Temir yo’l transportining assoiy faoliyat yo’nalishlari yuklarni jo’natish stanstiyasidan qabul qilish stanstiyasigacha tashishdan iborat. Undan tashqari yukni qabul qilguncha va egasiga etkazib bergandan keyin ham ko’rsatiladigan xizmatlar ham mavjud. Ular:
Lokomotiv xo’jaligi
|
-boshqa vazirliklarga qarashli korxonalar zarurati uchun ehtiyot qismlarni tayyorlash;
-boshqa vazirliklarning dizel va motorlarini ta’mirlash;
-“O’TY”AJ tarkibiga kirmaydigan korxonalarning xususiy lokomotivlarini ta’mirlash;
-faoliyatning boshqa turlari (o’t o’chirish moslamalarini zaryadlash, barcha turdagi qurilmalarni texnik tekshirish)
|
Vagon xo’jaligi
|
-boshqa vazirliklarga qarashli korxonalar vagonlari uchun zarur bo’ladigan detal va ehtiyot qismlarni tayyorlash;
-boshqa vazirlikka qarashli korxonalarning konteyner va vagonlarini ta’mirlash;
-faoliyatning boshqa turlari.
|
Yo’l xo’jaligi
|
-“O’TY”AJ tizimiga kirmaydigan korxonalarning xususiy balansidagi shaxobcha yo’llar, berk (tupik) yo’llar, pereezdlarini qurish, ta’mirlash va xizmat ko’rsatish;
-temirbeton konstrukstiyalarni, inventarlarni tayyorlash;
-faoliyatning boshqa turlari.
|
Axborot va aloqa xizmati
|
- “O’TY” AJ tizimiga kirmaydigan korxonalar va abonentlarga aloqa xizmati ko’rsatish;
- boshqa korxonalarning aloqa qurilmalariga xizmat ko’rsatish;
-faoliyatning boshqa turlari.
|
Yuk va tijorat ishlari
|
-ortish-tushirish ishlari;
-transport-ekspeditorlik xizmatlari;
-vaqtinchalik saqlash omborlarini ijaraga berish, yo’l qismidagi er uchastkalarini vaqtinchalik foydalanish uchun yuk jo’natuvchi va yuk qabul qiluvchilarga taqdim qilish;
-yukning qaysi hududda xarakatlanayotgani xaqida axborot berish xizmati;
-yuk massasini tekshirish va o’lchash, yuk jo’natuvchilarni plomba va plombalash simlari, birkalar bilan ta’minlash, nakladnoy tuzish, yuklarni markirovkalash,upakovka, qoplama, yuklarni bog’lash;
-faoliyatning boshqa turlari.
|
Suv ta’minoti va oqava suvlarni yo’qotish, fuqaro inshoatlari bo’yicha ishlari
|
-boshqa tashkilotlarning binolarini ta’mirlash;
-noturar joy ob’ektlarini ijaraga berish;
-suv chiqarish va oqova suvlarni yig'ish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish;
-faoliyatning boshqa turlari.
|
Siganllarshtirish va aloqa xo’jaligi
|
- “O’TY” AJ tizimiga kirmaydigan korxonalarning shaxobcha yo’llaridagi pereezdlarning avtomatik signallashtirish qurilmalariga xizmat ko’rsatish;
- faoliyatning boshqa turlari.
|
Elektrlashtirish va elektr ta’minoti xo’jaligi
|
- tashqi iste’molchilarga elektr energiyasi etkazib berish;
- boshqa tashkilotlarga qarashli bo’lgan elektr uzatish liniyalari qurilmalariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash;
-faoliyatning boshqa turlari.
|
Yo’lovchi tashish xo’jaligi
|
- vokzallarda yo’lovchilarga qo’shimcha xizmatlarni taqdim etish, o’qish uchun kitoblar berish, chiptalarni rasmiylashtirish uchun buyurtma qabul qilish, mobil telefonlarni quvvatlash, choy ichishga mahsulotlarni sotish;
-pochtamt xizmatlari uchun texnik xizmatlar ko’ratish va pochta vagonlarini ta’mirlash, yo’lovchi vagonlarini, vokzal binosini va platformalarini ijaraga berish;
-uzoq masofalarga qatnovchi poezdlarda savdo faoliyatini tashkil etish va shahar atrofi poezdlarida komfort sharoitlarni tashkil etish;
-chiptalarni oldindan sotish, qo’l yuki va bagajlarni saqlash uchun kameralar xizmati, yuk tashuvchilar xizmati, axborot, reklama xizmatlarini taqdim etish, dam olish xanalari, vokzallarda yo’lovchilarga maishiy-kommunal xizmatlarni ko’rsatish;
-faoliyatning boshqa turlari.
|
Yuk tashish xo’jaligi
|
-stanstiyalarda mijozlarga qo’shimcha xizmatlarni taqdim etish;
Faoliyatning boshqa turlari.
|
Hozirgi kunda temir yo’l korxonalarining daromadlari ularning asosiy va yordamchi faoliyatlaridan shakllanadi.