13-bob. Strategiyani tadbiq etish: madaniyat va sardorlik


Strategiya va madaniyat muvofiqligini ta’minlash



Download 47,57 Kb.
bet5/12
Sana15.12.2022
Hajmi47,57 Kb.
#887825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
37-mavzu

13.1.6. Strategiya va madaniyat muvofiqligini ta’minlash.
Strategiya muallifining vazifasi – kompaniyada mavjud madaniyatga mos keladigan strategiyani tanlashdir. Ushbu strategiyada «o’zgartirish ta’qiqlangan» unsurlar mavjud bo’ladi. Strategiyani yurituvchining vazifasi strategiya tanlangandan so’ng unga halaqit beradigan madaniyat qirralarini o’zgartirishdan iborat.
Kompaniya madaniyatini strategiyaga mos ravishda amalga oshirish rahbariyat uchun mushkul muammolardan biri hisoblanadi. Kompaniyada mavjud madaniyatning qaysi elementlari strategiyani qo’llab-quvvatlashini qaysilari aksincha qarshilik ko’rsatishini aniqlash birinchi qadam bo’lib xizmat qiladi. So’ngra menejerlar strategiyani qaysi tomonlarini o’zgartirish to’g’risida hamma manfaatdor shaxslar bilan ochiq-oydin muhokama qilishi va madaniyatni strategiyaga moslovchi harakatlarni tezkorlik va qat’iyatlik bilan amalga oshirishi lozim.
Simvolik va mazmunli harakatlar. Menejerlarning madaniyatni strategiyaga moslashtirish harakatlari bir vaqtning o’zida ham simvolli ham mazmunli bo’lishi lozim. Simvolli harakatlar strategiyani yurituvchilar qanaqa harakatlarni qo’llab-quvvatlamoqchi ekanligini ko’rsatadi. Oliy rahbariyatning muhim simvolik harakatlari boshqalarga namuna bo’ladi: ularni xaridorlar talablariga tezkorlik bilan e’tiborni qaratishi, ularni xaridorlar bilan tez-tez muloqotda bo’lishi, xarajatlarni tejash maqsadida o’z shaxsiy manfaatlariga qarshi kurash boshlashi, strategiyani amalga oshirishga qarshilik qiluvchi usul va siyosatga qarshi kurash e’lon qilishi shular jumlasidandir. Ko’pchilik universitetlar eng yaxshi o’qituvchilar mehnatini e’tirof etish maqsadida ularni mukofotlaydilar. Harbiy sohada xizmatlarni orden va medallar bilan e’tirof etish an’anasi mavjud.

Mukofotlash marosimlari, rollar modeli va simvollar – bu strategiyani yurituvchi-ning madaniyatni shakllanti-rish yo’nalishidagi muhim harakatlaridir.


Strategiya bilan madaniyatni bog’liqligini mustahkamlash maqsadida ilg’or kompaniyalar va mansabdor shaxslar rollar modellaridan, tantanali marosimlardan va kengashlardan hamda simvollardan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Mos madaniyatda strategiyani yurituvchi rolini his kiluvchi mansabdor shaxslar odatda, xodimlarni, guruhlarni maqtash va mukofotlash uchun tantanali marosimlarda ishtirok etadilar. Ular madaniy me’yorlarga amal qiluvchi xodimlarni maqtaydilar va erishilgan strategik natijalar uchun mukofotlaydilar.
Kompaniyadagi har qanday marosim qadriyatlarni targ’ibot qilish, samarali harakatlarni rag’batlantirish, madaniy me’yorlarni mustahkamlash, strategiyani amalga oshirishga xizmat qiladigan o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlash uchun foydalaniladi.
Strategiyani yurituvchilar yangi xulq atvor me’yorlari uchun kurashda oldingi marralarda bo’lishlari bilan birga manfaatdor shaxslarga o’zgarishlar keng ko’lamda amalga oshirishini tushuntirishlari lozim. Reja va niyatlarni mazmunli tadbir-choralar va harakatlar bilan mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Rahbariyatning ushbu harakatlari madaniy o’zgarishlarni va strategik tashabusslarni xaqiqatan ham jiddiy ekanligiga xodimlarni ishontirishi kerak. Buning uchun bir necha usullar mavjud. Ulardan biri yangi strategiyani va madaniyatni qo’llab-quvvatlovchi ba’zi tezkor muvaffaqiyatlarga erishishdir. Lekin tezkor muvaffaqiyatlar, odatda strategiyani amalga oshirishga tayyor psixologik mustahkam komanda kabi muhim ahamiyatga ega emas. Rahbariyatning yangi madaniyatni singdirish harakatlarining yaqqol belgilari bu: eski madaniyat an’analarida faoliyat ko’rsatadigan menejerlarni yangilariga almashtirish, yangi tashabusslarga qarshilik qiladigan mavjud siyosatni va ish usullarini o’zgartirish, strategiyaga mos keladigan tuzilmani qayta qurishni jadallik bilan amalga oshirish, strategik natijalarni rag’batlantirish bilan bog’lash, yangi strategiya doirasidagi loyihalarga mablag’larni qayta taqsimlash va boshqa shu kabilar.
Bundan tashqari strategiyani yurituvchilar kompaniyaning boshqa xodimlari uchun shaxsiy namuna bo’lishlari lozim. Masalan, kompaniya strategiyasi tarmoqda eng kam xarajatlarga erishishni nazarda tutsa, yetakchi menejerlar o’z faoliyatida va qarorlarida tejamkorlikni namoyish etishlari ya’ni, kamtarona ofis va ish kabineti, mehmondorchilik xarajatlarini kamaytirish, cheklangan ma’muriy shtatga erishish, pul mablag’lariga talabnomalarni tahlil etish va boshqa shu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak bo’ladi.


Download 47,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish