Milliy urf odatlar, diniy qadriyatlarning tiklanishi



Download 15,63 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi15,63 Kb.
#460066
Bog'liq
Hujjat


Kamola:
Milliy urf - odatlar , diniy qadriyatlarning tiklanishi .

Reja :
1. Xalqimizdagi umuminsoniy qadriyatlarning oʻrni va ahamiyati .


2. Oʻzbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning oʻrni .
3. Oʻzbek xalqining rang barang va yuksak madaniyati
4. Milliy madaniyatning oʻziga xosligi .

1. Umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda , diniy qadriyatlarning oʻrniga alohida e’tibor qaratilmoqda .Negaki , ular oʻrtasida qat’iy chegara yuq . Bunday fikr bildirishimizga muayyan tarixiy sharoitlarda obyektiv zaruratlar tufayli jamiyat rivojlanishi uchun milliy qadriyatlar ( oʻzlarining diniy mazmunini oʻzgartirib , dumyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir ) diniy qarashlar bagʻrida shakllanganligidir . Shunga koʻra bizning milliy qadriyatlarimiz faqat islom zaminida vujudga kelmagan , balki zardushtiylik, buddaviylik kabi dinlardan ham koʻp narsalarni olgan . Binobarin , har qanday qadriyatlarning bosh manbai ijtimoiy hayotdir . Buning isboti sifatida hozirgi davrda mamlakatimizda koʻpgina tarixan din bilan bogʻliq qadriyatlar oʻzlarining diniy mazmunini oʻzgartirib , dunyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Abdugʻaniyevich alohida va bir necha marta ta’kidlab kelmoqda . << Mustaqillik yillarida eng katta qoʻlga kiritgan yutuqlarimizdan biri tarixiy , milliy va axloqiy qadriyat hamda an’analarning muqaddas dinimizning jamiyatni ma’naviy yuksalishdagi oʻrni va ahamiyatini qayta tiklanganligidir .Ayni zamonda , tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanligidan foydalanib , taraqqiyot yoʻlidan ogʻdirishga intilmoqdalar >> . Keyingi yillarda dunyo miqyosida islomdan qarama - qarshi maqsad yoʻlida foydalanishlar yaqqol namoyon boʻlmoqda. Oʻzbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi , yuqorida ta’kidlaganimdek , qadriyatlar alohida oʻringa egadir . Mustaqillik tufayli unga boʻlgan yangicha yondashuvlar Prezidentimiz Islom Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar alohida oʻringa egadir. Mustaqillik tufayli unga boʻlgan yangicha yondashuvlar Prezidentimiz Islom Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar toʻgʻrisidagi metodologik ilmiy mulohazalar hamda amaliy faoliyatlaridagi koʻrsatmalari , tashabbuslari buning yorqin misolidir . Oʻzbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda , milliy qadriyatlarimizga asoslanadi . Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan millat , elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib ,qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari hodisalari majmuini tushunishimiz kerak . Bizningcha , qadriyat - umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega boʻlgan , insoniyatning mavjudligi , oʻtmishi buguni va kelajagini , yashashning asosiy yoʻnalishlari , qonun - qoidalarini , talab va tartiblarini , odamlarning eng azaliy orzu - umidlari va ideallarini oʻzida aks ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini ifodalaydi .


2. An’analar . Oʻzbek xalqi barcha zamonlarda oʻzining rang barang va yuksak madaniyati, urf - odat va an’analari bilan ajralib turgan. Ma’lumki, milliy , urf - odat , an’analar va udumlar ming yillar davomida yaratilgan va xalqning turmush tarziga aylanib ketgan . Ular millatning hayot tomiri , mustahkam ildizlaridir . Barcha davrlarda bosqinchi mustamlakachilar xalqning ustidan hukmronlik qilish uchun ularni milliy urf - odatlari , an’analari , qadriyatlari , tili , dini , umuman , milliy oʻzligidan ayirishga harakat qilganlar . Bizning xalqimiz ham oʻzining uzoq tarixiy taraqqiyoti davomida mana shunday harakatlarni boshidan oʻtkazdi . Birgina qadimgi yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy yurtimizga bostirib kelgan vaqtida ajdodlarimizning ma’naviy boyligi boʻlgan << Avesto >> kitobini yoqib , yoʻq qilishi bunga yorqin misol boʻla oladi .

Xalqimizni milliy an’ana va urf - odatlaridan mahrum qilish siyosati shoʻrolar mustamlakachiligi davrida ham yaqqol namoyon boʻldi . Ular xalqimiz turmush tarzining tarkibiy qismiga aylanib ketgan udumlar , urf - odat va an’analari, turli bayramlari , marosimlari , hattoki, doʻppisi , sumalagi , beshigini cheklab qoʻyish uchun turli bahonalarni oʻylab topdilar va ustalik bilan amalga oshirdilar . << Hosil bayrami >> , << Xirmon bayrami >> , << Qovun sayli >> , gap - gashtaklar , koʻpkari , nikoh toʻyi va boshqa udumlarimiz << eskilik sarqitlari >> deb qoralandi . << Dorboz >> kabi milliy xalq oʻyinlarimizga e’tibor berilmadi . Milliy urf - odat , an ‘ ana va udumlarimizga ayovsiz munosabatda boʻlish , ularni mensimaslik xalqimizga , madaniyatimizga hurmatsizlikning yorqin namunasi boʻldi . Bularning hammasiga mustaqillikka erishganimizdan soʻng asta - sekin chek qoʻyila boshlandi . Milliy ma’naviyatimiz va madaniyatimizning tarkibiy qismi boʻlgan urf - odat , an’analarimiz bugungi kunda oʻzini qaytadan namoyon etmoqda . Xalqimizning tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan va turmush tarzining tarkibiy qismiga aylanib ketgan milliy urf - odat , an’ analarimizdan kichiklarning kattalarga salom berishi , mehmondoʻstlik , betob , ojiz qiynalganlarga yordam berish , hasharlarga borish , yetimlarning haqqini yemaslik va boshqa insoniy fazilatlar tiklanmoqda .

3. Urf - odat va an’analar har bir xalqda oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi . Oʻz xalqining urf - odat va an’analarini bilish va hurmat qilish zarurdir . Chunki milliy urf - odat va an’analarga va hurmat qilish katta ahamiyat kasb etadi . Har bir inson oʻz xalqining urf - odat va an’analarini bilishi va hurmat qilishi shart .Ularni hurmat qilmaslik natijasida inson oʻz millatida ajralib qolishi mumkin. Mamlakatimiz kelajagi yoshlar yan’ ni bizning qoʻlimizda . Yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib shakllantirishda milliy urf - odat va an’analarning oʻrni beqiyos . Har bir yetishib kelayotgan yosh avlodni avvalambor oilada , soʻngra ta’lim - tarbiyaning keyingi bosqichlarida milliy urf - odat , an’analarning oʻrni beqiyos . Har bir yetishib kelayotgan yosh avlodni , avvalambor oilada , soʻngra ta’lim - tarbiyaning keyingi bosqichlarida milliy urf - odat va an’analarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish barkamol insonni shakllantirishning muhim omillaridan biridir . Oʻzbekiston xalqi uchun umuminsoniy ma’naviyat bilan birga milliy ma’naviyatimiz va uning boyliklari ham gʻoyat qimmatlidir . Bularga oʻzbek xalqining oʻzi yaratgan , boyitgan , saqlab kelayotgan, avloddan - avlodga oʻtib , boyib , sayqal topib , rivojlanib borayotgan milliy - ma’naviy boyliklar , ajdodlardan qolgan , an’ana va marosimlar , axloqiy pand - nasihatlar kiradi . Oʻrta Osiyo mutagakkirlarining ilmiy merosida oʻzbekona axloq - odobga oid ma’naviy fazilatlar haqida koʻplab qimmatli fikr , ma’lumotlar mavjud .Zahiriddin Muhammad Bobur << Boburnoma >> asarida oʻzbeklarga xos boʻlgan koʻplab ma’naviy - axloqiy sifatlarni tasvirlaydi . Bular iymon va e’ tiqodli , andishali boʻlish , oilaga muhabbat , bolajonlik , xalollik , qarindosh urugʻlariga mehribonlik , diniy qadriyatlarga rioya qilish , savodxonlik , saxovatlilik, hayolilik, xushfe’llik, shirinsoʻzlik, mardlik, odillik , saxiylik, odamiylik, oq ko’ngillilik, mehnatsevarlik va boshqalardir .


4. Mintaqamizga sayohat qilgan mojor olimi German Vombari << Buxoro yohud Movarounnahr tarixi >> asarida Oltin Oʻrdadagi oʻzbeklarning musulmoncha tarbiyalanganini , savdo - sotiqda ogʻir vazminligi , oq koʻngillilik va samimiyligini , kamgapligi, sadoqatliligi , dovgurakligi , shinavandaligini , oilaviy munosabatlarda pokligini , mulohazaliligi , andisha bilan toʻgʻri soʻzlashini , ota - onaga hurmati va e’tiqodi kuchliligini , birinchi boʻlib oʻtirmaslik va birinchi boʻlib soʻz boshlamasligini mugʻombirlikni bilmasligini , dinga e’tiqodi kuchli ekanligini koʻrsatib oʻtadi .Millat, xalq bor ekan , uning ma’naviy dunyosida milliy jihatlar doim saqlanib qoladi .

Millat, xalq bor ekan , uning ma’naviy dunyosida milliy jihatlar doim saqlanib qoladi. Bizning , oʻzbeklarning milliy ma’naviyati ,erkak va ayollarning oʻziga xos sharqona axloqiy fazilatlari , ota - ona farzandlar, qoʻni qoʻshnilar , mahallakoʻy aloqalari , halollik, iymon , vijdon bilan bogʻliq , ma’naviyati faqat oʻtmish sadosi emas , balki hozirgi kun uchun ham xosdir. Ota - onani , yoshi ulugʻlar hurmatini va kichiklar izzatini oʻz oʻrniga qoʻyish milliy ma’naviyatimizga kiradi . Bu yoʻl istiqlol va istiqbol yoʻllarini oʻtmishning boy tarjimasi bilan bogʻlashga yaqindan yordam beradi .Milliy madaniyatning oʻziga xosligi << Tarbiya , - degan edi Abdulla Avloniy , - bizlar uchun yo hayot - yo mamot , yo najot - yo halokat , yo saodat - yo falokat masalasidir >> . Bu fikrlarning ahamiyati hozirda ham kamaygani yoʻq . Oʻzbek millati faqat milliy - ma’naviy kamolot orqaligina yuzaga kela boshlagan milliy - ma’naviy buzilishning oldini olishi mumkin. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev << Milliy madaniyatning oʻziga xosligini tiklashga alohida e ‘tibor berilishi kerak. Shu bilan birga milliy oʻz - oʻzini anglashning tiklanishi va jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari , ideallaridan, bizning koʻp millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib sogʻlom avlodni tarbiyalash , komil insonni voyaga yetkazish borasidagi tarbiyaviy ishlarni milliy ma’naviyatimiz boyliklari bilan birga umuminsoniy ma’naviyat boyliklaridan foydalanish negizida koʻrmogʻimiz lozim .

Foydalanilgan adabiyotlar :


1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi 2 - jildi
2. Oʻzbekiston tarixi jamlanmasi .

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining jurnalistika yoʻnalishi 6_1 AXJA guruhi talabasi Ahadova Kamola .
Download 15,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish