13- MAVZU. SOVET HOKIMIYATINING O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRGAN IJTIMOIY, SIYOSIY-IQTISODIY TADBIRLARINING MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI. O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH YO‘LIDA (1946-1991)
Asosiy tushuncha va iboralar: shaxsga sigʻinish; Xrushchov; “turgʻunlik” davri; harbiy-sanoat kompleksi; “qayta qurish” siyosati; inqiroz.
13.1. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston xalq xo‘jaligi
Ikkinchi jahon urush bevosita O‘zbekiston hududida olib borilmagan bo‘lmasada, lekin respublika urush natijasida murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatda edi. O‘zbekistonning urushdan keying rivojlanish rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o‘lkani xomashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Natijada O‘zbekistonning barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo‘ysundirildi.
1946-yil 2-fevralda qabul qilingan O‘zbekistonda paxtachilikni tiklash va rivojlantirishga oid qarori respublikada paxta yakkahokimligi siyosatini kuchaytirish uchun asos bo‘ldi. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tiklashda, ayniqsa, paxtachilikda muammolar ko‘p edi. 1947-1948-yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949-yildan boshlab ahvol birmuncha o‘zgardi. 1950-yili 2 mln 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950-yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m, ya’ni avvalgidan ikki baravar ko‘p haq to‘landi.
Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilgani oqibatida g‘alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi. Ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratilsa-da, narx-navo yuqori, oziq-ovqat mahsulotlari 1950-yilda 1940-yilga nisabatan deyarli ikki barobar qimmat edi. Shunday bo‘lsada, urushdan keying yillarda eng ijobiy ijtimoiy o‘zgarish kartochka tizimi bekor qilindi.
Ayniqsa qishloq aholisining moddiy ahvoli og‘ir edi. Ishchilaming oylik daromadi 64 rubl bo‘lgan bir paytda, ulamiki o‘rtacha 20 rublni tashkil etar edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo‘jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy ogirligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O‘zining bog‘ va mevalari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston aholisi haddan tashqari ko‘p olinadigan soliq tufayli bog‘laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko‘ra mol boqib foyda ko‘rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo‘jaliklari foydasiga olindi. Oqibatda shaxsiy xo‘jaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi.
Respublikada paxtachilikni rivojlantirish uchun ekologik sharoitni hisobga olmagan holda kimyoviy moddalar qo‘llanilishi ko‘payib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. XX asrning 50-yillaridan boshlab qo‘riq va bo‘z yerlami o‘zlashtirish orqali paxta yetishtirishni ko‘paytirishga kirishildi. Uch yil (1953-1955) ichida respublikada 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. Birgina Mirzacho‘lning o‘zida 1956-yilga kelib 200 ming gektar yer o‘zlashtirildi. 1960-yilda O‘zbekistonda sug‘oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor qaratilib, respublikada 1951-yilda 0,9 mln tonna mineral o‘g‘it ishlatilgan boisa, 1980-yilda uning miqdori 5 mln tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga qarshi kurashda zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va b.) dan foydalanildi. Dunyo bo‘yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr dan, AQSHda 800 gr dan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1989-yil respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 25-45 kg ni tashkil etdi. Aholi o‘rtasida kamqonlik, gepatit va onkologik kasalliklar bilan kasallanish jiddiy ko‘paydi. Yerlarning hosildorligi tushib, sho‘rlanish ko‘paydi.
Shunday bo‘lsada, O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi siyosati tufayli yildan-yilga paxta yetishtirish ko‘payib bordi. Paxta xomashyosi yetishtirish 1946-1985-yillarda 5,5 baravar ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln ga dan ortdi. 1966-1986-yillar mobaynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd rubl mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 17,1 mlrd rubli sug‘orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln ga yer o‘zlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |