izlanishlarda tajribaning yakuniy hujjatlari bo’lib ilmiy hisobot, dissertasiya ishlari,
Ilmiy izlanishni ilmiy adabiyotlar bilan to’ldirish qismida har qanday ilmiy
39
chop etilgan ishlar tahlili talab darajasida kiritilgan bo’lishi kerak. Bu talablar
asosiy fikr, natijaning haqiqiy ishonchligi, logik tartibi, aniqlik, qisqalik va
ma’nolit tajribadan olingan natijalarining ilmiy yakunini yasash, boshqacha
aytganda, ilmiy izlanish ishini yozish, avtor tomonidan original fikrini bayon qilish
va uning logik ketma-ketligi, to’plangan ashyolarni o’z ichiga olib, ularni
guruhlarga bo’lish, tahlil va yaxlit ilmiy ishni barpo qilish bilan tugallanadi. Ilmiy
izlanish ishining hisoboti standart talabiga binoan tiklanadi. Bu standart talablari
umumiy hisobotlar talabi, ilmiy izlanish hisobotlarining tuzilish, tiklash
qoidalaridan iborat.
Ilmiy izlanish ishining hisoboti - texnik hujjat bo’lib, qilingan ishlar haqida
yakuniy ma’lumotlarni (yoki uning ma’lum bir davri uchun) o’z ichiga oladi.
Hisobotni tayyorlash vaqtida, javoblar shaxs davlat ilmiy ishlarni qayd qilish
tartibiga binoan tasdiqlangan ma’lumotnoma kartochkasini to’ldiradi. Hisobotga
bo’lgan umumiy talab: ishni bayon qilishda aniqlik va ketma-ketlik (tartibi),
argumentlar tasdig’i, qisqalik va fikrning aniqligi, bayon etilgan fikrning
takrorlanmasligi tavsiyaning asoslanganligi va tavsiyalar.
Ilmiy izlanish ishi hisoboti muqova, bajaruvchilar ro’yxati, referat, qismlar
ro’yxati, shartli belgilarning ma’nosi, simvollar, birikmalar va terminlar, kirish,
asosiy qism, xulosa, foydalangan adabiyotlar va ilovalarni o’z ichiga oladi.
Hisobotning kirish qismida belgilangan muammolar yaratishda boshlang’ich
matnlar va asoslar, ushbu izlanishning bu kun zarur ekanligini ko’rsata bilishi
kerak. Mavzuning bu kunda aktual va original ekanligini ko’rsatib boshqa fanlar
rivoji bilan bog’liqligini isbotlay olishi kerak.
Hisobotning asosiy eksperimental izlanish natijalari, ularni umumlashtirish
va baholash kabi masalalardan iborat bo’ladi. Bu eksperiment qismida olingan
ma’lumotlar tahlili natijasida olingan ilmiy ashyolar o’z davlatimizda qilinayotgan
o’xshash ishlar va chet davlatlarda yig’ilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi,
ishning butunlay yakunlanganligini (o’rganilgan muammoga nisbatan) va olingan
ma’lumotlarning ishonchligi ko’rsatiladi. Tajribadan olingan ma’lumotlar tekst
qismi bilan yakunlanadigan jadvallar izlanish obyekti va tajriba uslubiyati, tajriba
o’tkazilgan joy sharoiti va boshqalarni ham biriktiradi. Eksperimental ashyolar
faqat jadvallar yoki grafik ko’rinishidagi misollarda ko’rsatilishi lozim.
Eksperimental ashyolar soni ulardan statistik baho berish va tajriba variantlari
farqlarini ko’rsatib berish uchun tahlil qilish yetarli bo’lishi kerak.
Boshqa adabiyotlarda olingan ashyolar, ularning mualliflari, nomi va yillari
aniq ko’rsatiladi. Har qanday hisobot tahlilida kutilmagan yoki sistematik xatolar
majmuasini ko’rsatishi shart. Eksperimental ishlar statistik tahlil qilinib, qaysi
uslubda amalga oshirilgani yoziladi. Xulosa qismida ilmiy izlanishning
natijalaridan olingan qisqa xulosalari, ishlab chiqarishga tavsiya qilingan
yangiliklar, amaliy ekonomik samaradorligi va xalq xo’jaligidagi ilmiy, sosial
qimmati ham yoritiladi. Hisobotda qo’shimcha qilib patent izlanishlar ma’lumoti,
chop etilgan maqolalar, avtorlik guvohnomalari, patentlar ham sanab o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: