13-bob. Strategiyani tadbiq etish: madaniyat va sardorlik


Madaniyatni yuqori natijalarga yo’naltirish



Download 47,57 Kb.
bet8/12
Sana15.12.2022
Hajmi47,57 Kb.
#887825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
37-mavzu

13.1.8. Madaniyatni yuqori natijalarga yo’naltirish.
Insonlarga strategik muvaffaqiyatga intilishni singdirish va samarali faoliyat ko’rsatish muhitini yaratish – bu strategiyani yurituvchining eng muhim sifatlaridan hisoblanadi. Tashkilot o’z qobiliyatidan muntazam ravishda to’liq foydalanayotgan bo’lsa, uning natijasi nafaqat strategik muvaffaqiyat bo’ladi, balki yuqori natija ruhi bilan sug’orilgan tashkiliy madaniyat ham hisoblanadi. Yuqori natijaga erishish ruhi hukmron tashkilot xodimlarning a’lo darajadagi faoliyatiga va olamshumul yutuqlariga tayanadi. Ushbu tashkilotning madaniyati yuqori natijalarga yo’naltirilgan bo’lib, uning rahbariyati esa insonlarni yaxshi natijalarga ilhomlantiruvchi siyosatga va usullarga amal qiladi.
Yuqori natijalar ruhi bilan sug’orilgan ustivor tashkilot, odatda insonparvarlikka yo’naltirilgan bo’lib, har bir xodim to’g’risida g’amxurlik qilishda har bir imkoniyatdan foydalanadi. Kompaniya har bir xodimga hurmat bilan qaraydi, ularni sifatli o’qitadi, faoliyatni bajarishda tashabbuskorlikni va ijodiy qobiliyatni namoyish etish imkonini yaratadi, mantiqiy aniq topshiriqlar beradi, yuqori natijaga erishish uchun rag’batlantirish va jazolash tizimsidan to’liq foydalanadi, barcha boshqaruv pog’onalaridagi menejerlarga o’z qo’l ostidagi xodimlarni rivojlanishi uchun sharoit yaratadi va ular o’z qobiliyatini namoyish etib, umumiy faoliyatga œzining munosib ulushini qo’shishi uchun yetarlicha mustaqillik beradi. Natijalarga yo’naltirilgan tashkiliy madaniyatni shakllantirish uchun kompaniya yuqori natijalarga erishayotgan xodimlarni har tomonlama rag’batlantirishi lozim.

  • Boeing, General Electric kompaniyalarida o’z g’oyalariga ishonib, uni byurokratik tizimlardan o’tkazib, yangi mahsulotga hattoki yangi tashkilotga aylantirgan xodimlarni tantanali taqdimlash odat tusiga aylangan. Ushbu kompaniyalarda yangiliklarga keng yo’l ochib berilib, o’z g’oyalarini himoya kiluvchilar qo’llab-quvvatlanadi. Odatda g’oyalari hayotga tadbiq etilgan xodimlar yaxshi mukofotlanadi, lekin g’oyalar o’zini oqlamagan taqdirda ham ularning ish joylari saqlanib, ular yangi g’oyalarni yana sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

  • Nyu-York regional sotish idorasining bosh menejeri bir kechaga mahalliy futbol komandasining o’yingohini ijaraga olib, ishdan keyin hamma savdo agentlari o’yingohga taklif etdi. Mashxur futbol yulduzlari kabi ular ham birin ketin o’yingohda paydo bo’lishi bilan elektron tabloda ularning ismi sharifi va muvaffaqiyat ko’rsatkichlari yoritildi. Uyingoxda esa kompaniyaning ishchi xodimlari, rahbarlari, oila-a’zolari va do’stlari to’planib maydonga chiqib kelayotgan xodimni olqishlar edi. Ushbu tantanali marosimni IBM kompaniyasi tashkil etgan bo’lib, uning maqsadi har bir xodim kompaniya uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini va xodimlarning muvaffaqiyatlari qadrlanishini namoyish etishdan iboratdir.

  • “Mc Donald`s” o’zining hamma korxonalarida eng yaxshi oshpaz tanlovini o’tkazadi. Musobaqalar mos ravishda har bir korxonada tantanali o’tkaziladi. G’oliblar regional musobaqalarda qatnashadilar va ularning g’oliblari o’z navbatida kompaniyaning absolyut g’olibligi uchun kurashadilar. G’oliblar qimmatbaho mukofotlar bilan va xizmat kiyimida taqib yurish uchun maxsus kukrag nishoni bilan taqdimlanadi.

Yuqori natijalar faoliyat ruhining, usullarning, so’zlarning, simvollarning va qadriyatlarning murakkab majmualari asosida yaratiladi. Ushbu majmua oddiy insonlarni olamshumul natijalarga erishishga da’vat etadi. Bu holatda harakatlantiruvchi kuch: insonning ishonchlaridan va qadriyatlaridan; ish joyining barqarorligidan va xizmat pog’onalari bo’yicha ko’tarilishidan: xodimlarni tashabbuskorligidan va ijodiy yondashuvidan, har qanday ishni sifatli bajarishi tufayli mag’rurlanishidan va rag’batlantiruvchi boshqarish usullaridan iboratdir. Xodimlar bilan yaxshi munosabatlarni yo’lga qo’ygan kompaniya jamoaning muvaffaqiyatli mehnat qilishiga, yuqori ma’naviy ruhiga va xodimlarning hurmat-e’tiboriga sazovor bo’lishga umid qilishi mumkin.
Yuqori natijalarga erishish odatda ijobiy rag’batlantirishga asoslansa ham, salbiy ta’sir etish usullari ham mavjud. Muntazam qoniqarsiz faoliyat ko’rsatadigan bo’limlar menejerlarini ishdan chetlatish lozim. Bunday chorani tashkilot manfaatlari talab qilishidan tashqari, ushbu chora menejerlarga ham ijobiy ta’sir etishi mumkin, chunki o’z o’rnida emasligini his etgan menejer tashvishlanadi va o’z faoliyatidan qoniqmaydi. Bundan tashqari ijrochilar malakali rahbarlikka muhtoj hisoblanadi. Agar rahbarlar yomon ishlaydigan bo’lsa, ijrochining yaxshi ishlashi mumkin emas. Ishga yollash tajribasi yuqori motivga ega hurmat e’tiborga intiladigan, tashkilot madaniyatiga mos keladigan va yaxshi natija ko’rsatishga harakat qiladigan insonlarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.



Download 47,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish