13- mavzu. Sovet hokimiyatining o‘zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy tadbirlarining mustamlakachilik siyosati. O‘zbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida (1946-1991) Asosiy tushuncha va iboralar


Urushdan keying yillarda O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy hayot. Ziyolilarga qarshi yangi qatag‘onlik davrining boshlanishi



Download 27,13 Kb.
bet4/5
Sana11.01.2022
Hajmi27,13 Kb.
#343328
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza 13

13.4. Urushdan keying yillarda O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy hayot. Ziyolilarga qarshi yangi qatag‘onlik davrining boshlanishi

Ikkinchi jahon urushi tugashidan bilan sobiq Ittifoq hududida istiqomat qiluvchi xalqlar yangi hayot qurishga umid bog‘ladilar. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay butun sobiq Ittifoq bo‘ylab ziyolilarga qarshi navbatdagi qatag‘onlar to‘lqini boshlandi. Qatag‘onlarni o‘tkazishdan maqsad urush davrida aholiga cheklangan miqdorda milliy o‘zlikni anglashga qaratilgan siyosatni ortga qaytarish edi. 1949-yilning martida O‘zbekiston kommunistik partiyasining X syezdi chaqirilib, uning qarorlarida jamiyatda sotsialistik mafkuraning tazyiqini, respublika mehnatkashlarini kommunistik ruhda tarbiyalash usullarini kuchaytirish, milliy va diniy qadriyatlarga, dinga qarshi kurashish vazifalari qo‘yildi.

1949-yil 25-iyunda O‘z KP MQ ning “O‘zbekiston Sovet yozuvchilar soyuzining ishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda ko‘pgina yozuvchilar, olimlar, partiya va davlat arboblari, madaniyat xodimlari millatchilikda ayblandi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda kabi yozuvchilar tazyiqqa uchradi. 1951-yili avgustda bir guruh atoqli ijodkor ziyolilar “millatchilar”, deb matbuotda nohaq tanqid qilindi. Keyinchalik yozuvchilardan Shayxzoda, Shukrullo, Shuhrat, Said Ahmad va boshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Ularga qo‘yilgan ayblovlar ta‘sirida “millatchilik”da ayblangan yozuvchilar asarlarini chop etgan “Sharq yulduzi” jurnali ham qattiq tanqid ostiga olindi va unda ishlaydigan xodimlarning ko‘pchiligi ham “millatchi” aybi bilan qamoq jazosiga hukm qilindi. Hatto, musiqa san’atining ahvoli va uni yanada rivojlantirishning tadbirlari to‘g‘risidagi qaror asosida buyuk shoir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlari, “Tohir va Zuhra”, “Alpomish” xalq dostonlarining afsonaviy folklor sujetlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektakllarini yaratish va sahnalarda ko‘rsatish “zararli” ish deb baholandi.

1952-yil 21-22-fevralida bo‘lib o‘tgan O‘z KP MQ ning plenumi va uning qabul qilgan qarorlar yozuvchi va shoirlardan boshqa soha vakillarining ham tazyiqqa uchrashiga yo‘l ochdi. Jumladan, faylasuf V.Zohidov “Burjua millatchisi”, iqtisodiyotchi A.Aminov “burjua millatchilari bilan aloqa qiluvchi”lar sifatida ayblandi. Ayblanuvchilar orasida “panturkizmni targ‘ib etuvchi” aybi bilan qoralangan tarixchi olim Boboxo‘jayev ham bor edi. Umumiy holatda XX asrning 50-yillari boshlarida yana 60 tacha O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan qobiliyatli olim va yozuvchi, san’at arboblari qatag‘on qilindi. Faqatgina 1953-yilda Stalin o‘limi va 1956-yilfa “Stalin shaxsiga sig‘inishni fosh etilishi” bilan ular uzoq muddatli qamoq jazosidan ozod etildilar va to‘la oqlandilar.


Download 27,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish