Yuqori mansabli shaxslar madaniyatni strategiyaga moslovchi tadbir-choralarni shaxsan boshqarishlari shart.
Talab qilinadigan madaniy qadriyatlarni tashkilotga singdirish oliy rahbariyatning qat’iyatligiga bog’liq. Rahbariyat qulay vaziyat paydo bo’ldi deguncha, zaruriy madaniyatni so’z va ish bilan targ’ibot etishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tashkilot bo’limlarida yuz beradigan o’zgarishlar mavzusida guruh a’zolari bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Tashkilotga mos keladigan madaniyatni yaratish va qo’llab-quvvatlash boshqaruv komandasining vazifasi hisoblanadi. Tashkilot xodimlarining ko’pchiligi yangi madaniyatni qabul qilmaguncha va uning tayanch qadriyatlarini muhimligini his etmaguncha, menejerlar oldida ushbu madaniyatni targ’ibot etish bo’yicha katta vazifalar turadi.
Madaniyatni strategiyaga moslashtirish – bu qisqa muddatli faoliyat emas. Yangi madaniyat shakllanishi va ildiz otishi uchun ma’lum vaqt o’tishi kerak bo’ladi. Tashkilot qancha katta bo’lib, uning madaniyati chuqur o’rnashgan bo’lsa, ushbu madaniyatni o’zgartirish va strategiyaga moslash uchun shuncha ko’p vaqt talab qilinadi. Katta kompaniyalarda yangi madaniyatga o’tish vaqti 3 yildan 5 yilgacha vaqtni talab qiladi. Tashkilotda chuqur œrnashib qolgan va uning strategiya maqsadlariga mos kelmaydigan madaniyatni o’zgartirish, yangi tashkilotga talab kilinadigan madaniyatni singdirishga karaganda murakkab hisoblanadi.
13.1.7. Etik me’yorlarni va qadriyatlarni shakllantirish. Etik madaniyat kompaniyaning uzoq muddatli strategik muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi: noetik madaniyat muvaffaqiyatni yo’qqa chiqaradi.
Etik faoliyat qoidalari va ma’naviy axloqiy qadriyatlar asosida chuqur o’rnashgan madaniyat - bu strategik muvaffaqiyatning muhim omilidir. Ko’pchilik mansabdor shaxslarning ishonchi komilki, kompaniya o’z faoliyatiga jiddiy e’tibor berishi shart, aks holda kompaniyaning obro’ e’tibori, pirovard natijalari xavf ostida qoladi. Etik va qadriyatlar dasturi yuqori madaniy-ahloqiy muhitni yaratish uchun va etik xulq-atvorni me’yorga aylantirish uchun zarur. Ma’naviy qadriyatlar va etik me’yorlar kompaniya strategiyalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kompaniya o’z qadriyatlarini va etik me’yorlarini har xil yo’llar bilan belgilashi mumkin. Boy an’analarga va boy tarixga ega kompaniyalar qadriyatlarni va etik me’yorlarni singdirishda verbal muloqotga va an’ana kuchiga tayanadilar. Zamonaviy kompaniyalarning ko’pchiligi o’zining qadriyatlarini va etik kodekslarini yozma hujjatlarda aks ettiradilar.
Quyida ushbu xujjatlardan namuna keltiriladi:
Qadriyatlar
Etik kodekslar
mijozlarning va ularga xizmat ko’rsatishning muhimligi
tovar sifatiga e’tibor qaratish
yangiliklarga e’tibor berish
kompaniyaning har bir xodimga nisbatan hurmatini va burchini anglash
odillikni, insoniylikni va etik me’yorlarni muhimligi
aksionerlar oldidagi burch
ta’minotchilar oldidagi burch
kompaniyaning muhim yo’nalishlari
atrof muhit muxofazasi muhimligi
insoniylik va qonunlarga amal qilish
manfaatlar ixtilofi
marketingda va tovarni sotishda haqqoniylik
ichki axborotdan foydalanish va qimmatli qog’ozlarni sotish
ta’minotchilar bilan munosabatlar va sotib olish tajribasi
buyurtmachilarga ega bo’lish uchun to’lovlar tashqi bitimlarda korrupsiya haqida qonunlar
boshqa shaxslar to’g’risida axborotga ega bo’lish va undan foydalanish.
siyosiy faoliyat
narx yaratilishi va hisob ki-toblar
intelektual axborotni himoyalash
kompaniya aktivlaridan, resurslaridan va mulkidan foydalanish.
Qadriyatlarni va etik me’yorlarni hayotga tadbiq etish bir qator harakatlarni nazarda tutadi: