13-bob. “O’TY” aj ning iqtisodiy faoliyat boshqarmalari


Elektrta’minot boshqarmasi



Download 1,03 Mb.
bet6/45
Sana02.05.2020
Hajmi1,03 Mb.
#48745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
TYT Menejmenti 13-19 bob LOTIN

14.3.Elektrta’minot boshqarmasi
Temir yo’l transportini elektr tortishga o’tkazishda asosiy diqqatni elektrtexnik dastgohlarni ishlab chiqarishga va ularni ishlatishni bilishga qaratish lozim, chunki ular yuqori samarali ishlatish koeffistientiga ega bo’lib, rangli va boshqa metallarni kam sarflanishini ta’minlaydi.

Elektr taminoti boshqarmasi «O’TY» AJ ning tarkibiy bo’linmalaridan biri hisoblanib, uning asosiy vazifasi poezdlar tyagasini, signalizastiya, markazlashtirish va blokirovka qurilmalarini, shuningdek, tashuv jarayoni iste’molchilarni va transport infratuzilmasini uzluksiz elektr taminotidan iboratdir. Elektr taminoti tizimiga tyaga va transformator podstanstiyalari, kontakt tarmog’i, avtoblokirovka taminot punktlari, yuqori voltli va past voltli kabelli va havo elektr uzatish liniyalari va h. kiradi.

Temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish dizelli tyagaga nisbatan elektr tyaganing samaradorligini tufayli ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish «O’TY» AJ uchun ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi.

Temir yo’lni elektrlashtirish – amaldagi va yangi quriladigan temir yo’llarni poezdlar tyagasi uchun elektr energiyasi ishlatilishini taminlovchi qurilmalar kompleksi bilan jihozlashdir. Elektrlashtirish chog’ida tyaga podstanstiyalarini qurish va tyaga tarmog’ini barpo etish amalga oshiriladi. Bir paytning o’zida avtoblokirovka, signalizastiya, aloqa liniyalari, elektr markazlashtirish va sh.k. montaj qilinishi amalga oshiriladi.

Elektr tyagasini joriy qilish tashuv jarayonlari tezlashuviga olib keladi. Elektr tyaga temir yo’l liniyalarining tashuv va o’tkazish qobiliyatini 2-2,5 baravar oshirishga imkon beradi. Elektr lokomotivlar quvvat bo’yicha deyarli cheklovlarga ega emas, chunki markazlashgan tarzda taminlanadilar va uzoq vaqt ortiqcha yuklamani ko’tarishga qodir. Poezdning rekuperativ tormozlashida elektr energiyasini ishlab chiqarish va tarmoqqa qaytirish elektr lokomotivlarning muhim xususiyati hisoblanadi.

Ekologik omil elektr tyaganing ustunliklaridan biridir: atrof-muhitni yonish mahsulotlari bilan ifloslanishi istisno qilinadi. Temir yo’lni elektrlashtirish yo’lning ekspluatastiya ishini sifat jihatdan o’zgartiradi, temir yo’lchilarning mehnat va turmush sharoitlarini, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatilishini yaxshilaydi (shovqin kamayadi, harakat tezligi ortadi, safar chog’ida qulaylik darajasi oshadi va sh.k.).

O’zbekiston temir yo’llarini elektrlashtirish 1971 yilda doimiy tokda boshlangan edi. 1983 yilga kelib bir paytning o’zida Toshkent-Hovos va Toshkent-Xojikent uchastkalarida poezdlar tyagasini doimiydan o’zgaruvchan tokka o’tkazish amalga oshirildi.

Toshkent-Samarqand uchastkasida tezyurar harakatni tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida yo’lovchi poezdlarning tezyurar harakatini tashkil qilish uchun kontakt tarmog’ini rekonstrukstiya qilish bo’yicha ishlar bajarildi.

2011-2013 yillar mobaynida yo’lovchi poezdlarning Toshkent-Samarqand uchastkasida tezyurar harakati tashkil etildi, uning doirasida Yangier yangi-Dashtobod (35 km), G’allaorol-Bulung’ur (41km) bir yo’lli elektrlashtirilgan uchastkalar hamda Dashtobod-Jizzax (60km) uchastkasining juft yo’li 250 km/soat, shuningdek, Yangier yangi-Dashtobod (35km) uchastkasining toq yo’li 160 km/soat tezlik uchun qurildi.

2014 yilda: yo’lovchi poezdlarning Toshkent-Samarqand (344km) uchastkasida tezyurar harakatini tashkil etish doirasida kontakt tarmog’ini rekonstrukstiya qilish bo’yicha ishlar yakunlandi; elektrlashtirilgan Angren-Kol uchastkalari foydalanishga kiritildi; o’z mablag’lari hisobidan Maroqand-Qarshi va Qarshi-Termiz uchastkalarini elektrlashtirish loyihalari bo’yicha qurilish ishlari davom ettirildi.

2015 yilda: uzunligi 140 km li Maroqand- Qarshi elektrlashtirilgan temir yo’l uchastkasi foydalanishga kiritildi; «Qarshi-Termiz (325km) uchastkalarini elektrlashtirish» loyihasi bo’yicha kotakt tarmog’i bo’yicha qurilish-montaj ishlari davom ettirildi; «Angren – Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo’lni qurilishi» loyihasi bo’yicha Ko’l–G’arbiy portal elektrlashtirilgan uchastkasi foydalanishga kiritildi; «Yo’lovchi poezdlarning tezyurar harakatini yo’lga qo’yib Samarqand-Buxoro temir yo’l liniyasini elektrlashtirish» loyihasi bo’yicha kontakt tarmog’ida qurilish-montaj ishlari boshlandi.

2016 yilda: Angren- Pop-Qo’qon-Andijon elektrlashtirilgan uchastkasi foydalanishga kiritildi; Maroqand-Navoiy-Buxoro elektrlashtirilgan uchastkasi foydalanishga kiritildi; Qarshi-Termiz uchastkasi elektrlashtirish loyihasi bo’yicha o’z mablag’lari hisobidan qurilish-montaj ishlari bajarilishda davom etdi.

2017 yilda: Qarshi-Termiz elektrlashtirilgan uchastkasi foydalanishga kiritildi; Buxara-Miskin temir yo’l liniyasi qurilishi loyihasi bo’yicha I bosqich qurilish-montaj ishlari yakunlandi; Pop-Qo’qon-Andijon uchastkasini elektrlashtirishning II bosqich qurilish-montaj ishlari bajarilishda davom etdi.

2018 yilda: Pop-Namangan-Andijon uchastkalarini elektrlashtirish loyihasi bo’yicha qurilish-montaj ishlari bajarilishda davom etdi; Urganch-Xiva uchastkasini elektrlashtirish loyihasi bo’yicha qurilish-montaj ishlari yakunlandi; Qarshi-Kitob elektrlashtirilgan uchastkasi foydalanishga kiritildi.

2019 yilda: Pop-Namangan-Andijon uchastkalarini elektrlashtirish loyihasi bo’yicha qurilish-montaj ishlari davom ettirildi; Buxoro-Miskin temir yo’l liniyasi qurilishi loyihasi bo’yicha II bosqich qurilish-montaj ishlari boshlandi 1.

Elektrta’minot markazi tarkibiy tuzilmasiga elektrta’minot distanstiyalari va “Energomonaj poezd-1” korxonasi kiradi



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish