1-rasm. Bo‘sag‘a to‘lqin uzunligi 3 mkmga ega ideal selektiv yuza. Ma’lumki Quyosh kollektorlari odatda etarli darajada kichik haroratlarda ishlaydi, amaliy jihatdan taralayotgan hamma nurlanish 3 mkm dan katta bo‘lgan to‘lqin uzunligi sohasiga to‘g‘ri keladi.
– yutish qobiliyati yuzada yutilayotgan Quyosh nurlanishi energiyasining ulushi bilan aniqlandi. Bu kattalikni ish rejimidan mustaqil holda bir birlikga teng bo‘ladigan maksimal qiymatgacha oshirish mumkin.
– nurlanish qobilyati xuddi shu haroratda qora jism tomonidan nurlanayotgan energiyaga nisbatan yuzadan taralayotgan nurlanish energiyasi qancha qismni tashkil etishini ko‘rsatadi.
Selektiv yuzaning samaradorlik mezoni sifatida ko‘pincha munosabatidan foydalaniladi. Ushbu koeffitsientda nurlanish konsentratsiyasi bu munosabatda eng katta erishiladigan harorat va shu bilan bir qatorda eng maksimal FIK ni aniqlaydi. Ammo tizimining umumiy FIK ni aniqlash uchun ning qiymatlarini alohida berish kerak.
Uzun to‘lqinli nurlanish sohasida yuqori o‘tkazuvchanlik koeffitsienti va Quyosh nurlanishiga nisbatan yuqori yutish koeffitsientiga ega qoplama kichik nurlanish qobilyatiga ega bo‘lgan holda yuzaga qoplanish mumkin. Natijada qoplama quyosh nurlanishini yutadi, taglik esa spektrning uzun to‘lqinli qismida (xususiyatlari yomon) nurlantirgich hisoblanadi.
Qoplama bir jinsli yoki kichik donali strukturaga ega bo‘lishi mumkin, buning natijasida uning xossalari qoplama materialining xususiyatlariga qarab optik xossalariga ko‘ra aniqlanadi. Metall tagliklarga metall oksidlardan iborat qoplama qo‘llaniladi, masalan, alyuminiyga mis oksidi, misga mis oksidi, ruxlangan temirga qo‘yilgan nikel rux sulfidi kabilar.
Quyosh kollektorlarida qora xromdan iborat qoplama keng qo‘llaniladi. Taglik bo‘lib mis yoki po‘latga qo‘yilgan nikel xizmat qiladi. Qoplama xrom kislota va boshqa reaktivlardan iborat galvanak vannada elektr tindirish usuli bilan hosil qilinadi. Laboratoriya sharoitlarida yutish koeffitsienti 0,95 gacha va urlanish koeffitsienti 0,14 gacha bo‘lgan qiymatlar olingan. Kichik akslantirish qobilyatidan yuqoriga o‘tish amalga oshiriladigan to‘lqin uzunligi intervali 1,5 dan 5 mkm gacha tashkil etilishi aniqlangan. Bunda qoplama qalinligi ortganda o‘tish uzun to‘lqinlar tomonga siljiydi. Qoplama zarralar va bo‘shliqlar to‘plamidan iborat.
Mis plastina yuzasida qora misdan iborat selektiv qoplama olish uchun 1400C gacha qizitilgan natriy gidrooksidi yoki natriy xlor oksidi eritmalarida har xil vaqtlar oralig‘ida sinchkovlik bilan qayta ishlanadi va mis oksidi qatlami yaratiladi. AQSH da ham “Ebanol” nomi ostida shunga o‘xshash patentlangan qoraytirish jarayonidan foydalaniladi.
Qoplamaning yutish qobilyatini interferensiyadan foydalanish hisobiga oshirish mumkin. vakkum trubkali kollektorlarda selektiv yuzalarni yaratish vakkumda uchirish usullari orqali horijiy tadqiqotchilar tomonidan o‘rganildi. Metall qoplamani olish uchun uchirish usuli inert atmosferada (Argonda) olib borish yoki metal – karbit metall qoplamasini yaratish uchun (Argon, 1-2% metan aralashmasi bilan) atmosferasida hosil qilish mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha bu qoplamalar mu’tadil yutish qobilyati ( ) da juda kichik nurlanish qobilyati ( ) ga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik qo‘llanilish holatlari uchun ular juda yuqori yutish qobilyatiga ega bo‘lishi lozim.
Parabolotsilindrik konsentratorlar bilan ta’minlangan kollektorlar bilan ta’minlangan kollektorlarning qabul qilgich yuzalarida 300 dan 4000C gacha ishchi harorat olishda selektiva metall keramik qoplamalarni yaratish uchun uchirish usuli qo‘llaniladi. Po‘lat quvurning qabul qilgich yuzasiga to‘rtta qatlam yotqiziladi: qoplamada po‘lat tagligining molekulyar diffuziyasini oldini oladigan antideffuzion oksid qatlami; infraqizil nurlanishni akslantiruvchi va kichik nurlanish koeffitsientini ta’minlaydigan; metall keramik qatlamini yutadigan va oksid qatlamini shaffoflantiradigan: Bunday qoplamala vakuum izolyasiyasida ham ishlaydi, quyosh nurlanishiga nisbatan yutish qobiliyati 0,96 ga, 3500C da uzun to‘lqinli nurlanish sohasida nurlanish qobiliyatining hisob qiymati 0,16 va 4000C atrofida bo‘lgan qabul qilgichdagi haroratda g‘oyat barqarorlikka ega.
Yassi quyosh kollektorlarida nurlanishi qobilyatiga qaraganda qabul qilgich yuzaning yuqori yutish qobiliyati muhimdir. Ko‘pgina yuzalar uchun 5.16-rasmda keltirilgan va o‘rtasidagi bog‘liqlik xarakterlidir.