13.2. XX asrning 60-80- yillarida Oʻzbekistondagi siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar. Iqtisodiyotda turg‘unlik belgilari
XX asrning 60-80- yillarida SSSRda iqtisodiyotnirig rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlami hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Sovet davlatida esa ilmiy-texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmadi. Iqtisodiyot ekstensiv yoʻlda, tobora koʻp qoʻshimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etishda sustkashlik qilinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega boʻlsa-da, xoʻjaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Koʻpgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda toʻplanib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yoʻlidagi urinishlarni yoʻqqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag ajratishda qoldiq prinsipi hukmron edi. Bular aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, tayyoriga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxoʻrlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.
Huquq va qonuniylikka putur etgan edi. Xoʻjalikni boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, yoʻl-yoʻriq va koʻrsatmalar beruvchi qonunsimon hujjatlar hukmron bolib, ular xoʻjalik xodimlarining har bir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni boʻgʻar edi. Oddiy korxonadan tumangacha, viloyatdan respublikagacha, respublikadan markazgacha haqiqiy ahvolni boʻyab koʻrsatish, barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu-sanolar oʻqish rasm boʻlib qolgan edi. Oqibatda, dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri deb hisoblanib kelingan sobiq SSSR turgʻunlik holatida qoldi.
Oʻzbekistonda paxta yakkahokimligi siyosati tufayli yildan-yilga paxta yetishtirish koʻpayib bordi. Paxta xomashyosi yetishtirish 1946-1985- yillarda 5,5 baravar koʻpaydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln ga dan ortdi. 1966-1986- yillar mobaynida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga 45 mlrd rubl mablagʻ ajratilgan boiib, shundan 17,1 mlrd rubli sugʻorish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln ga yer oʻzlashtirildi. Oʻzlashtirilgan yerlarda yangi sovxozlar 160 tani tashkil etgan boisa, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xomashyosi yetishtirildi.
Qishloq xoʻjaligining ekstensiv yoidan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sugʻorish texnologiyasiga qoʻpol aralashuvi ogʻir ekologik oqibatga olib keldi. Suv zaxirasini oʻylamay yangi yerlarning oʻzlashtirilishi dunyodagi eng katta koilardan biri – Orol dengizining qurishiga sabab boidi. 1961- yildan 1991- yilgacha dengiz hajmi 3 baravar qisqardi, oʻz qirgʻogʻida 75-80, ba’zi joylarda 100 km ga chekindi. 1980- yillaming boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay toʻxtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Natijada tuz va qumdan iborat 2 mln gektar maydon ochilib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |