi. Agar tajribada o’rganilayotgan omil suv rejimini o’rganish
bo’lsa, bu tadbirning ahamiyati yanada oshadi. Tajriba uchastkasida qatorlar
uzunasiga qarab ma’lum bir nishablikka ega bo’lishi kerak. Bu nishablik 100 metr
uzunlikka 0.01-0.02 yoki 0.001-0.008 (0.1-0.8m) bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |